O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi


IX-BOB. «Yuzlik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi. 100 ichida



Download 12,33 Mb.
bet79/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

IX-BOB. «Yuzlik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi. 100 ichida
REJA
1- §. Yuzlik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
2- §. Yuzlik» mavzusida sonlarni og’zaki nomerlash.
3- §. Yuzlik» mavzusida sonlarni o’zma nomerlash.


Asosiy tayanch tushunchalar


«O`nlik», xona, xona birligi, 2 xonali sonlarni o`qish va yozish qoidalari, son Bilan raqam farqi, sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish usullari, distemetr, metr, soat, minut, 20 tiyin, 90 tiyin, 1 so`m maydalash va hosil qilish, taqqoslash, va hokazo belgilari, og`zaki va yozma nomerlash, abak, geometrik shakllari chizish, yasash.

100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda o`qituvchining vazifasi:


-o`quvchilarga predmetlarni bittalab va gruppalab sanashga o`rgatish;
-100 ichida sonlarni o`qish va yozishga o`rgatish;
-o`ngdan chapga hisoblaganda birliklar va o`nliklar qaysi o`ringa yozilishini o`rgatish;
-u yoki bu xona birliklari yo`qligini qanday belgilashni ko`rsatish;
-birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo`shimchalarining yig`indisi, bir xonali sonlar, ikki xonali sonlar kabi yangi tushuncha va terminlarni o`quvchilar o`zlashtirib olishlariga erishish kerak.
Nomerlashni o`rganishda ikki bosqichga ajratiladi:
11-20 va 21-100 sonlarni nomerlash.
20 gacha bo`lgan va 21-100 gacha ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga printsipial o`xshash: bu sonlarni og`zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`ntalab gruppalab va sonlarni yozishda raqamlarning o`rin qiymatlari prinsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi o`nlik sonlarining o`nli tarkibini o`zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi 100 ichida sonlarni o`rganishga tayyorgarlik bosqichi bo`lib xizmat qiladi.
O’quvchilarni 11-20 va 21-100 sonlar bilan tanishtirish quyidagicha reja asosida amalga oshiriladi:
-oldin tayyorgarlik ishi olib boriladi;
-og`zaki nomerlash;
-yozma nomerlashni o`rganiladi.
Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganishga oid ishlar birinchi o’nlik temasini takrorlashdan boshlash kerak. o’quvchilar birinchi o’nlik sonlarini bilishning o’zi yetarli emasligini. 10 dan katta sonlarni ham sanay olish ham zarur ekanligini ko’rsatish muhimdir. Shu maqsadda narsalarni 10 dan oshirib sanashga doir mashqlar kiritiladi. Masalan: bir qatorda nechta o’quvchi bor, ikkinchi qatordachi? Sinfdagi o’quvchilarning hammasi qancha? (11,12…..) shuningdek narsalarni gruppalab sanash bo’yicha mashqlar kiritiladi. Bunday mashqlar o`quvchilarni birinchi o`nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ularni ko`pligiga, ularni belgilash, atash, hosil bo`lish, qatorida kelish tarkibida bolalarga tanish bo`lgan sonlar orasida ma'lum o`xshashlik borligiga ishontiradi.
Ikkinchi o`nlik sonlarni og`zaki nomerlashni o`rganishni o’quvchilarda 10 haqidagi tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho`plarni 10 tadan qilib bog`lab, 10 ta bir bitta o’nlikni hosil qilishini ko`radilar. So`ngra ular o`ntalik cho`plarni sanash mashqlarini, cho’plardan foydalanib o`nlarni qo`shish va ayirishni bajarib o`quvchilar, o`nlarni ham oddiy birliklar kabi sanash, qo`shish va ayirish mumkin ekanligini ishonch hosil qiladilar.
So`ngra 11 dan 20 gacha sonlarning o’nlar va birlardan hosil bo’lishi qaraladi va ularning nomi tushuntiriladi.
Amaliy ish: 10 ta cho`pni sanang, sizda qancha cho`p borligini boshqacha qanday atash mumkin? (1 o`nlik). Cho`plarni bog`lang, ustiga bitta cho`p qo`ying. Hammasi qancha bo`ldi (11) 11 sonda nechta o`nlik va nechta birlik bor? Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shunga o`xshash olib boriladi, bunda o`quvchilar 2-o`nlik sonlarining o`nlik tarkibi va sanoqdagi tartibini o`zlashtiradilar. Yani, ikkinchi o’nlikdagi sonlarni aytilishini, o’qilishini va yozilishini o’zlashtirib oladilar. Ikkinchi o’nlikda sonlar:

  • bir o’nlik bitta birlik deb aytilsa, o’nbir deb o’qiladi va 11 ko’rinishda yoziladi;

  • bir o’nlik ikkita birlik deb aytilsa, o’nikki deb o’qiladi va 12 ko’rinishda yoziladi va hokazo.

  • bir o’nlik to’qqizta birlik deb aytilsa, o’nto’qqiz deb o’qiladi va 19 ko’rinishda yoziladi va nihoyat

  • ikki o’nlik nol birlik deb aytilsa, yegirma deb o’qiladi va 20 ko’rinishda yoziladi.

Sonlarning naturol ketma – ketligini qo’lda yasalgan uzunligi 20 sm bo’lgan qog’oz poloskalar yordamida ko’rsatish mumkin. O’quvchilar bu ko’rgazma qurollardan foydalanib, qaysi son qanday sondan keyin, oldin kelishini, qanday sonlar orasida yotishini bilib oladilar.
So’ngra o’quvchilar uzunliklarni o`lchashning yangi birligi - dm bilan tanishadilar. Uzunliklari murakkab ismli sonlar bilan ifodalanadigan kesmalarni chizish va uzunliklarini o’lchash mashqlari kiritiladi. Kesmalarni taqqoslashga tayanib, o’quvchilar o’lchashdan chiqqan sonlarni taqqoslashni o’rganadilar va asta-sekin yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtiradi, yani
1 dm 3 sm = 13 sm va aksincha 20 sm = 2 dm malakalarini egallay boradilar. Bunda o’nlik tarkibiga doir bilimlar mustahkamlanadi.
Masalan: 1 dm 3 sm ni santimetrlarda ifodalash uchun, o’quvchi quyidagicha mulohaza yuritadi. 1 dm bu 1 ta o’n santimetr va yana 3 santimetr, bu 13 santimetrni tashkil etadi. Huddi shunga o’xshash, 15 sm ni detsimetr va santimetrlarda ifodalash uchun 15 sm sonida 1 ta o’nsantimetr va 5 sm ajratadilar.
Ikinchi o’nlikda og’zaki nomerlashni o’rganishda bir qator yangi nomlar kelib chiqadi. O’quvchilar bu davrgacha birinchi o’nlik sonlarini nomerlashda oddiy so’zlardan foydalanilgan. Yani bir, ikki, uch, to’rt, besh va hokazolardan foydalanilgan. Endi murakkabroq so’zlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunda birinchi o’rinda o’nliklar, ikkinchi o’rinda esa birliklar turadi. Og’zaki nomerlashni cho’plar bilan yoki gugurt cho’plari bilan mashq qilib o’rganiladi. O’quvchilar o’ngacha sanaydilar, 10 ta gugurt cho’pini bir bog’lam qiladilar va sanashni davom ettiradilar. Yani o’n bir, o’n ikki, o’n uch, o’n to’rt va hokazo.
Ikkinchi o’nlik ichida nomerlashni o’rganishda o’nlikning ahamiyati, sanoq birligi sifatida etarlicha anglashilmaydi. Shunin uchun o’n so’zi bilan bir qatorda o’nlik so’zini ham keltirish maqsadga muvofiq. Chunki tuxum, olma va shunga o’xshash narsalarni o’nliklar bilan sanash qabul qilingan. So’ngra gugurt cho’plarni sanashda: bitta o’nlik bitta birlik, bitta o’nlik ikkita birlik, bitta o’nlik uchta birlik, bitta o’nlik to’rtta birlik, bitta o’nlik beshta birlik, bitta o’nlik oltita birlik, bitta o’nlik yettita birlik, bitta o’nlik sakkizta birlik, bitta o’nlik to’qqizta birlik va nihayat bitta o’nlik o’nta birlik yoki ikkita o’nlik deb atash mumkin.
So’ngra quyidagi ikki xildagi mashqlar o’tkazilishi taklif etiladi:

  1. O’qituvchi o’quvchilarga 1 o’nlik va 3 dona cho’p, 1 o’nlik va 7 dona cho’p, 1 o’nlik va 5 dona cho’p va hokazo olishni shu sonlardan har birini aytishni so’raydi: o’n uch, o’n yetti, o’n besh va hokazo.

  2. O’qituvchi ikkinchi o’nlik sonlarini aytadi. O’quvchilar esa shu sonlarni cho’plar yordamida tasvirlaydilar. Har bir sonning o’nlik sistemasi shu tariqa ishlab chiqilishi lozim.

Yozma nomerlash. Ikkinchi o’nlik sonlarini yozma nomerlash uchun o’quvchilarda bunday sonlarni yozishga o’rgatish uchun ishni quyidagicha boshlash kerak.
O’quvchilar kvadrat olib uni teng o’rtasidan o’rta chiziq chizib oladilar. Masalan: chizmada o’quvchilar o’ng tomaniga 10 ta cho’p bo’lguncha bicho’p qo’ya boshlaydilar. O’nlikni bir bog’lam qilib bog’laydilar va uni chap tomonga qo’yadilar. O’qituvchi doskada uning rasmini chizadi, o’quvchilar ham o’z daftarlariga chizishlari kerak.

1 0
O’qituvchi rasm tagiga 10 sinini yozadi, bunda bir raqami kartochkada 1 o’nlikni tasvirlaydi. Buni chizmaning chap tomon ostiga 1 yoziladi, nol esa o’ng tomon ostiga kelishi kerak.


O’qituvchi bunda birinchi marta o’quvchilarga 10 sonining yozilishini izohlab beradi. Bu yerda 0 soni birlik xonasida cho’plarning yo’qligini ko’rsatadi.


O’n bir 11 o’n to’rt 14 o’n yetti 17


1 1 1 4 1 7

O’n ikki 12 o’n besh 15 o’n sakkiz 18


1 2 1 5 1 8

O’n uch 13 o’n olti 16 o’n to’qqiz 19


1 3 1 6 1 9


va hokazo.
Og`zaki nomerlashni o`rganishda, so`ngra yozma nomerlashda sonlarni xona qo`shiluvchilariga ajratishga keltiriladigan qo`shish va ayirish hollari qaraladi. (10+7, 18-10, 15-5). 10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`nlik guruhlashga va raqamlarning o`rin qiymatlari printsipini qo`llanishga asoslangan: o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o`ringa, o`nliklar ikkinchi o`ringa yoziladi.
Yozma nomerlashni o`rganishda abak alohida ahamiyatlidir: bir bo`lak karton tik chiziq bilan ikkiga bo`linadi, bu qismlarning har birga ikki qatordan cho`ntaklar yopishtiriladi: yuqori qatorda cho`ntaklari cho`plar yoki boshqalarni qo`yish uchun, pastki chuntak esa bosma raqamlar yozilgan kartochkalarni qo`yish uchun mo`ljallangan. Yuqoridagi cho`ntaklarning o`ngdan birinchisiga sanoq cho`plari, ikkinchi o`ringa esa cho`plarning o`ntalik dastalari qo`yiladi: pastki cho`ntaklarga esa raqamlar o`ngdan birinchisiga birliklar, ikkinchisiga o`nliklarni ifodalovchi raqamlar qo`yiladi.
Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo`llanmalarning ustiga «o`nlik», «birlik» lar yozilgan xonalar jadvaldan, shuningdek ikki qator so`rilma raqamlari bo`lgan jadvaldan foydalanish mumkin. Bunda og`zaki nomerlash ham takrorlanadi.
11-20 sonlarni o`rganishda o`quvchilar bir xonali son, va ikki xonali son terminlari bilan tanishtiriladi.
Topshiriqlar:
1. Ushbu sonlar qatoridan oldin bir xonali, keyin 2 xonali sonlarni yozig: 2, 13, 8, 17, 15, 6, 11.
2. 4 ta bir xonali sonlarni yozing va har bir sonni 10 ta orttiring, qanday sonlar qosil bo`ladi?
3. 1 va 2 raqamlari yordamida oldin bir, keyin ikki xonali sonlarni yozing.
21-100 sonlarini nomerlashni o`rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1. O`nliklar sanog`i, 10,20,30 sonlar hosil bo`lishi va atalishi.
2. Sonlarning o`nliklar va birliklardan hosil bo`lishi. Ikki xonali sonlarning o`nlik tarkibi, 100 ichida sonlarning natural ketma-ketligi.
3. Ikki xonali sonlarni yozma nomerlash, yozish, o`qish, birinchi va ikkinchi xona birliklari.
4. Sonlarni nomerlashni bilishga asoslangan qo`shish va ayirish usullari (73 1), shuning ikki xonali sonlarning o`nli tarkibini bilganlik asosidagi qo`shish va ayirish usullari (40+7, 68-8, 39-9…).
5. Ikki xonali sonni xona sonlarining yig`indisi bilan almashtirish. (73=70+3).

Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish