3. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari.
O`nlik ichida sonlarni o`rganishda «oldida», «keyin», «orasida» kabi tartib munosabatlarini ham o`rganish zarur. Masalan: Sinfda bolalarni saf qilib: Sodiqdan oldin, keyin kim turibdi? Sodiq bilan Lola orasida kim turibdi? kabi mashqlar bajariladi.
Sonlarning tartib qiymatlarini qarashda, uning predmetlarni nomerlashda, ya'ni shu predmet qaralayotgan predmetlar qatorida tartib bo`yicha nechanchi o`rinni egalab turganini aniqlashga asosiy e'tibor qaratiladi. Masalan: qizil doira sanoq bo`yicha nechanchi? yoki predmetlar bir, ikki, uch deb nomerlashni taklif qilish mumkin.
4.Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash.
Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash maqsadida ikki to`plamni birlashtirish va qismini ajratishga doir mashqlar bajarish kerak.
Masalan: 1) Partaga 3 ta uchburchak va 2 ta kvadrat qo`ying. Ularni yaqinlashtiring, hammasi qancha bo`lganini aniqlang.
2) Daftardan 5 ta katakni o`rang, oxirgi katakni bo`ling. Nechta bo`yalmagan katak qoldi?
5. Raqamlarni yozishga tayyorlash.
O`rganilayotgan sonlar dastlab bosma raqamlar bilan o`rgatiladi. (belgilanadi), ular katakni taxtachada narsalarning tegishli to`plami ro`parasiga qo`yiladi. Dasturda 1 sinf uchun matematikadan dastlabki mavzu birinchi o`nlik sonlarni nomerlashdan iborat. Bu mavzuni o`rganishdan maqsad bolalarda sanoq malakasini hosil qilish, ularda birinchi 10 ta son haqida tasavvur shakllantirish, son va uning nomi raqamlar yordamida bosma va yozma belgilanishi orasida moslik o`rnatish malakasini tarkib toptirishdan, o`quvchilarni sonlar qatorining ba'zi xossalari, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat.
Masalan: 3 soni: 3 ta kvadrat, 3 ta olma, 3 ta stul deb aytish mumkin. Buni, 3 sonini raqam bilan 3 deb belgilash mumkin.
Yozma raqamlarni tanishtirishda, raqamlarni yozish namunasini doskada ko`rsatish kerak.
O`quvchilar raqamlarni havoda chizib, yoki namuna bo`yicha chizib, qo`l harakati yo`nalishini o`zlashtiradilar. So`ngra sonlarning hosil qilinishi o`rganiladi. Birinchi o`nlikning har bir soni o`zidan oldingi songa birni qo`shish va o`zidan keyingi sondan birni ayrish bilan hosil qilinadi. Sonlarning ikki qo`shiluvchidan tashkil topishi o`rganiladi. (3=1+2, 3=2+1).
Sonlarning natural qatordagi o`rnini o`rganishda bunda mashqlar bajarish kerak.
- Sanoqda 3 (5) sonidan keyin keladigan sonni ayting.
- 4 va 6 sonlari orasida keladigan sonni ayting
Natural qatorning ketma-ket sonlarini taqqoslash yoki qo`shni sonlar orasidagi munosabatlarni o`rganish, dastlab to`plamlarni taqqoslashga tayangan holda bajariladi. Predmetlar soni raqami bilan, sonlar orasidagi munosabat «>», «<», «=» bilan belgilanadi.
O`quvchilar, qaralayotgan son o`zidan oldin keladigan sonlardan katta, keyin keladigan sonlardan kichik ekanini o`zlashtirib olishi kerak. 2>1 ikki birdan katta. 1<2-bir ikkidan kichik. O`quvchilar diqatini belgilarning uchi kichik songa qaratilgan bo`lishiga, va «>», < belgili yozuv chapdan o`ngga qarab o`qishiga qaratish kerak.
Qarab chiqilgan asosiy masalalar har bir son bilan tanishishda o`rganiladi. Ammo, 1-5 sonlarini o`rganish 6-10 sonlarni o`rganish metodikasidan farq qiladigan xususiyatlari mavjud.
1. 1-5 sonlarini o`rganishda tanish sonlar qatorida har gal bittadan son qo`shila boradi, ikkinchi beshlik sonlarni o`rganishda esa sonlarning qatoriga birdaniga sonlar jufti qo`shiladi;
(1,2,3,4,5,6,7; 1,2,3,4,5,6,7,8,9; 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10;)
2. 1-5 sonlari narsalar va tasvirlar bilan o`rganiladi. Shundan keyin kattaroq sonlar (6-10) bilan tanishtirishda predmet ko`rsatmaslikdan asta-sekin abstrakt shaklga o`tishni amalga oshirish kerak. Jumladan «sonli zinapoyacha» dan va Santimetrli shkala tushirilgan chizg`ichdan foydalanish mumkin.
Bunda sonlar o`z kattaliklari bo`yicha tartiblangan ekanligicha o`quvchilar ishonch hosil qiladilar.
3. 2-5 sonlarining tarkibini ikki qo`shiluvchidan iboratligi eslab qolish talab qilinadi. 6-10 sonlariga nisbatan esa bu sonlarning tarkibini yoddan bilish talab qilinmaydi. Sababi, bunga juda oz soat ajratilgan. Lekin «qo`shish va ayirish» ni o`rganishda davom ettiriladi. 1-10 sonlari bilan tanishgandan keyin 0 (nol) raqami bilan tanishadilar. Nol to`g`risidagi tushunchani predmetlarni bittalab kamaytirib, bitta ham narsa qolmaguncha sanashga doir mashqlarni bajarish orqali hosil qiladilar. So`ngra nol sonini raqam bilan belgilash qaratiladi. Shundan keyin 0 va 1 taqqoslashdan va 0<1 ekani o`rganiladi. O`quvchilarni 0 (nol) soni 1 dan oldinda turadi, degan xulosaga olib kelinadi. Shu yerda chizg`ichdagi belgilangan birinchi raqam Nega 1 emas, balki 0 nol ekanini tushuntirish maqsadga muvofiq.
Birinchi onlik sonlarini nomerlash uchun oquvchilar quyidagilarni ozlashtrishlari kerak
1-10 gacha bolgan sonlarni sanashda har bir son ozidan oldingi sondan va birdan, shuningdek, ozidan keyingi keladigan son va birdan qanday hosil bolishini;
1-10 gacha bolgan sanashda har qaysi son qanday atalishini hamda bosma va yozma raqam orqali qanday belgilanishini;
Har bir son bevosita ozidan oldin keluvchi sondan qancha katta va bevosita ozidan keyin keluvchi sondan qancha kichik ekanligini ;
1 dan 10 gacha bolgan sonlar qatorida har bir son qanday orin egallashini, sanoqda har bir son qanday sondan keyin va qanday sondan avval aytilishini.
Bu bilmlarning o’zlashtirilishi o’quvchilarni son tushunchasini o’rganishda son yakka o’zi bo’lmasdan, boshqa sonlar bilan bog’lanishda ekanligini anglaydilar. Bu esa oquvchilarda sonlarning natural qatori togrisida tushuncha shakillana boshlaydi.
Natural ketma- ketlikdagi istalgan sonni (bir sonidan tashqari) quyidagiga hosil qilish mumkin. Birni sondan bevosita oldin kelgan songa qoshish yoki sondan keyin kelgan sondan birni ayirish bilan hosil qilinadi. Masalan:
3 uch soni, bu 2 yana bir
3 uch soni, bu bir kam 4
Bundan tashqari sonlarning hosil bolishi quyidagi misollarda ochib beriladi.
Talab qoyish va ayirish. Bu narsalar yordamida va choplar yordamida namoyish etish asosida oquvchilarga orgatiladi. Masalan: 1-4 sonlarini orgatishda oqituvchi oquvchilarga 2 chop qoyishni, songra yana 1 ta chopni sorab qoyishni taklif qiladi. Hamma choplar 3 ta bolganini va 3 chop qanday hosil bolganini aniqlaydilar. Songra 3 ta chopning yoniga yana 1 ta chop surib qoyiladi. Bunda choplar 4 ta bolgani va 4 ta chop qanday hosil bolganini aniqlaydilar. Keyin 4 ta chopdan 1 tasi nariroqqa surib qoyiladi. Nechta chop qolgani va bu gal 3 ta chop qanday hosil bolganligi aniqlashtiriladi. 3 ta chopdan yana 1 tasi olinadi va 2 ta chop qanday hosil qilingani tushuntiriladi. Huddi shunga oxshash mashqlar boshqa narsalar bilan, darslikdagi rasmlar bilan daftarlarda bajariladi. Bu oquvchilarga toplamlar ustida amallarni umumlashtirishlarga va sonlar ustida amallar hosil bolishini tushuntirishga imkon beradi.
Ramlar yordamida masallar yechish uchun 1-6 sonlarni organishda oqituvchi oquvchilarga quyidagi masalani yechichni taklif etish mumkin. Masala: Qutichada 5 qalam bor; qutiga yana bitta qalam qoshildi. Qalamlar nechta boldi?. Masalani yechish uchun qutichadagi qaalamlarni sanab chiqishadi. Shunga oxshash uzunliklari butun bolgan kesmalarni chizish va santimetrlar bilan olchashga doir mashiqlarni korsatish mumkin.
Birinchi onlik sonlarini nomerlashni organish uchun oquvchilar u yoki bu son hosil bolishini ozlashtirishlari uchun qancha mashq kerak bolsa, dars paytida oqituvchining tanlashiga qarab, shuncha mashq bajariladi. Shundan keyin oquvchilarga bosma va yozma raqamlarning yozilishi bilan tanishtiriladi. Masalan:
Kop va bir. Dastlabki ikki dars mashguloti kop va bir tushunchalarini aniqlashtirishga bagishlangan bolishi kerak. Kop oquvchilar va bitta oqituvchi, kopgina jojalar va bitta tovuq. Kopgina yashash xonalari va bitta uy shunga oxshash misollar orqali bir tushunchasini tushinib oladi. Shuningdek oqituvchining korsatmasi bilan oquvchilar bitta katta doira va kopgina kichik doiralar chizishlari va hokazo tarzda bir tushunchasini ozlashtirib oladilar va ullarning bosma va yozma korinishda qanday belgilanishi orgatiladi.
Ikki soni. Oquvchilar ikki soni tushunchasini ozlashtirish uchun ikki narsadan iborat tabiy guruppalarni kuzatadilar. Masalan: ikki koz , ikki qol, ikki quloq, ikki oyoq ikki eshik va hokazolarni kuzatishlari orqali va darslarda ikki tushunchasini oydinlashtiradigan mashqlar bajarish orqali ikki tushunchasini tushunib oladilar. 2 raqamini bilib oladilar. Uning qanday bosma va yozma shaklda belgilanishini organadilar. Songra ikki sonining tarkibi oydinlashtiriladi. Yana bir yana bir, bu ikki, bitta kam ikki bu bir. Oquvchilar birinchi marta 1+1, 2-1 ifodalarning qollanishini organadilar.
Uch soni. Uch soni ham ikki sonini organgandagidek organiladi. Oqituvchining yonaltiruvchi korsatmalari orqali uchta kvadrat, uchta stul, uchta odam deb aytishi mumkin. Bundan tashqari 3 sonini raqam bilan belgilanishini va oz kassalaridan bu raqamni topadilar, uni organadilar va tanish raqamlariga qoshib qoyadilar. Buni mustahkamlash uchun quyidagi mashqlarni korsatish mumkin.
Quyidagi raqam qanday sonni ifodalashini choplar yordamida korsating?
Men nechta uchburchakni korsatayotgan bolsam, shuni ifodalaydigan raqamni korsating.
Yozma raqamlarni tanishtirar ekan, oqituvchi raqamlar yozish namunasini doskada korsatadi. Paqamni oquvchilar oqituvchi daftarlarida yozib bergan namuna ustidan chizib chiqib,qol harakati yonalishini ozlashtiradilar. Uch sonini orgatishda uchburchakni kiritish orinli uni choplardan yoki gugurt choplaridan yasash mumkin.
Tort soni. Tort sonini tushuntirishda tabiy narsalardan misollar keltirish bilan oydinlashtiriladi. Masalan:
Hayvonlarda tort oyoq bor, stulda, stolda tort oyoq, avtomobillarda tortta gildiragi va hokazo misollar keltirish mumkin. Buni oquvchilar kuzatadilar va tortta gugurt chopidan kvadrat yasaydilar. Ikkita uzun va ikkita qisqa tortta chopdan togri tortburchak yasaydilar.shunga oxshash bir necha mashqlar otkazadilar. Natijada oquvchilar sonning tarkibi va 4 raqami bilan tanishadilar. Undan keyin oquvchilar tort soni ichida ogzaki va kesma raqamlar bilan tanishadilar. Bularga doir turli misollar yechadilar.
Masalan: 3+1, 4-1, 2+2, 4-2, 1+3, 4-3.
Besh soni. Besh soni ham oldin sonlarni organish rejasi asosida organiladi. Bunda besh uchli yulduz chizib uni boyab, kesib devorga yopishtirish mumkin. Songra beshta bayroqcha yasab uni yulduzchaning tagiga yoki ustiga osib qoyish mumkin.
Besh sonini organishda sanoq choplaridan foydalanib raqamlarning tagiga beshta chop qoyiladi. Bundan tashqari yaltiroq qogozdanhar xil oynalar kesib har xil feguralar son shaklida yopishtiriladi. Har bir fegura yoniga mos raqamlar yopishtiriladi va bu jadvalni sinf devoriga osib qoyadi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |