VIII BOB. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.10 ichida
Reja
1-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashga doir umumiy tushunchalar.
2-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni orgatish metodikasi.
3-§. 10 ichida sonlarni nomerlashni orgatish metodikasi
4-§. Tayyorgarlik davri.
Adabiyotlar [ ]
Asosiy tayanch tushunchalar
1- 10 sonlarni o`qish, yozish, taqqoslash, ikkita sondan iborat tar kibi; natural qatorning hosil bo`lish printsipi, matematik simvolika qo`llanilishi, (>, <, =, +, - belgilari) geometrik shakllar bilan ishlash, nol (0) soni va raqami, narsalarni ongli va mexanik sanash, guruhlab sanash, didaktik o`yinlar tuzish, 10 tiyinni maydalash va hosil qilish hafta, amal, keyin, Santimetr, kg, litr.
1-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashga doir umumiy tushunchalar.
Butun sonlar qatori cheksiz bolib, hayotda va fanda ishlatiladigan butun sonlar juda kop. Bu sonlarni har biri alohida nomlansa va alohida ishora talab qilinganda edi. Inson ularni esida saqlab qolishga kuchi yitmas edi. Shuning uchun nomerlash deganda sonlarni ozgina soz va ozgina ishoralar bilan butun sonlarga nom berish va qisqa yozuv bilan belgilash usuli tushuniladi.
Odatda ogzaki va yozma nomerlashni bir - biridan ajratish lozin. Ogzaki nomerlashda sonlarni ozgina sozlar yordamida nomlanadigan bilim tushuniladi; yozma nomerlashda esa butun sonlarni ozgina ishoralar yordamida yozish togrisidagi bilim tushuniladi.
Mavjud butun sonlarni nomerlashda birinchi onta sonning har biri alohida nom bilan ataladi. Ondan katta sonlarni aytish uchun birliklarni ontadan qilib birlashtiriladi va onliklar oddiy birliklarni sanaganidek onta onlikgacha sanaladi. Shunday qilib bir onlik on, ikki onlik yigirma, uch onlik ottiz, tort onlik qirq, besh onlik ellik, olti onlik oltmish va hokazo. Demak 10 ta onlikdagi birliklar toplami alohida 100 nomi bilaan ataladi. 100 dan ortiq birliklar yuzlikdan qilib birlashtiriladi va oddiy birliklar kabi bir yuzdan toqqiz yuzlikgacha sanaladi. Bundan keyin yuzdan to toqqiz yuz toqson toqqiztagacha yuz sozidan boshqa yangi nom talab qilinmaydi. 10 ta yuzlikdagi birliklar toplami alohida ming ismi bilan nomlanadi. Songra mingdan ortiq sonlarni nomlash uchun, ularning birliklarini mingtadan qilib birlashtiriladi va oddiy birliklar kabi, 10 mingtagacha sanaladi. Bunda ming sozidan boshqa yangi sozlar talab qilinmaydi va hokazo.
Birliklarni gruppalashlari yordamida sonlarga nom berishni davom ettirish mumkin. Masalan: 10 ming va onta onlikni alohida soz bilan atash mumkin. Bir mingdan to toqqiz yuz toqson toqqiz minggacha sanaymiz. Natijada mingta mingdan iborat son hosil boladi. Bu songa milyon deb nom beramiz. Bu ishni yana davom ettirish mumkin. Shunda milliard nomli son hosil boladi. Bunga hammasi bolib (bir, ikki, uch, tort, besh, olti, yetti, sakkiz, toqqiz, on, yuz ming, milyon va milliard) on tortta soz ishlatilgan. Bularni hammasi birliklarni gruppalashlar tufayli erishildi.
Birliklar birinchi xona sonlarini tashkil etadi. Bunga birinchi xona birliklari deb ataladi. Onliklar esa ikkinchi xonani tashkil qiladi va ikkinchi xona birliklari deb aytiladi
Yuzliklar uchinchi xonani tashkil qiladilar va bularga uchunchi xona birliklari deyiladi. Mingliklar tortinchi xonani tashkil etadilar va bularga tortinchi xona birliklari boladi va hokazo. Birdan to toqqiz yuz toqson toqqizgacha bolgan birliklarni birinchi sinf birliklari deyiladi. Mingdan to toqqiz yuz toqson toqqiz minggacha bolgan birlarni ikkinchi sinf birliklari deyiladi va hokazo.
Birdan ongacha bolgan barcha sonlar alohida nomga ega. Onta onlik gruppasi alohida nom bilan ataladi (on, yigirma, ottiz, qirq va hokaza). Shuning uchun barcha sinf birliklari ham alohida nom bilan ataladilar ming, million, milliard va hokazo.
Sonlar qoshish va kopaytirish yordamida tuziladilar. Masalan: Saksom ming uch yuz ellik etti soni yigindisi korinishda korsatish mumkin:
8·10000+3·100+5·10+7
Demak, ogzaki nomerlash sonlarni ozgina sozlar bilan nomlash maqsadida birliklarni turli gruppalash yordami bilan erishilgan.
Yozma nomerlash. Sonlarni yozilishi ularning tarkibiga asoslanib yoziladi. Yani sonlarni yozishdan oldin sinflarga va har bir sinfni xonalarga ajratish kerak. Birinchi, ikkinchi va uchinchi xonalar, ong tomondan chap tomonga qarab birinchi, ikkinchi va uchinchi xona birliklari oringa yoziladi. Shuningdek, ikkinchi sinfning birinchi, ikkinchi va uchinchi xonalari tortinchi, beshinchi va oltinchi xonalariga yoziladilar va hokazo. Sonlarni yozishda yuqosi sinflardan boshlab yoziladi. Masalan: ottiz tort milyon uch yuz ming yitti yuz yigirma besh sozini yozish kerak. dastlab 34 ni yozamiz, keyin 300, songra 725 yoziladi. 34300725 bu yozma nomerlashda orin prinsipi ahamiyatga ega.
Bir raqamning qanday sonni ifodalashi,uning qanday xonani egallashiga bogliq. Sonda yetishnagan xona orniga nol yoziladi. Nol soni ozidan chapda turgan raqamlarning orinlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |