II. Bu bosqichda o`quvchilarni yangi sanoq birligi «minglik» bilan tanishtirish kerak. Buni ko`rsatma qo`llanmalar, jumladan cho`plar, cho`plar dastalaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Yangi sanoq birligi « minglik» bilan tanishtirish quyidagicha bajariladi:
O`quvchi 1 dan 10 gacha alohida cho`plarni sanaydi va 10 ta cho`pni rezina bilan bir bog` - o`nlik qilib bog`lanadi. So`ngra o`qituvchi oldindan tayyorlab quyilgan 9 bog` «o`nlik» cho`plarni oladi. Boshqa o`quvchiga 10 talab sanashni buyuradi. (1 o`nlik, 2
,). Bu dastalarda qancha birlik borligini aniqlaydi. (10, 20).
Minglik sonlari ham ogzakizma nomerlanadi. Malumki, oquvchilar bir onlikda 10 ta birlik borligini, 100 likda esa 10 ta onlik borligini biladilar. Lekin oquvchilarga murakkab sanoq birligi sifatida yuzlikning ahamiyati ochiq anglashilgani yoq. Yuzlikning bu ahamiyati 1000 ichida yaxlit yuzliklar bilan sanashda ochiq aniqlanadi. Lekin minglikni yaxlit yuzliklarni sanash bilan boshlash togri emas. Chunki yaxlit sonlarni yani yuzliklarni sanash yaxlit onliklarga oxshash bolsada oquvchilarga tushunarli bolmaydi. Mana shuning uchun oldin oquvchilarga minggacha bittadan sanashni orgatish, songra yaxlit yuzliklar bilan sanashga otish kerak.
Ogzaki nomerlashni organish quyidagicha olib boriladi:
1000 gacha sanash va yaxlit yuzliklarning hosil bolishi.
Oquvchilar lentada 1000 gacha sanaydilar. Birinchi yuzlikni bittadan sanab chiqishning keragi yoq. Oquvchilar lentada yuzni korsatib, ikkinchi yuzlik ichida uch xonali sonlarning tuzilish prinsiplarini tushunib olgunlaricha bittadan sanashni aytmasdan faqat yuzliklar bilan 1000 gacha sanashni bir necha marta taklif qilish mumkin. Bunvchilar yaxlit yuzliklarni maydalaydilar. Teskarisinga birliklardan yaxlit yuzliklarni tuzadilar.
Uch xonali sonlarning onlik tarkiblarini organish uchun qiyidagi ikki gruppa mashqlardan foydalaniladi:
Uch xonali sonning yuzliklar, onliklar va birliklardan tuzilishini korsatuvchi mashqlar;
Uch xonali sonning yuzliklar, onliklar va birliklarga ajralishini korsatuvchi mashqlar.
Birinchi gruppa mashqlarda yuzlikni onliklar va birliklarga maydalash bilan bogliq mashqlar, ikkinchi gruppa esa birliklar va onliklarni yuzliklarga aylantirish bilan bogliq mashqlar.
Oqituvchi oquvchilardan biriga minglik lenta da 2 yuzlik va 6 onlikni korsatishni soraydi. Quyidagi yonaltiruvchi savollarga javob berishadi:
Masalan: 2 ta yuzlik nima deb aytiladi? (ikki yuz)
6 ta onlikni nima deb aytiladi? (oltmish)
Shu sonlarning hammasini qanday aytiladi?(ikki yuz oltmish)
Songra quyidagi sonlarnitaqqoslash maqsadga muvofiq.
Masalan: uch yuz besh bilan uch yuz ellikni, uch yuz besh bilan besh yuz uchni, uch yuz ellik bilan besh yuz ottizni, besh yuz ottiz bilan besh yuz uchni va hokazo.
Shundan keyin 10 bog` o`nliklar rezina bilan bir bog` yuzlik qilib bog`lanadi. O`qituvchi oldindan tayyorlangan 100 lik bog`lamlardan 100 talab sanashni o`zlashtirishda foydalaniladi. O`quvchilar e'tiborini sonlar (100,200
) qanday hosil bo`lishiga qaratib, o`quvchilarga 5 yuzlikni, 7 yuzlikni qanday atash mumkinligini mashq qiladilar.
B undan tashqari, 1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda «kvadrat va poloskalar» dan ham foydalanish mumkin. Qo`llanmani o`quvchilar o`zlari tayyorlashlari mumkin. Bunda birliklar kvadratlar bilan belgilanadi, o`nliklar har qaysisida 10 tadan kvadrat bo`lgan poloskalar bilan belgilanadi, yuzliklar esa har birida 10 tadan poloskalar bo`lgan kvadratlar bilan belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |