XII- BOB. Kop xonali sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
Ko`p xonali sonlar ichida
1-§. Ko’p xonali sonlarni nomerlashni o`rganish
2-§. O`nli sannoq sistemasi, pozitsion va norozitsion sannoq sistemalari.
Asosiy tayanch tushunchalar
«Minglik», «sinf» tushunchasi, sonlarniиng o`nli tarkibi, 4-9 xonali sonlarni o`qish va yozish, taqqoslash, sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirish va kamaytirish. O`nli sannoq sistemasi, pozitsion va norozitsion sannoq sistemalari, miqdorlar orasidagi munosabatlarni mustahkamlash cho`tda ishlash sonni tahlil qilish.
1-§. Kop xonali sonlarni nomerlashni o`rganish
Ko`p xonali sonlar ichida sonlarni nomerlashni o`rgatishda o`qituvchining asosiy vazifasi yangi sanoq birligi minglik tushunchasini tarkib toptirish, sinf tushunchasi mahiyatini ochish va shu asosda kop xonali sonlarni oqish va yozishga orgatish, oquvchilarning onlik sanoq sistemasiga oid bilimlarini, naturon ketma-ketlik, sonlarni yozishning pozetsion prinsipiga oid bilimlarni aniqlash va umumlashtirishdan iborat.
Kop xonali sonlarda asosan yozma nomerlash bilan ish koriladi. Lekin oquvchilar nomerlashning ikki turi bor ekanligini bilishlari albatta kerak. Chunki kop xonali sonlarda ham ozgina bolsa ham oquvchilarni ogzaki hisoblashlarga mashq qildirish kerak.
Oquvchilarga ogzaki nomerlashni orgatishda quyidagi maqsadlar qoyiladi:
Har bir xona birliklarini va ularning oralaridagi munosabatlarni chuqur bilishi kerak;
Sonlarning tartiblarini organishlari lozim;
Sanashda yoki sonlarning bir birini ketidan tartib bilan aytishda bilim konikma va malakalar hosil qilishi kerak ;
O’quvchilarga yozma nomerlashni o’rgatishda, ularga sonlarni o’rin prinsipini asosida nomerlashni asosiy metodik maqsad qilib qo’yish lozim.
Kop xonali sonlar ichida nomerlash uchun nomerlashning bazi hollarini korib chiqamiz. Yani nomerlashning qoshish va ayirish amallarini quyidagi tartibda otish maqsadga muvofiq.
Tort xonali sonlarni ogzaki va yozma nomerlash; On ming ichida qoshish va ayirish.
Besh xonali sonlarni ogzaki va yozma nomerlash va mos kelgan qoshish va ayirish hollarini bajarish.
Olti xonali sonlarni ogzaki va yozma nomerlash va million ichida qoshish va ayirishni bajarish.
Nomerlashga tegishli umumiy xulosalar.
Sonlarni nomerlash tushunchasining o’quvchilarga tushinarli bo’lishi uchun qo’shish va ayirish amallarini ayrim holda berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ogzaki va yozma nomerlashni organish tartibi quyidagicha:
Oquvchilarga ming ichida sonlarni nomerlash yoki boshqacha aytganda birinchi sinfga kiruvchi sonlarni nomerlash oldindan malum. Bunda birlar, onlar, yuzlar, haqida yetarlicha malumotlar bor. Shuningdek, sonni xona sonlaridan foydalanib tuzishni va shu sonni xona sonlariga ajratishni biladilar, 1 dan 1000 gacha sonlarni sanashni biladilar.
Har bir sinf sonlari, birinchi sinf soni kabi, xonalardan tuziladi. Shunday qilib birinchi sinf sonlarni ozlashtirganlardan keyin oquvchilarga kop xonali sonlarni nomerlashni organish unga qiyinchilik qilmaydi. Chunki birinchi sinf sonlarini nomerlash asos bolib xizmat qiladi.
Shunga kora kop xonali sonlarni nomerlash quyidagi tartibda organiladi.
Ming ichida sonlarni ogzaki nomerlash.
Xona birliklari . Yani ming, on ming, yuz ming.
Sonlarning tarkiblari.
Minglar bilan sonlarni sanash.
Do'stlaringiz bilan baham: |