F.Topshiriqlar
1. 10 ichida ongli hisob va mexanik hisob tushunchalarini tushuntiring. Ongli hisobni bajarish uchun qanday konikmalarni shakllantirish kerak?. Mexanik hisobni ifodalovchi aniq misollar keltiring.
2.Narsalarni sanash ko’nikmasini shakllantirishda o’qituvchi quyidagi maqsadlarni qo’yadi:
а)narsalarni har qanday tartibda sanash mumkin;
в)narsalarni sanaganda har biriga mos ravishda son nomini qo’yish kerak, ya’ni bironta narsani sanamay ketish yoki bitta son nomini ikkita narsaga qo’yish mumkin emas;
д)sanashda oxirgi aytilgan son nomi “nechta?” degan savolga javob bo’ladi, ya’ni berilgan narsalar yig’indisining miqdorini ifodalaydi.
Bu maqsadlardan qaysi biri quyida keltirilgan topshiriqlar yordamida amalga oshiriladi:
1. Stol ustida tartibsiz kubiklar tashlangan. Oqituvchi ularni sanab chiqishni taklif qiladi.
2. Yigmalar taxlasida turli xil rangda doiralar joylashtirilgan. Oqituvchi oldin qizil doiradan, kok doiradan, songra yashil doiradan boshlab sanashni taklif qiladi.
3. Yigmalar taxtasida narsalar qoyilgan. Ular beshta. Oqituvchi aytadi: Bu yerda nechta narsa bor? degan savoliga Bilmasvoy 6 ta, Buratino esa 4 ta deb javob berdi. Bu javoblar togrimi? Bilmasvoy sanashda qanday xatoga yol qoydi? Buratino qanday xatoga yol qoydi?
3. Oqituvchi qanday maqsadda topshiriq berdi: birinchi va uchinchi kataklarni sariq qalam, ikkinchisini yashil, oxirgisini qizil qalam bilan bo'yang. Oxirgi katakcha hisob boyicha nechanchi.
4. Oqituvchi topshiriq berdi: Stolda nechta olma bolsa shuncha chop qoying. Choplar nechta bolsa, shuncha kvadrat qoying. Bu narsalar guruhlari nimalari bilan oxshash?. Ushbu topshiriq qanday maqsadda berilgan?
5. Quyidagi maqsadlarda qo’llash mumkin bo’lgan didaktik o’yinlarni tanlang:
А) hisoblash malakasini shakllantirish;
В) 1-10 sonlar natural qatorining hosil bo’lish prinsipini o’zlashtirish;
Д)sonlarni taqqoslash malakasini shakllantirish;
6. Nol soni va raqami bilan tanishtirish metodlarini tushuntiring, Matematika 1 darsligini korib chiqib savollarga javob bering: Oquvchilar ilgari nol raqamini uchratganlarmi? Qaysi savolni ozlashtirganda? Nol soni va raqami bilan darslikdagi dasturdan oldin oquvchilarni tanishtirilsa boladimi? Bunday qilish maqsadga muvofiqmi? Javobingizni asoslang.
7. Narsalar yigindisining ozaro bir qiymatli moslikni o'rnatish jarayonida oquvchilarda qanday tushunchalar shakllanadi? Aniq misollar keltiring.
8. «Matematika 1» darsligidan «katta», «kichik», «shuncha» tushunchalarini shakllantirish uchun qullaniladigan rasmlarni tanlang. Ushbu tushunchalarni shakllantirishda bu mashqlarning qaysilarini raqamlar kassasidan iborat bolgan didaktik material bilan boglab bajarsa boladi? Yigmalar taxtasidan shu maqsadda qanday foydalanish mumkin?
9. Narsalar yigmasi orasida o'zaro bir qiymatli moslikni o'rnatish usullarini ayting. Ushbu usullardan qaysilari «Matematika 1» darsligida o'z aksini topgan.
10. Sonlarni taqqoslashda predmetli va simvolik korgazmalilikdan foydalanish mumkin. Ushbu vaziyatda simvolik korgazmalilikning rolini nima bajaradi? Aniq misollarda predmetli va simvolik korgazmalardan foydalanishni ko'rsating, masalan, 6 va 3, 7 va 8 sonlarini taqqoslash uchun.
11. Qaysi maqsadda oqituvchi oquvchilar bilan ushbu suhbatni otkazdirishi mumkin: «4 ta doira qoying, pastga shuncha uchburchak. Yana bitta uchburchak qoying. Uchburchaklar nechta boldi? Beshta uchburchakni qanday hosil qilish mumkin? Doiralar ko'pmi yoki uchburchakmi? qaysilari kam? Nechtaga? Pastda uchburchaklar nechta bolsa, shuncha kvadrat qoying. Yana bitta kvadrat qoying. Kvadratlar nechta boldi? Oltita kvadratni qanday hosil qilish mumkin? Qaysi shakllar koproq: kvadratlarmi yoki uchburchaklarmi? Qaysilari kamroq? Nechtaga? va hokazo.
Quyidagi mashqlardan qaysilarini shu maqsadda taklif qilish mumkin?
a) Sinf taxtasiga nechta doiralar chizilgan bolsa, shuncha qizil kubiklar qoying.
b) Sonlar qatorini davom ettiring: 3,4,5 .
d)Tushirib qoldirilgan sonlarni qoying: 1,2,
, 4,5,6,
,
,9.
g)Jadvalni toldiring:
j) Daftarga misollarni osish tartibida kochiring:
2+1 5+1
1+1 7+1
4+1 6+1
3+1
12. Natural qatorining yangi kesmasini ozlashtirishda zarur:
a) Darslikdagi rasmlarni, raqamlar kassasini, namoyish materialini qo'llash bilan bir qatorda natural qatorining har bir yangi sonning hosil bolishini ko'rib chiqing:
b) Yangi sonni ozidan oldingi sonlar bilan taqqoslash:
d) Berilgan sonlar oraligida sanashni orgatish:
g) Berilgan sonni belgilaydigan raqam bilan tanishtirish va uni yozishga orgatish.
Natural qatorining 1 5 bolgan sonlar kesmasini ozlashtirish misolida (yangi 5 soni bilan tanishuv) har bir bosqichini aniqlashtiring. Har bir bosqichga mos topshiriqlar tanlang.
13. Matematika 1 («Onlik» konsentri) darsligida miqdoriy son va tartib sonni shakllantiruvchi topshiriqlarni aniqlang.
14. Ogzaki hisob bosqichida oqituvchi oquvchilar bilan suhbat o'tkazadi:
- Hisobda qaysi son 4 sonidan oldin keladi?
- Hisobda qaysi son 4 sonidan keyin keladi?
- 4 sonining qoshiluvchilarini ayting.
- Qaysi son 2 sonidan bitta ortiq?
- 5 va 3 sonlarining orasida qanday son bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |