Birinchi topshirqni tekshirish uchun quyidagi savollardan foydalanib, suhbatning turli xil variantlarini tuzing:
1)Birinchi misolning javobi qanday?
2)Ikkinchi misolning javobi qanday?
3)Uchinchi misolning javobi qanday?
4)Tortinchi misolning javobi qanday?
5)3 sonini hosil qilish uchun 2 ga qanday son qoshish kerak?
6)Ikkinchi va tortinchi misollarning oxshash va farq tomonlari nimada?
7)Son 1 taga ortadigan misollarni oqing.
8)Son 1 taga kamayadigan misollarni oqing.
9)Javoblari bir xil bolgan misollarni oqing.
10)Faqat savollarni oqing. Eng kichik sonni ayting? Eng katta sonni ayting?
Ikkinchi topshiriqni tekshirish uchun quyidagi savollardan foydalanib, suhbatning turli xil variantlarini tuzing:
1)Bo'sh kataklarga qoyilgan sonlarni birma bir oqib chiqing.
2)Hosil bolgan yozuvlarning oxshash tomoni nimada?
3)Hosil bolgan tengliklarni boshqacha qilib qanday yozish mumkin?
4)3,2,4,1 sonlari qanday hosil bolganini oqing.
5)Qaysi tenglik (misol)dan quyidagilar korinadi: agar 3 ni 1 taga orttirsak 4 hosil qilamiz: agar 3 ni 1 taga kamaytirsak 2 hosil qilamiz: agar 2 ni 1 taga kamaytirsak 1 hosil qilamiz?
6)3 soni ortadigan: 3 soni kamayadigan, 2 soni ortadigan misollarni oqing.
7)Hosil bolgan misollarni chizgichda tasvirlang.
23. «Matematika 1» darsligida «1-10 bolgan sonlar» mavzusi boyicha mashqlarni etibor bilan organib chiqing. Ular orasida oquvchilarni qo'shishning orin almashtirish xossasi bilan tanishtirishga tayyorlaydigan mashqlar bormi?
24. 10 ichiga «Sonlarni nomerlash» mavzusi boyicha nazorat ishini tuzing. Har bir topshiriqni bajarishda qanday bilim, konikma, malakalar tekshirilishini tushintiring.
1. 2. «Yuzlik» ichida sonlarni nomerlashni organish.
Mavzuni organish masalalari.
1. Oquvchilarni yangi sanoq birligi «onlik» bilan tanishtirish.
2. Xona tushunchasini kiritish va tushuntirish. 1ta onlik 10ta birlikdan tuzilganligini ozlashtirish (onlik sanoq sistemasining qurilish prinsipi)
3. 2 xonali sonlarni oqish va yozishni organish
4. Son bilan raqam ortasidagi farqni aniqlash. Sonlarni raqamlar bilan yozishning pozitsion uslubini tushinish.
5. 2 xonali sonlarni nomerlashga doir bilimlar asosida sonlarni qoshish va ayirish birikmasini shikllantirish.
6. 2 xonali sonlarni nomerlashni organish bilan uzviy bogliq xolda uzunlikning yangi o'lchov birliklarini korib chiqish (detsimetr, metr).
Nomerlashni organishda ikkita bosqich ajratiladi: «11-20» va «21-100» sonlarni nomerlash. Ammo shuni takidlash lozimki, 20 gacha bolgan 2 xonali sonlarni va 20 dan katta bolgan 2 xonali sonlarni nomerlash bir biriga prinsipial oxshash: bu sonlarni ogzaki va yozma nomerlash, sanoqda birliklarni 10 talab guruhlashga va sonlarni yozishda raqamlarning orin qiymatlari prinsipiga asoslaniladi.
100 ichida sonlarni nomerlash quyidagicha amalga oshiriladi: tayyorgarlik ishi, ogzaki nomerlash, so'ngra yozma nomerlash organiladi. Ikkinchi onlik sonlarini ogzaki nomerlashni organishni bolalar onlik tushunchasi bilan tanishtirishdan boshlaydilar. Bunda korsatma qollanma sifatida choplardan va choplar dastasidan foydalaniladi. Masalan, choplarni sanab, 10 tadan dastalab, boglab birliklardan onliklar qanday hosil bolishi korsatiladi.
10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni onlik guruhlashga va raqamlarning orin qiymatlari prinsipini qollashiga asoslangan, yani ongdan chapga qarab sanalganda birlik birinchi oringa, onliklar ikkinchi oringa yoziladi. Yozma nomerlash bilan tanishtirishda ko'rsatma qollanma sifatida abak, xonalar jadvalidan foydalanish qulay. Bu qollanmalardan foydalanish jarayonida oquvchilar onlik sanoq sistemasining qurilish prinsipini o'zlashtiradilar, yani I xonaning 10 birligi II xonaning 1 ta birligidan tashkil topadi.
«Yuzlik» konsentrida nomerlashni organishda «Onlik» konsentrida boshlangan ish davom etadi: predmetlarni sanash: natural qatorida sonlarning hosil bolishini organish: natural qatorda sonlarni taqqoslash.
«Nomerlash» mavzusida sonlarni qoshish va ayirish hollari qaraladi, ushbu hisoblashlarning asosi bolib sonning xona tarkibi va natural qatorda sonlarning hosil bolish prinsipi xizmat qiladi (masalan, bunday: 18-8, 18-10, 10+8, 14+1, 17-1).
Uzunliklarni olchashning yangi birligi detsimetr bilan tanishtirish, kesmalarni santimetr va detsimetr bilan olchashga doir mashqlar ikkinchi onlik sonlarni nomerlashni yaxshi ozlashtirishga yordam beradi. Masalan, agar kesmaning uzunligi 1 dm 3 sm bolsa, demak unda 1 onlik sm va yana 3 sm sigadi degan sozdir. 10 birl. = 1 onl., 10 sm = 1 dm, 13= 1 onl, 3 birl., 13 sm = 1 dm 3 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |