Yyechilishi: 12 soat 45 minut
+ 10 soat 35 minut
22 soat 80 minut
23 soat 20 minut Javob: Uchuvchi havoda 23 soat 20 minut bo`lgan.
BOShLANG`ICh SINFLARDA MATЕMATIKA O`QITISh MЕTODIKASIDAN AMALIY MAShG`ULOTLAR
(Boshlang`ich ta'lim mutaxassisligi bo`yicha pеdagogika oliy va o’rta maxsus o`quv yurtlari talabalari uchun o`quv qo`llanma)
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash.
Boshlangich matematika kursida sonlarni nomerlashni organish quyidagi konsentlar boyicha amalga oshiriladi. Onlik, Yuzlik, Minglik, Kop xonali sonlar. Bu asosiy mavzularni bir necha marta takrorlash bilan birga oquvchilarning bilim va konikmalarini takomillashtirishga imkon beradi.
Konsentrlar ortasidagi izchillik har bir yangi konsentrda sonlarni nomerlashni organishda oquvchilarning mustaqilligini oshiradi.
Sonlarni oqish va yozishning asosida son, raqam, xona, sinf kabi tushunchalarni ozlashtirish yotadi.
Son tushunchasini shakllashtirishning asosida maktabda narsalarning sanogi yotadi. Sanoq miqdorini aniqlash uchun xizmat qiladi. Son sanash natijasi hisoblanadi, yani sanashda oxirgi aytilgan son berilgan narsalar yigindisining miqdorini aniqlaydi (miqdor-son). Sanash amali asosida berilgan aniq tartibdagi narsalar yigindisi va soni orasida ozaro bir qiymatli moslik ornatish yotadi. Shuning uchun sanashda aytilgan son berilgan narsalar miqdori bilan atashdagi tartibini ham bildiradi (tartib son). Bundan tashqari turli toplamlar elementlari orasida ozaro bir qiymatli moslik ornatish jarayonida son ekvivalent toplamlar sinfining umumiy tasnifi sifatida oquvchilar ongida singdiriladi. Katta, kichik, shuncha savollariga javoblar-sanash yordamida yoki narsalar orasida ozaro bir qiymatli moslik ornatish orqali aniqlanishi mumkin.
Son kattalikrni olchash bilan uzviy bogliq holda organiladi.
Natural qatordagi sonlarning hosil bolish prinsipi sanash bilan uzviy bogliq holda korgazmali materialda korsatib o'zlashtirish Nomerlash mavzusining asosiy masalasi hisoblanadi.
Raqam tushunchasi sonlarni yozish uchun ishlatiladigan belgi sifatida Onlik konsentrida kiritiladi va boshqa konsentrlarda ham sonlarni yozishda qollaniladi.
Xona tushunchasi Yuzlik konsentrida kiritiladi va keyingi konsentrlarda qollanishi davom ettiriladi. Kop xonali sonlarni nomerlashda oquvchilar sinf tushunchasi bilan tanishadilar.
Son, xona, sinf tushunchalari turli xil narsalar toplamlari bilan ishlash jarayonida shakllantiriladi. Korgazmali qollanmalar sifatida turli narsalar, geometrik shakllar modellari, choplar, chotlar, jadvallar, abakdan foydalaniladi. Undan tashqari ogzaki va yozma nomerlash prinsiplari ozlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |