O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi


§. Uzunlik va uzunlik o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi



Download 12,33 Mb.
bet137/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

2 §. Uzunlik va uzunlik o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi.


Dastlab kesma uzunlik tushunchasi haqida tasavvurlar tarkib toptiriladi. Kesma uzunligi tushunchasi narsalarni uzunligi bo`yicha taqqoslash asoasida kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak tasmani yoki qog`oz poloskalar va boshqalarni ustma – ust qo`shish yo`li bilan taqqoslashni (qisqa, uzun) taklif qiladi. Amaliy ishlar taqqoslashlarni so`zlar yordamida ifodalash bilan mustahkamlanadi. «Uzunliklar bo`yicha teng», «Uzunliklar bo`yicha teng emas» so`zlarining mazmunlari «bir xil», «uzun», «qisqa» kabi so`zlar bilan almashtiriladi.
Shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, tasma yoki poloskalar yordamida taqqoslash, ya'ni kesmalardan birini ikkichisining ustiga bevosita qo`yib bo`lmaydigan holatlar o`rgatiladi. Shu maqsadda o`quvchilar qog`oz poloska chyetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar, so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini taqqoslashni ko`pincha shunday usul bilan amalga oshiriladi.
Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning amaliy tajribasi to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkre ti hayotiy misollar asosida masalan, ma'lum uzunlikda tasma sotib olish kerak bo`lganda va shunga o`xshash xolatlarda kesmalarni taqqoslash uchun uzunlik o`lchov birligidan foydalanish zaruriyatiga o`quvchilar fikrini olib keladi. Bu yerda amaliy ishni quyidagicha o`tkazish foydali: har bir o`quvchiga sanoq cho`pi uzunligini o`lchashni taklif qilinadi.
Bunining uchun oldin o`lchov (birlik kesma) - qog`oz poloskani (tasma…) tanlab olish kerak. Har qaysi o`quvchi o`zida bor poloskalaridan o`z o`lchovini tanlaydi. Natijada har xil sonlar hosil bo`ladi, chunki o`quvchilar bir miqdor qiymatini topish uchun turli xil o`lchov tanlab oldilar. Bunday amaliy ishlar natijasida bolalarda o`lchash jarayoni haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo`ladi, hamda ularni uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Shu sababli, kesmalarni taqqoslash uchun aniq o`lchov yordamida o`lchashlardan foydalaniladi.
O`lchashlar oldin uncha katta bo`lmagan narsalar masalan, qalam, ruchka, cho`plar va boshqalarning uzunliklarini topishni o`rganib olamiz. Buning uchun aniq, umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi Santimetrdan foydalaniladi.
O`quvchilar Santimetr haqida ayoniy tasavvurlarni olish uchun o`qituvchi rahbarligida Santimetr modellarini tayyorlashlari lozim. Buning uchun katakli qog`oz varag`idan bir nechta 1 smli poloskalar qirqib olinadi. Poloskalarni ustma – ust qo`yib ularning o`zaro teng ekanligi aniqla nadi. Qirqilgan poloskalarning har biri Santimetr modeli hisoblanadi.
Santimetr modeli yordamida o`quvchilar:
1) berilgan kesm alarni o`lchash.
2) berilgan uzunlikdagi kesmani yasash va chizish malakasini egallb olishadi. O`lchash va yasashning ikkita usuli ajratiladi.
1- usul – ustiga qo`yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o`lchanayotgan yoki ajratib olinayotgan kesma Santimetr modellari bilan qoplanadi va ularning soni sanab chiladi, necha model bo`lsa shuncha sm bo`ladi deb tushuntiriladi. Bunday amaliy ish bolalarning har bir Santimetrni «payqashiga», «sezishiga» yordam beradi. Bu metodni kiritishdan oldin o`quvchilarga quyidagicha ko`rinishdagi mashqlarni bajarish kerak:
- sm modellarini ketma – ket qo`ying. Qanday uzunlikdagi poloska hosil bo`ldi?
2-usul - qo`yib borish usuli. O`qituvchi o`quvchilarga berilgan kesmani o`lchashni o`rgatishda, ularning har biri sm modeli oxirini o`lchanayotgan kesmaga qalam bilan modelning ikkinchi uchini belgilashlarini; hosil bo`lgan nuqtaga model oxirini yana bir marta qo`yishlarini va kesmaga yana bitta belgi qo`yishlarini kuzatib boradi. Ikkinchi belgi 2 sm ajratib sanalganini bildiradi. Shunga o`xshash ish qo`yilayotgan belgilardan oxirgisi o`rganayotgan kesmaning keyingi uchi bilan ustma – ust tushganicha davom etilavyeradi. Natijada o`quvchi kesmaga qo`yilgan smlar sonini sanab, Santimetrlarning butun sonini topadi. Agar belgilar oxirgisi ustma – ust tushmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 6 sm – ga, 6 sm dan biroz ortiq, kam.
Berilgan uzunlikdagi kesmani Santimetr modeli yordamida yasashda ish bunday amalga oshiriladi: - o`quvchi oldin to`g`ri chiziq chizadi; to`g`ri chiziqda nuqta (kesma uchlaridan biri belgilansin); shu nuqadan boshlab biror yo`nalishda Santimetrlarni keragicha sonda qo`yib chiqsin (har gal belgi qo`yiladi); kesmaning ikkinchi uchi belgilanadi.
Shuni e'tiborga olish kerakki, berilgan kesmani o`lchashda ko`pincha ozmi – ko`pmi syezilarli qoldiqlar chiqishi mumkin. Natijada bajarilayotgan ish mohiyatini tushunish qiyinlashadi. Shu sababli kesmani o`lchashni ko`rsatilgan ikkala usul bilan bajarish maqsadga muvofiq.
Kesmallarni o`lchashning puxta ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida o`quvchilarni faqat qog`ozda chizilgan kesmalarni o`lchash bo`yicha mashq qilib qolmasdan, balki bu maqsadga uncha katta bo`lmagan boshqa narsalarni qalamdon, daftar kabilarni ham o`lchashga o`rgatish foydali. Ko`pburchak tomonlari ham o`lchash ob'yekti bo`lishi muhimdir.
Shundan keyin, o`lchash va yasashda chizg`ichdan foydalanishga o`tish tasiya etiladi chizg`ichni o`quvchilar o`zlari qog`ozdan yasashlari mumkin. Bunday chizg`ich yasash uchun o`qituvchi katak daftarning bir necha varag`ini poloskalar shaklida qirqadi va o`quvchilarga tarqatadi, unda Santimetrlarni qanday belgilashni ko`rsatadi. (sm modeli yoki ikki katak bir sm ekanligidan foydalanib).
1 sm li kesma poloskaga 10 marta ketma – ket qo`yilib kesiladi. Uzunligi 10 sm = 1 dm bo`lgan poloskaning oxirlari kesilishidan hosil bo`lgan qog`oz polosa chizg`ichning modeli bo`ladi. Bunday chizg`ichning Santimetrli shkalasi bo`linishlarini raqamlar bilan betlash tavsiya etilmaydi. Bu sanoq va o`lchash jarayonlarini birlashtirish uchun ham, kesma uzunligi bilan son orasidagi moslikni tushunish uchun ham foydali.
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`lchashga oid birinchi mashqlarni raqamlar qo`yilmagan chizg`ich yordamida ham, Santimetr modeli yordamida ham bajarish foydali ekan. Natijada bolalar amalda chizg`ichdan foydalanishning afzalligini, ko`radi, bir xil modeldan foydalanishda boshqa modeldan foydalanishga uzluksiz va to`la qonuniy o`tishni amalga oshirish imkonini beradi.
Raqamlangan shkalali chizg`ich bilan o`lchashga o`tishga shoshilmaslik kerak. Aks holda shunday xatoga yo`l qo`yish mumkinki, bunda kesma yasash yoki o`lchashda sannoq boshini chizg`ichda noldan emas, balki birdan boshlanadi. Shunday xatolarga yo`l qo`yuvchi o`quvchilarga Santimetr modeli yoki Santimetr shkalali qog`oz poloskadan foydalanish zarur.
O`quvchilar o`lchashda chizg`ichdan chiziqchalarni emas, balki kesmaga o`lchov necha marta joylashishini o`rganib olganlaridan keyin Santimetrli bo`laklarni raqamlari bilan belgilashlari mumkin.
O`qituvchi o`quvchilarning e'tiborini har gal o`lchashda Santimetrlarni sanash juda noqulay ekaniga qaratadi va ularga bunday savol beradi: «O`lchashni tezlatish va osonlashtirish uchun nima qilish kerak?» Odatda o`quvchilar bunday javob berishi mumkin: bo`linishlarni raqamlar bilan belgilash kerak. O`qituvchi chiziqlarni emas, balki kesmalarni – Santimetrlarni sanash kerakligini yana bir marta ta'kidlaydi. Sanoq boshlanadigan chiziqcha 0 raqami bilan belgilanadi.
Chizg`ichdan foydalanish qoidasi: chizg`ichning bo`linishlari tushirilgan qirrasi faqat o`lchashlar uchun xizmat qiladi, to`g`ri chiziq kesmalarini chizishda shkalali qirrasiga qarama - qarshi qirrasidan foydalaniladi. Chizish odatda qalamda bajariladi. Chizg`ich qog`ozdan shunday joylashishi kerakki, o`lchanayotgan yoki chizilayotgan kesma uning yoritilgan qirrasi tomonida bo`lsin.
O`quvchilarni uzunlik yangi birligi - detsimetr bilan tanishtirish ikkinchi o`nlikni o`rganish bilan birga boshlanadi. Yuqorida o`quvchilar tayyorlagan chizg`ich (qog`oz poloska) aslida detsimetrning modelidir. O`quvchilar detsimetr modeli bilan ham Santimetr modeli kabi o`lchashlar va yasashlarni bajarishadi. Topshiriqlar namunalari:
dm ning uchta modelini bir qatorga qo`ying.
1. Qanday uzunlikdagi poloska hosil bo`ldi?
2. Tasmadan uzunligi 3 dm ni o`lchang va qirqing.
3. To`g`ri chiziqda nuqta belgilab, ikki marta detsimetr qo`ying. Hosil bo`lgan kesma uzunligi qancha?
4. Daftar uzunligini, parta, stol enini o`lchang. Agar o`lchashda dm butun son marta joylashmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 3 dm – cha, 3 dm dan kamroq yoki ortiq. Shundan so`ng dm va sm modellari yordamida o`lchash va yasashlarga doir mashqlar bajariladi:
1. 2 dm 3 sm necha sm ga teng.
2. Uzunligi 5 dm bo`lgan kesma necha sm bo`ladi?
3. Uzunligi 35 sm bo`lgan kesma necha dm va sm bo`ladi?
100 ichida nomerlashni o`rganilayotganda yangi chiziqli birlik – metr o`rganiladi. O`qituvchi sinfga bunday savol bilan murojat qiladi: sinf xonasining bo`yi va enini dm yoki sm bilan o`lchash qulaymi? Nega noqulay? B unday hollarda yirikroq chiziqli birlik – metrdan foydalaniladi- deydi va 1 metrli chizg`ich modelini ko`rsatadi. Metr bilan tanishtirishda, metr bilan qanday o`lchashni ko`rsatishi, ya'ni sinf, doska, eshik larning eni va bo`yini mustaqil ravishda topa oladigan bo`lishlari muhimdir. Buning uchun ularning har birida 1 m modeli bo`lishi kerak. Metr modelini hosil qilish uchun uzunligi 10 dm bo`lgan tasma olinib uni detsimetrlarga bo`linadi. Har bir ditsimetrdan keyin chiziqchalar qo`yiladi. Bu chiziqchalar bo`yicha tasma buklanadi va «garmoshka» qilib taxlab qo`yiladi. – Yig`ma metr hosil bo`ladi. Metrni yaxshi tasavvur qilish uchun o`quvchilarga quyidagi ma'lumotlarni aytish foydali: 8-9 yoshli bolalar qo`llari ikki yon tomonga cho`zilganda bir qo`lning uchidan boshqa qo`l tirsagigacha bo`lgan masofa bir metrga teng. Poldan ko`rakgacha bo`lgan masofa ham bir metrga teng.
Mustahkamlovchi mashqlar quyidagicha bo`ladi:
- metr yordamida 3 m ni o`lchang;
- sinf bo`yini toping.
Bu ish o`quvchilarni qiziqtirishi uchun metrli o`lchamlarni ko`zda chamalab o`lchab chamalab aytib, so`ngra metr bilan o`lchab ko`radilar. Shu yo`l bilan ular masofani ko`zda chamalash malakavini egallash bilan birga, metr bilan o`lchashni ham mashq qilishadi.
O`quvchilarni millimetr bilan tanishtirish uzunlik o`lchov birliklari ichida eng murakkabi hisoblanadi. Tanishtirishni Santimetrga qaraganda ancha mayda bo`lgan yangi o`lchov birligini kiritish zaruratini ko`rsatishdan boshlash kerak. Bunda o`quvchilarga Santimetrlarga bo`lingan qog`oz poloskalar yordamida oldindan chizilgan 8 sm 9 mm, 9 sm 2 mm bo`lgan kesmalarni o`lchashni taklif qilib amalga oshirish mumkin. Kesmallar tagma-tag chizilgan bo`lib, bir xil emasligi ko`rinib turadi. Buning ustiga sm da hisoblangan uzunlik bir sonning o`zi bilan ifodalanadi, bu son taxminan 9 ga teng. Dyemak, aniqroq o`lchashlar uchun Santimetrga qaraganda kichikroq o`lchov birligi zarur degan xulosaga olib kelinadi.
Ko`pincha, masshtabli bo`linishlarga qarab, o`qituvchi bita mayda bo`linish, ya'ni chizg`ichning ikkita chiziqchasi orasidagi masofa millimetr deb atalishini aytadi. O`quvchilar chiziqchalarni sanab 1 smda 10 mm borligini ayoniy ishonch hosil qiladilar. Shundan keyin o`quvchilar o`lchamlarni bajarishadi. Darslikda berilgan kesmalar va figuralarning tomonlarini o`lchaydi. Oldin bita asosiy operatsiya – bo`linishlarni hisoblash o`zlashtiriladi. O`qituvchi 1 m li chizg`ichdagi kabi (qulay bo`lishi uchun), o`quvchilar chizg`ichda har 5 mm dan keyin kattaroq chiziqcha qo`yilishini tushuntiradi.
Eng muhimi shuki, o`quvchilar sana shvaqtida ko`zni to`g`ri joylashtirish malakasini egallab olishlariga erishish kerak. Nol belgili nuqtani kesma oxiri bilan ustma-ust tushirishda va millimetrli bo`linishlarni hisobga olida parallaks hodisasini ta'sirini yo`qotish uchun ko`z bilan shunday qarash kerakki, har qanday holda ham ko`zni o`lchanayotgan kesmaga shu kesma oxiridan o`tkazilgan pyerpyendikulyarga tiqilib turish kerak. Bu esa ishning muhim va tushuntirish uchun qiyin bo`lgan elyemyentdbir. Buning qanchalik muhim ekanligini shundan ham bilsa bo`ladiki, millimetr bilan hisoblashda o`lchashni ko`zning perpendikulyardan 5sm gina chyetlashishi 0,6 mm xatoga yo`l qo`yish sabab bo`ladi. Tushuntirishning qiyinligi, o`quvchilar hali pyerpyendikulyar tushunchasi bilan tanish emas. Shu sababli o`ituvchi bir muncha boshqacharoq ko`rsatmalar berishiga to`g`ri keladi. Masalan, «Kesmal oxiriga qaraganda ko`zingizni shu nuqta ustiga aniq tikiling». «Millimetrli bo`linishlarni hisoblayotganda yon tomondan qaramang»…
Uzunlik o`lchovining yangi birligi – kilometr bilan tanishtirishda bu birlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida tashqarida amaliy ishlar o`tkazish maqsadga muvofiq. Buning uchun o`quvchilar bilan birga 1 kmga teng masofani qancha vaqtda yurib o`tish mumkinligini Aniqlash foydali. O`tilgan masofani, yoqadamlar bilan (taxminan 2 qadam=1m) yoki rulyetka, o`lchov lyentasi bilan o`lchanadi. O`lchash davomida o`quvchilar ko`zda chamalashni mashq qiladilar. Agar imkolni bo`lsa, sal uzoqroq masofalarga ekskursiya uyushtirish ham muikn. Olingan ma'lumotlar esa keyingi darslarda masalalar tuzishda kerak bo`ladi.
Uzunlik o`lchov birliklari orasidagi munosabatlarni yaxshi o`zlashtirish maqsadida uzunlik o`lchovlari jadvali mustahkamlanadi:
1 km= 1000 m 1 dm = 10 sm
q-1 m = 10 dm 1 sm = 10 mm
1 m = 100 sm = 1000 mm
Bu jadvalni yodlab olish yaxshi natija beradi. Uzunlik jadvaliga oid bilimlardan o`quvchilar har xil mashqlarni bajarishlarida foydalanishlari kerak:
1) 1 m 1 smdan necha marta katta?
1 dm 1 m dan necha marta katta?
2) 1 mm 1 sm ning qanday qismini tashkil qiladi?
1 dm 1 m ning qanday qismini tashkil qiladi?
3) Sonlarni kilometr va metrlarda ifodalang?
27346 m, 47239m ...

Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish