Adabiyotlar.
1 §. Asosiy miqdorlar va ular o`lchovlarini o`rgatishning umumiy metodikasi.
Miqdor yoki kattalik tushunchasi matematikada asosiy tushunchalardan biridir.
Boshlang`ich sinflarda uzunlik, massa va hajm, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o`rganiladi. Boshlang`ich sinflarda bu miqdorlar asosiy miqdorlar deb ataladi. Bundan tashqari ba'zi hosilaviy miqdorlar, masalan tyekis harakat tezligi bilan ham tanishadilar.
Boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o`rganish arifmetik material bilan uzviy bog`liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan «O`lchashni o`rgatish, sanashni o`rganish bilan bog`lanadi; yangi o`lchov birliklari tegishli sanoq birliklari o`rganilgandan so`ng kiritiladi; ismli sonlarning hosil qilinishi, yozilishi va o`qilishi mavhum sonlarni nomerlash bilan bir vaqtda o`rganiladi; arifmetik amallar mavhum sonlar ustida va ismli sonlar ustida bajariladi».
Miqdorlar haqida va ularni o`lchash haqida yuqorida ko`rsatib o`tilgan tasavvurlarni tarkib toptirish matematikaning hayot bilan bog`liqligini ta'limning polityexnik yo`nalganligini mustahkamlashga imkon beradi. O`quvchilarda puxta o`lchash va grafik ko`nikmalarni shakllantirish polityexnik ta'lim sharoitida matematika o`qitishda ham, myehnat ta'limi va bir qator matematikaga qo`shni fanlarni o`rganishda ham alohida kasb egallaydi.
Turli hisoblashlar va yasashlarni bajarishda aniqlik va batartiblikka amal qilish o`quv ahamiyatidan tashqari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Batartib bajarilgan o`lchash va grafik ishlar bolalarning estyetik tarbiyalash imkonini beradi, ularning charchashlarini kamaytiradi, e'tiborini orttiradi.
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda asosan amaliy metodlar va labaratoriya ishlaridan foydalaniladi. Bunday ishlarni bajarishda syezgi organlaridan va ayniqsa, qo`lning xarakatlantirish apparatidan foydalanish o`quvchilarning predmetga qiziqishini uyg`otadi, ish kayfiyatini yaratadi, faollikka undaydi. Bu esa pedagogika nuqtai nazardan qimmatlidir. Amaliy ishlar o`tkazishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi.
Atrof - borliqni o`z «Kashfiyotlari» orqali bilib olish bolalar uchun qiziqarlidir. O`quvchilarni kichik tadqiqotchi o`rniga qo`ya olgan, o`quvchilarning shaxsiy fikrini uyg`ota olgan o`qituvchi keyin ishda samarali natijalarga erisha oladi. Muammoli o`qishning maqsadi ham, mazmuni ham shundan iborat.
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to`g`ri va puxta shakllantirishda ko`rgazmalilikning turli vositalari asl nusxalar, modellar, chizmachilik va o`lchash asboblari, plakatlar, rasmlardan keng foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |