O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi


§. Massa va hajm, hamda ularning o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi



Download 12,33 Mb.
bet138/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

3 §. Massa va hajm, hamda ularning o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan asosiy miqdorlardan biri – jism massasi va idishlar hajmidir.
Bu miqdorlarni o`rganishning asosiy vazifalari:
- jism massasi va idishlar hajmi haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish.
- o`quvchilarni massa birliklari (kg, G, s.t) va hajm birligi – litr bilan tanishtirish.
- bir nomda ifodalangan massani boshqa nomdagi birlikka o`tkazish malakasini shakllantirish.
- ikki turli nomda ifodalangan massani qo`shish va ayirish hamda massani songa ko`paytirish va bo`lish malakasini shakllantirishdan iborat.
Maktabgacha bo`lgan yoshdayoq o`quvchilar his va tuyg`ular asosida jismning massasi haqida dastlbaki tasavvurlarni olishgan. Massa tushunchasini shakllantirishda «bariy» hisga (gryekcha – «baros – og`irlik») tayaniladi. Har qanday jism yerga totilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki osilgan ipni taranglaydi. Kaftga, gavdaga beriladigan bunday bosim bizga «bariy» hisni beradi. Birlik bosim miqdori massaga to`g`ri proportsional jism massasi qancha katta bo`lsa, og`irlik hissi shunchalik katta bo`ladi. Og`irlik kuchining massaga proportsionalligi sababli, ko`pincha bu ikki tushuncha: massa va og`irlik chalkashtirib ishlatiladi. O`quvchilar ham ko`pincha «massa» o`rniga «og`irlik» atamasini qo`llaydilar. Bular fizik tushunchalar bo`lib turlichadir.
Og`irlik – vektor miqdor. Og`irlik - bu jism tayanchga bosadigan yoki ilmoqni tortadigan kuchdir. Og`irlik tayanchning holatiga bog`liq. Agar tayanch vertikal yo`nalishda tezlanish bilan harakatlansa, u holda jism zo`riqish yoki vaznsizlik holatida bo`lishi mumkin.
Og`irlik prujinal dinamometr bilan o`lchanadi. Og`irlikning o`lchov birligi nyuton.
Massa – skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani enyergiyaning o`zgarishi o`lchov sifatida ochib beradi. Massa richali (pallali`) tarozilarda o`lchanadi. Massaning o`lchov birligi – kilogrammdir. Massani yerga tortilish qobiliyati bo`yicha qabul qilish o`rganishga eng osondir.
Boshlang`ich maktabda faqat jismning massasi o`rganilagdi shu sababli «og`iroq», «og`irligini tortish», «og`irlik toshlari» kabi so`zlarni iloji boricha ishlatmay, «massa», «jismlarning massasini o`lchash», «massa o`lchagich» kabi so`zlardan foydalanish kerak.
Narsalarni massasi bo`yicha farqlay olish qobiliyati turli massali narsalarni «og`ir», «yengil» so`zlari bilan belgilash natijasida amaliy turmush asosida paydo bo`lgan.
1 kg li massa haqidagi tasavvurni amaliy ishlar orqali olish mumkin. O`quvchilar massalari 1 kg ga teng bo`lgan jismlarni qo`llarida ushlab ko`rishlari va bu jismlarni boshqa massali jismlar bilan taqqoslashlari kerak. Bunday taqqoslashlar natijasida ular 1 kg li massa haqida aniq tuyg`uni his qiladilar.
Darsda pallali tarozida tuli xil jismlarni (1 kg, 2 kg, 3 kg…) 1, 2, 5 kg li toshlardan foydalanib, amaliy ishlar bajarish foydali tortish jarayonida o`quvchilar o`zlari qatnashish muhimdir. Albatta bunda o`qituvchi tarozida tortish qoidalarini o`rgatish lozim. Tortish natijalarini yozib borish kerak.
«Idishlarning sig`imi» va «litr» tushunchalari narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning shakllanishga xizmat qiladi. Litr bilan tanishtirishda idishlar, hamda boshqa hajmdagi idishlar (chyelak kastryulka) bo`lishi ahamiyatli.
Oldin narsalarning hajmiy xossalari haqidagi tasavvurlarni shaklanishiga yordam beradigan quyidagi mashqlarni bajarish kerak:
1. Qaysi shar (kub) katta.
2. Bolalar qumli maydonchada o`ynashmoqda.
Qoliplar bilan figuralar yasashmoqda. Qaysi qolipga ko`p qum sig`adi?
3. Choy va osh qoshiqlarda bir stakan qum o`lchab sol. Necha bir xil miqdordagi qum turli sonlar bilan ifodalanadi? O`lchovlar soni o`lchovning o`ziga qanday bog`liq?
Shunday keyin darsda so`hbat asosida litr tushunchasi o`zlashtiriladi.
O`qituvchi: biz sochiluvchan narslarni o`lchashni bilamiz. Shunga o`xshash o`lchovlarning o`zidan suyukliklarni o`lchashda ham foydalanish mumkin.
Siz qanday suyukliklarni bilasiz?
O`quvchilar: suv, sut, sho`rva, qatiq, koptok, yog`, benzin.
O`qituvchi stolida ikkita myenzurka bor. Biri kengroq, ikkinchisi tor. Ikkalasida ham suv sathi bir xil. Ikkita o`lchov staqanchalar ham bor.
O`qituvchi: qaysi idishda suv ko`pligini qanday bilish mumkin.
O`quvchi: birinchi idish kengroq, unda suv ko`p.
O`qituvchi: Shakl har xil idishlarda suyuqlik ko`pligini qanday aniqlaymiz?
O`quvchilar chamalashga harakat qiladi. O`qituvchi o`lchov stakan bilan o`lchash kerak degan xulosaga olib keladi. Bir idishda 5 ta o`lchov, ikkinchi idishda esa 3 ta shunday o`lchov bo`lsa 5>3, degan xulosa olinadi.
Ikkinchi o`lchov bilan esa o`lchab 10>6 aniqlanadi. Natijada o`quvchilar idishlardagi suyukliklarni miqdorini o`lchash uchun bir xil o`lchovdan foydalanish kerak degan xulosaga kelishadi.
Yangi massa birlik gramm haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun o`quvchilar massasi 1 g bo`lgan toshni ushlari va uning og`irligini boshqa narsalarning og`irliklari bilan taqqoslashlari kerak. Bunda 1 tiyinlik tanganing massasi 1 g, 2,3,5 tiyinliklar mos ravishda o`rnida foydalanish mumkinligini aytish foydali.
Sinfga dorixona tarozini olib kirish va dorilarni shu tarozida tortilishi o`quvchilarga aytiladi. Dorilarni o`lchash uchun 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 20 g, 50 g, 100 g, 500 g li mayda toshlar ishlatiladi. Bundan tashqarii oziq - ovqat mahsulotlarini tortishda ishlatiladigan syefyerblatli tarozi bilan tanishtirish kerak. Bunda amaliy ishlar orqali 1 kg dan ortiq yoki kam bo`lgan yuklarni qanday o`lchash tushuntiriladi. Tortishni o`quvchilarning o`zlari bajarishi muhimdir.
Hozirgi paytda zamonaviy elyektron tarozilari bilan ham tanishtirish mumkin. Bunday tarozilar tovar massasi bilan birga narxini ham ko`rsatadi.
Sochiluvchan jismlar va suyuqliklarning o`lchanishi qoidasi:
- ikkinchi pallaga bo`sh idish qo`yiladi.
- birinchi pallada u tosh bilan muvozanatlanadi.
- idishning massasi aniqlanib, jami massadan idish massasi chiqarib hisoblanadi.
Syentnyer va tonna bilan tanishish o`quvchilarning massa o`lchov birliklari haqidagi bilimlarini kengaytiriladi. Bu o`lchov birliklari haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun aniq misollar keltirish lozim: 2 qop kartoshkaning, 2 qop unning massasi taxminan 1 s ga teng. Yengil mashinaning massasi 1 t ga teng. Shundan so`ng o`rganilgan massa birliklari orasidagi munosabatlarni ko`rsatadigan massa o`lchov birliklari jadvali tuziladi va uni eslab qolish tavsiya qilinadi.
Sodda va murakkab masalalarni yechishda o`quvchilar massaning xossalari bilan tanishtiriladi.
- agar jism bir necha qismlardan iborat bo`lsa, u holda uning jami massasi bu qismlar massalarining yig`indisiga teng.
- bir – birini muvozanatlaydigan jismlarning massalariga teng.
Massa birliklari o`nlik sannoq sistemasining xona birliklari bilan mos qo`yiladi. 1 kg birlar bilan. 1 t minglar sinfi bilan mos qo`yiladi. Bir nomda ifodalangan massani boshqa nomdagi birlikka aylantirish katta xona birliklarini kichik xona birliklari bilan va kichik xona birliklarini katta xona birliklari bilan ifodalashga mos qo`yiladi.
M: 2000 kg=2 t. 30 s=3000 kg.
Ikkita turli nomda ifodalangan miqdorlar bir xil miqdorlarga aylantirilib, so`ngra o`nlik sannoq sistemasida natural sonlar ustidagi tegishli amallar bilan mos kelgan holda qo`shiladi va ayiriladi.
Masalan: 2 t +3146 kg 2 t =2000 kg.
2000 kg + 3146 kg = 5146 kg.

Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish