O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi


§. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi



Download 12,33 Mb.
bet139/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

4 §. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi.

Boshlang`ich sinflarda «Vaqt o`lchovlari temasini o`rganishda bolalar vaqt o`lchovining asosiy birliklari» haqida konkreti fikrlarga ega bo`lishlari kerak. Bular yil, oy, hafta, sutka, soat, minut. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarni vaqtini aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga, shuningdek, hodisaning qancha vaqt davom etganligini, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog`liq bo`lgan har xil masalalarni yechishda tabel – kalindardan foydalanishga o`rgatishdan iborat.


Ma'lumki vaqt o`lchovlari, o`lchovlarning metrik sistemasidan farqli o`laroq bevosita o`lchash imkoniyatini bermaydi. Bu hol turli ko`rsatma va ko`nikmalrdan keng foydalanish kerakligini ko`rsatadi. Bu tyemani o`rganishda quyidagi eng ko`p tarqalgan ko`rsatma qo`llanmalardan foydalaniladi:
1.Tabel – kalendar. Bu har bir o`quvchida bo`lish kerak. Joriy yil uchun bunday tabel – kalendarni o`quvchilarning o`zlari o`qituvchilar rahbarligida tayyorlaydilar.
2. Soatning demontstratsion modeli. Darslikda berilgan mashqlarning ko`pchilik bilan ishlashni talab qilganligi uchun har bir o`quvchi soat modellarini tayyorlangan bo`lishlari kerak.
3.«Maktab o`quvchisining kundalik rejimi» jadvalari. «Vaqt o`lchovlari» temasini o`rganish vaqtiga qadar o`quvchilar hafta bilan tanish bo`ladilar. Yildagi oylarning nomlarini va ularning kelish tartibini bilib olgan bo`ladilar. Bolalarda yig`ilgan bunday tasavvurlar boshlang`ich sinfda vaqt o`lchovlarini bilishga zamin bo`ladi.
Endi vaqt o`lchovlari bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalar qanday kiritilishi, bolalarda tegishli tushunchalarning shakllanishi nimaga asoslanishi masalani qarab chiqamiz. Berilgan tyemani o`rganishga bag`ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqida tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Bolalarni yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o`qituvchi tabel – kalendardan foydalanadi. Bolalar bir yilda 12 oy borligini o`zlashtiradilar va birdaniga davomiyligi bir xil bo`lgan oylarni ajratadilar, apryel, iyun, syentyabr, noyabr, 30 kundan qolgan 7 oy esa 31 kundan iborat.
Oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisi yilning fevrali esa 29 kundan iborat. O`quvchilar kalendardan oyning tartib nomerini aniqlaydilar. Agar oy va kun ma'lum bo`lsa, haftaning kunnini aniqlaydilar va aksincha, haftaning kunlari ma'lum bo`lsa, bu kun oyning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlaydilar va hakozo.
Tabel - kalendarning qanday tuzilganini qarab chiqqandan keyin bugungi kunni va haftaning shu kunigina bilgan holda o`quvchilarga mustaqil ravishda shu kalendar namunasida o`tayotgan oy uchun kalendar tuzishni topshirish foydalidir. Bunday ish bolalarning joriy yil kalendarini mustaqil tuzishlarini osonlashtiradi. Bolalar tuzilgan kalendar bo`yicha quyidagi savollarga javob beradilar:
- Bu yil 1 yanvar, 1 may, 7 noyabr haftaning nechanchi kuniga to`g`ri keladi?
- Yanvar, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda uchinchi bo`lib keluvchi oyning nomi nima?
- Yozgi ta'tillar 1 iyundan boshlanib, 1 syentyabrgacha davom etadi. Kalendardan bilingchi yozgi ta’tillar necha kun davom etarkan?
Bunday savolarni yana davom ettirish mumkin. Yilda oylarning kelish tartibini mustahkamlash maqsadga rim raqamlar (I-XII) yozish kiritiladi.
Sutka tushunchasi. Sutkaning bolalarga tanish bo`laklari bo`lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. Undan tashqarii vaqtinchalik ushbu ketma – ketlikka asoslanadilar: o`tgan kuni, kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin.
O`qituvchi yana tabel – kalendarni qarashga qaytib, bolalarga kalendardagi sanalar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirishi kerak.
Shundan keyin soat va minut qaraladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqida konkreti tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan, bir soat bitta dars bilan katta tanaffuzning davom etishidir. 1 minutning qancha davom etishini shaklantirish uchun shunday mashqlar kiritiladiki, bu mashqlar yordamida bolalar 1 minutda nima qilishga ulgurish mumkinligini bilib oladilar. Qaysi songacha sanay olasan? Nechta misol yecha olasan? O`rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin? va hakozo.
Mamlakatimiz hayotdan olingan misollar, zavod va fabrikalar 1 minutda, 1 kunda qancha mahsulot ishlab chiqishlari haqidagi son ma'lumotlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Soat va minut bilan tanishishga bag`ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o`lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: Bir sutka 24 soatdan, 1 soat 60 minutdan iborat.
Bu bosqichda soat bilan tanishtirish asosiy bo`lib hisoblanadi. Yuqorida aytilgandek, myehnat darslarida harakatlanadigan apryelkali sifyerblot yasash lozim. Sinfda katta demonapratsion model bo`lishi kerak. O`qituvchi bolalarga hamma soatlar shunday yasalganligini, ya'ni katta stryelka bir kichik chiziqchadan, ikkinchi kichik chiziqchadan 1 minutda o`tishini, katta chiziqdan kichik stryelka ikkinchi katta chiziqgacha 1 soatda o`tishini aytadi. Shuning uchun katta stryelka minut stryelkasi, kichik stryelkani esa soat strelkasi deyiladi. Shunday keyin o`qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdan boshlanishini aytadi. Bunday ikkala stryelka 12 ni ko`rsatadi.
«Vaqt o`lchovlari» tyemaisga doir masalalar tabel- kalendar va soat modeli yordamida yechiladi. Boshlang`ich sinflarda vaqtni hisoblashga doir quyidagi ko`rinishdagi masalalar qaraladi:
1. Hodisaning boshlanish va qancha davom etgani berilgan bo`lsa, uning tugash paytini topishga doir masalalar. Masalan: «Dars soat 11 da boshlanadi va 45 minut davom etadi. Soat modelida dars qachon tugaganini ko`rsating».
2. Hodisaning boshlanish va tamom bo`lish vaqtining berilishiga qarab, uning qancha davom etishni topishga doir masalalar. Masalan, «O`quvchi uyidan soat 8 –u 30 minut o`tganda chiqdi va maktabga 8 – u 50 minut o`tganda yetib keldi. O`quvchi yo`lda qancha minut yurganini soat modeli yordamida bil».
3. Keyinchalik o`quvchilar o`zlari uchun yangi vaqt birliklari – sekund va asr bilan tanishadilar. Syekundning davomiyligi haqida konkreti tasavvurga ega bo`lish uchun bolalar, masalan, 1 sekundda 1 - 2 qadam bosish ya'ni 1 metr o`tish mumkinligini aniqlashdi va hakazo.
Keyinchalik shunday mashqlar bajariladiki, ular yordamida vaqt o`lchovlari haqidagi bilimlar qo`llaniladi va puxta o`zlashtiriladi.
«Vaqt o`lchovlari» mavzusini o`rganish vaqt o`lchovlari jadvalini tuzi shva uni o`zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 kun 1 minut = 60 sekund.
Oddiy yil 365 kun, kabisa yili 366 kun.
Asosiy birliklar – yil va sutka. Darsni o`rganish jarayonida jadval bilan ishlash foydali. Bu jadval bo`yicha oylar haqidagi bolalarga ma'lum bo`lgan bilimlarni takrorlash mumkin, ya'ni oylar ketma - ketligi, har oydagi sutkalar soni haqidagi ma'lumotlarni takrorlash mumkin.
Bu mavzuga oid darslarda yirikroq vaqt o`lchovlarini maydaroq vaqt o`lchovlariga almashtirishga oid va aksincha mashqlarga katta e'tibor beriladi. Bir necha dars vaqt o`lchovlari qatnashgan ismli sonlarni qo`shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga bag`ishlanadi. Bunda hisoblashlar ismli sonlarni bir xil birlikka almashtirmay turib bajariladi:


12 soat 45 minut 48 minut 56 sekund
+ 10 soat 35 minut - 16 minut 32 sekund
22 soat 80 minut 32 minut 24 sekund
23 soat 20 minut



Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish