Raqamlardan foydalanib, turli xil 2 xonali sonlarni yozing. 57. Dars lavhasini tahlil qiling va quyidagi savollarga javob bering:
Darsning har bir bosqichida oqituvchi qanday metod va usullardan foydalanadi?
Darsda qanday oqitish vositalari qollanilgan?
Darsning tarbiyaviy maqsadini qanday ifolasha mumkin?
Mavzu. 21-100 sonlarni yozma nomerlash.
Darsning maqsadi: 1) 2 xonali sonlarni yozish konikmasini shakllartirish. 2) «I xona birligi», «II xona birligi» terminlari bilan tanishtirish.
I bosqich. Bosqichning masalalari: uy ishini tekshirish; 20 ichida sonlarni nomerlashni bilishga asoslangan sonlarni qoshish va ayirishni mustahkamlash; raqamlarni yozing orin qiymatlari prinsipini takrorlash. Uy vazifasi:
I II III
9-7=2 3+7=10 10+8=18
6-5=1 9-5=4 16-6=10
7-5=2 2+8=10 7+10=17
Doskada jadval.
Topshiriqlar. 1- ustun. Misollarning javoblarini ontaga orttiring. Qanday sonlarni hosil qildingiz? (12,11,12)
11 va 12 sonlarni jadvalga yozing? Oquvchilar navbat bilan doskaga chiqadilar u sonlarni yozadilar.
12 soni qanday raqamlar bilan yozilgan? 2 raqami nimani bildiradi? 1 raqami nimani bildiradi?
11 soni qanday raqamlar bilan yoziladi? birinchi onlik tomonda turgan 1 raqami nimani bildiradi? Ikkinchi orinda chap tomonda turgan 1 raqami nimani bildiradi?
2- ustun. Birinchi misollarni javobini 8 taga orttiring. Qanday son hosil qildingiz? Uni jadvalga yozing.
Ikkinchi misolning javobini o'ntaga orttiring. Qanday son hosil qildingiz? Ushbu son jadvalda bormi?
Uchinchi sonni 9 taga orttiring. Qanday son hosil qildingiz? Uni jadvaoga yozing.
3- ustun. Birinchi javobni 8 taga kamaytiring. Qanday son hosil qildingiz?
Uni jadvalga yozing. Ushbu sonning yozuvda 1 raqami nimani bildiradi?
Ikkinchi misolning javobini 4 taga orttiring. Qanday son hosil qildingiz? Uni jadvalgi yozing.
Jadvalga yozilgan barcha sonlar bir biriga nimalari bilan oxshashadi. (Ular hammasi bir onlikdan iborat, deb oquvchilar javob beradilar). Ular vazifani tekshirish sinfdagi ogzaki mashqlar bilan bogliq va yangi materialni organishda tayyorgarlik bolib hisoblanadi.
II- bosqich. Bosqichning masalalari: 2 xonali sonlarni yozish ko'nikmasini shakllantirish, «I xona birliklari», «II xona birliklari» tushunchalarini tushuntirish.
Ish uy vazifasini tekshirishda toldirilgan jadvallar bilan olib boriladi.
Oqituvchi «Onliklar» grafasini 1 raqamning orniga 3 raqamni yozadi. Oquvchilarga savollar: «Sonda nima o'zgaradi? Endi nechta onlik boldi? Bu sonni kim oqiy oladi?» Jadvallarning barcha sonlari bilan oxshash ish olib boriladi. Jadvalga yozilgan barcha sonlar nimalari bilan oxshaydi? (Ular hammasi onliklar u birliklardan iborat deb, oquvchilar javob beradilar.) Birliklarni «I xona birliklari», onliklarni esa «II xona birliklari», deb atash kerakligini oqituvchi aytadi. Oquvchilarga savol: «Qaysi sonlada I xona birliklari yoq?»
III- bosqich. Bosqichning masalasi: yangi tushunchalarni mustahkamlash.
A) Darslik bilan ishlash № 1 (117 – b). Jadvaldagi sonlarni o’qing. Ularning yozuvda 6 raqami 3 raqami 0 raqami nimani bildiradi? (O’quvchilar javob beradilar: «I xona birliklari», «II xona birliklari».)
B) Abak bilan ishlash, abakda 31,80,74,28 sonlarini ko’rsating.
V) 20 dan 31 gacha sonlar yozing har birini 20 taga kamaytiring. Topshiriq bajarilgandan keyin oquvchilar bilan suhbat otkaziladi. I-xonaninng 2 ta birligidan iborat bolgan sonlarni oqing. II xonaning 3 ta birligi bolgan sonlarni oqing. II xonali sonda nechta xona bor? Ularni ayting. 58. Xuddi shu mavzu «100 ichida sonlarni yozma nomerlash» boyicha keyingi dars ishlanmasini tuzing. (57 topshiriqqa qarang).
Darsning maqsadlari.1) 100 ichida sonlarni yozma nomerlashga doir bilimlarni mustahkamlash. 2) bir birlikda ifodalangan uzunlik o'lchovlarni boshqa uzunlik o'lchov birliklarida otkazishni takrorlash.
Dars tuzishda quyidagi rejada foydalaning. I - bosqich. Uy vazifasini tekshirish ogzaki hisobni otkazish bilan bogliq. Ushbu jarayonda o'n ichida sonlarni qoshish va ayirish malakalari takomillashtiriladi.
II- bosqich. Ikki xonali sonlarni oqish va yozish ko'paytmasi shakllanadi. Sonning xona tarkibi tushunchasi mustahkamlanadi. Qoyilgan masalalrga mos ravishda mashqlar bajariladi.
III- bosqich. Bir birlikda ifodalangan uzunlik olchovlarini boshqa uzunlik olchov birliklariga otkazish konikmasi mustahkamlanadi. Mashqlar bajariladi.
IV bosqich. Darsning berilgan maqsadlariga mos ravishda didaktik o'yin otkaziladi.
V- bosqich. Ikki xonali sonlarni oqish va yozish konikmasining shakllanganligini tekshirish maqsadida matematik diktantdan iborat bolgan mustaqil ish otkaziladi.