b) 376-375, 375-374, 374-373, 373-372. Berilgan ifodalarning o'xshash tomonlari nimada? Qanday xulosa qilish mumkin?
g) Nomalum sonni toping: x+384=9+384, 932+384=x+932.
d) Nomalum qoshiluvchini toping: x+20+9=829, 300+x+5=375.
76. Quyidagi keltirilgan misollarning qaysilarini o'quvchilar sonlarni nomerlashni bilishga asoslangan holda yechishlari mumkin? Javobingizni asoslang.
400+7 640+163 200+40 360-50
980-80 500-60 610+300 356-595
77. Sonlarni nomerlashni bilish asosida yechishlari mumkin bo'lgan qo'shish va ayirishga doir misollar tuzing. O'quvchilarning fikrlashlarini keltiring.
78. O'quvchilar darsda topshiriq bajardilar: «Sonlarni taqqoslang: 68
86, 72
62, 98
100, 48
38».
Topshiriqni tekshirishda o'quvchilarga qanday qo'shimcha savollar berish mumkin?
Masalan: 68 soni 86 sonidan nechta kam? 68, 86 sonlari qanday raqamlar bilan yozilgan? U va bu sonlarda 6 raqami nimani bildiradi?
3 xonali sonlar bilan shunga o'xshash topshiriqlar tuzing.
79. 3 xonali sonlarni nomerlashning quyidagi savollarini mustahkamlash uchun darsda qo'llash mumkin bo'lgan didaktik oyinlar tanlang: a) 3 xonali sonning tarkibi; b) raqamlarning o'rin qiymatlari; g) xona birliklarining mosligi; d) natural qatorda sonlarning hosil bo'lish prinsipi.
80. 3 xonali sonlarning «Nomerlash» mavzusida bir birlikda ifodalangan miqdorni ikkinchi birlikda ifodalangan miqdorga o'tkazishga doir mashqlar qanday rol o'ynaydi? Mos mashqlar misollarini keltiring. O'quvchilar ularni qanday bajarishlari mumkin?
81. «Minglik konsentridagi «Nomerlash» mavzusi bo'yicha nazorat ish tuzing. Har bir topshiriq bilan qanday bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishingizni tushuntiring.
1. 4. Ko'p xonali sonlarni nomerlashni o'rganish.
Mavzuni o'rganish masalalari:
1. «Minglik» konsentrida «Nomerlash» mavzusi bo'yicha shakllantirilgan bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash.
2. Sinf tushunchasini o'zlashtirish. Birliklar va mingliklar sinflarini ko'rib chiqish.
3. Ko'p xonali sonlarning o'nlik tarkibini o'zlashtirish. Ko'p xonali son tarkibidagi o'nliklar, yuzliklar, mingliklar miqdorini aniqlash ko'nikmasini shakllantirish.
4. Ko'p xonali sonlarni o'qish, yozish, taqqoslashni o'rganish.
5. 10, 100, 1000 sonlariga ko'paytirish va 10, 100, 1000 sonlariga bo'lish malakasini shakllantirish.
6. Ko'p xonali sonlarning natural qatorining hosil bo'lish prinsipini mustahkamlash.
7. Ko'p xonali sonlar ichida raqamlarning o'rin qiymatlari prinsipini mustahkamlash.
8. Bir birlikda ifodalangan miqdorni boshqa birlikda ifodalangan miqdorga o'tkazish ko'nikmasini shakllantirish.
Ko'p xonali sonlarni o'qish va yozish asosida sinf va xona tushunchalar bilan bog'liq bo'lgan ko'p xonali sonning tuzulishini o'zlashtirish yotadi. Asosiy etiborni «sinf» tushunchasiga qaratish kerak. O'quvchilarni berilgan tushuncha bilan tanishtirishda o'qituvchi tushuntirish metodidan foydalanadi. Bunda o'qitishning quyidagi ko'rgazmali qurollari qo'llaniladi: cho'tlar, xonalar va sinflar jadvali. «Sinf» tushunchasini mustahkamlashda sinflarni taqqoslashga, sonda raqamlarning miqdorini aniqlashga bir xil raqamlar bilan yozilgan sonlirning taqqoslash tahliliga doir mashqlar taklif qilinadi.
Sonlarning o'nlik tarkibini o'zlashtirish bo'yicha ishga katta etibor beriladi. «Yuzlik» va «Minglik» konsentrlarida boshlangan ushbu tushunchalarni o'rganish «ko'p xonali sonlar» konsentrida o'z yakunini topadi.
Ko'p xonali sonlarning o'nlik tarkibini (o'nliklar, yuzliklar, mingliklar, o'n mingliklar miqdori) aniqlash malakasi asosida bir birlikda ifodalangan miqdorni o'tkazishdagi bilimga yordam beruvchi 10, 100, 1000 ga ko'paytirish va bo'lish usullarini o'zlashtirish yotadi.
Kop xonali sonlarni nomerlashda raqamlarning orin qiymati prinsipini, hamda sonlarning natural qatorini tashkil bolish prinsiplarini kelgusida oz yechimini topishga xizmat qiladi.
Asosiy etiborni qiyin hollarga qaratish kerak: 9999+1, 5699+1, 10000-1, 89000-1.
Do'stlaringiz bilan baham: |