Boshlang’ich sinflarda ko‘p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish mеtodikasi
Yermanov Nurlan Akimbek o’g’li O’nliklarni ajratish o’nlik sanoq sistemasining xususiyatlari bilan sonlarni og’zaki va yozma nomerlash bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalarni o’rganishga imkon beradi. Birinchi o’nlikni o’rganishda predmetlarni sanash, 1–10 gacha bo’lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to’plamlari ustida operasiyalar bajarish asosida, so’ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o’rni bo’yicha sonlarning tarkiblarini) o’zlashtirib olish nazarda tutiladi. O’qitishning boshidanoq bolalarda ba’zi muhim umumlatirishlar shakllanadi.
Birinchi sinf darsligida oldin 11–20 ichida, so’ngra 21–100 sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o’rganishda ikkinchi o’nlikni ajratish sonlarning o’nli tarkibini varaqamlarning o’rin qiymati prinsipini yaxshi o’zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganish tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi.
SHundan keyin 11–20 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi, 21–100 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi o’rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o’quvchilarni tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunda bolalarga yangi sanoq birliklari o’nta birlik o’nlikni, o’nta o’nlik yuzlikni, o’nta yuzlik minglikni, yangi sinf tushunchasini kiritish o’rgatiladi.
III sinfda uch xonali sonlarni yozish va o’qishga doir bu sonlar sonlarning yuzliklardan, o’nliklardan va birlikdan hosil bo’lishiga doir uch xonali sonni o’nga qo’shiluvchilarning yig’indisi shaklida tasvirlashga doir mashqlar beriladi.
IV sinfda sinf tushunchasini kiritilib, ikki va yuz sinflar sonlarini og’zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o’zlashtirishga oid mashqlar beriladi.
Nomerlashni o‟rganishda ikki bosqich ajratiladi: 11–20 sonlarni va 21–100 gacha bo‟lgan sonlarni nomerlash.
20 gacha bo‟lgan (11–20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21–100) katta bo‟lgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga o‟xshash:
Nomerlashni o‟rganishda ikkinchi o‟nlikni ajratish sonlarning o‟nli tarkibini va raqamlarning o‟rin qiymati prinsipni yaxshi o‟zlashtirishga imkon beradi. 20 ichida so‟ngra 100 ichida sonlar bilan tanishtirish, ushbu reja asosida amalga oshiriladi. Oldin
tayyorgarlik;
og‟zaki;
yozma nomerlash o‟rgatiladi.
Ko‟p xonali sonlarni nomerlashni o‟rganishda o‟quvchining asosiy vazifasi yangi sanoq birligi-minglik tushunchasini tarkib toptirish, sinf tushunchasini mohiyatini ochish va shu asosda ko‟p xonali sonlarni o‟qish va yozishga o‟rgatish, bolalarning o‟nlik sanoq sistemasiga oid bilimlarini natural ketma-ketlikni, sonlarni yozishning pozision prinsipiga oid bilimlarini aniqlash va umumlashtirishdan iborat.
Ko‟p xonali sonlarni nomerlashni og‟zaki va yozma nomerlashni o‟rganish ishini bir necha bosqichga bo‟lish mumkin. I. Tayyorgarlik ishi. 14 Bu bosqichning vazifasi bir, ikki va uch xonali sonlarni nomerlashning asosiy masalalarini takrorlash. SHu maqsadda 3-sinfda ishlangan mashqlar sistemasidan foydalaniladi. SHu maqsadda 3-sinfda ishlangan mashqlar sistemasidan foydalaniladi.
28, 90, 99 sonlarining har biridan keyin keladigan sonni ayting.
25 dan 32 gacha, 243 dan 251 gacha, 987 dan 1000 gacha bittalab sanang. 30 dan 90 gacha, 250 dan 340 gacha 10 talab sanang.
Sonlarni o‟qing: 426, 803, 600, 111, 999, 1000, 528, 808. Bu sonlarning har birida hammasi bo‟lib qancha birlik, o‟nlik, yuzlik bor.
Quyidagidan iborat sonlarni yozing. 9 yuz 5 o‟n 6 birl, 8 yuz 4 bir, 5 yuz 9 o‟n 7 bir.
Mingda nechta yuzlik, o‟nlik va birlik bor? 6. 1, 3, 4 raqamlaridan foydalanib, mumkin bo‟lgan hamma uch xonali sonlarni yozing. Bu sonlarni xona qo‟shiluvchilari yig‟indisi shaklida ifodalang.
Bu bosqich bolalarni 1-sinf-birliklari sinfi va 2-sinf-mingliklar sinfi bilan ularning tuzilishlari, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishishdan iborat. SHuningdek, quyi sinf xona birliklaridan yuqori sinf xona birliklari qanday hosil bo‟lishini bolalar ongiga etkazish zarur. Bunda cho‟tlar, xonalar va sinflar jadvali asosiy ko‟rsatma quroldir. Tushuntirish, o‟rgatish ishini ming qanday hosil bo‟lishini takrorlashdan boshlanadi. SHuning uchun bolalarga masalan 995 sonidan boshlab bittalab qo‟shib sanashni taklif qilish mumkin.
O‟qituvchi yuzliklar solinadigan 3- simdagi 10 ta cho‟p donasini 4-simga qo‟yiladigan bitta dona-minglik bilan almashtiriladi. Hisoblashlar mingtalab bajariladi va o‟n mingliklar hosil qilinadi. Hisoblashlarni o‟n mingliklar bilan olib boriladi. 10 ta o‟n minglikni yuz mingliklar bilan almashtirib hisoblashlarni yuz mingliklar bilan olib boriladi va nihoyat 10 ta yuz minglikni million bilan almashtiriladi, so‟ngra birliklar, o‟nliklar va yuzliklar sinfini minglar, o‟n mingliklar va yuz mingliklar, minglar sinfini tashkil qilinishi jadval yordamida o‟rgatiladi.