1. 3. «Minglik» ichida sonlarni nomerlashni o'rganish.
Mavzuni o'rganish masalalari:
- O'quvchilarni yangi sanoq birligi- yuzlik bilan tanishtirish.
- «III xona birliklari» tushunchasini kiritish. O'nlik sanoq sistemasining qurilish prinsipini o'zlashtirish.
- 3 xonali sonlarni o'qish va yozishga o'rganish.
- 3 xonali sonlar ichida raqamlarning o'rin qiymatlari prinsipini mustahkamlash.
- 3 xonali sonlarni nomerlashni bilish asosida sonlarni qo'shish va ayirish ko'nikmasini shakllantirish.
- Bir birlikda ifodalangan miqdorni boshqa nomdagi birlikka o'tkazishda 3 xonali sonlarni nomerlashga doir bilimlarini qo'llashga o'rgatish.
O'nlik sanoq sistemasining qurilish xususiyatlari 2 xonali sonlarni o'qish va yozish ko'nikmasini 3 xonali sonlarga ham qo'llashda yordam berishdan iborat. Shuning uchun «Minglik» konsentridan sonlarni nomerlashni o'rganish masalalari «Yuzlik» konsentrida sonlarni nomerlashni o'rganish masalalariga ko'p jihatdan o'xshash. 3 xonali sonlarni nomerlashni o'rganishda o'quvchilar koproq mustaqil ishlashni nomoyon qilishlari uchun «Yuzlik» konsentrida nomerlashni o'rganishda o'tilgan masalalarni takrorlash kerak.
Topshiriqlar.
59. «Yuzlik» va «Minglik» konsetrlarida sonlarni nomerlashni o'rganishning izchilligini asoslang.
60. 3 xonali sonlarni nomerlashni o'rganishga otishda o'qituvchi o'quvchilarning qanday bilimlariga asoslanadi?
61. Yangi sanoq biligi yuzlik bilan tanishtirishda o'qituvchi qanday ko'rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin?
62. Rasm bo'yicha suhbat tuzing. Berilgan rasm bo'yicha darsning maqsadini ifodalang.
63. Quyidagi savollarni o'qituvchi o'quvchilarga qanday maqsadda berishi mumkin:
Yuzlikda nechta birlik bor? Ikkita yuzlikda-chi? Bitta yuzlikda nechta o'nlik bor? Ikkta yuzlikda-chi? Beshta yuzlikdachi? Minglikda nechta yuzlik bor?
Agar o'quvchilar savolga javob berishga qiynalishsa, o'qituvchi ushbu vaziyatda nima qilishi kerak?
64. «Matematika 3» darsligida «Nomerlash» mavzusining «Minglik» konsentrida qanday mashqlar sonlarning natural qatorda hosil bo'lish prinsipini mustahkamlashga qaratilgan? Darslikda ogzaki bajarish mumkin bo'lgan mos mashqlarni tanlang.Yozma bajarish mumkin bo'lgan oldingi konsentrlarning mashqlariga o'xshash bo'lgan mos mashqlarni mustaqil tuzing.
65. «Minglik» konsentrida sonlarni nomerlashni o'rganishda qanday yangi tushunchalar kiritiladi? Darslikda berilgan tushunchalarni mustahkamlashga doir mashqlarni toping.
66. Dars lavhasi bilan tanishing. O'qituvchi savollarni beradi, o'quvchilar javob beradilar. Berilgan darsda o'quvchilar qanday ilgari o'zlashtirgan savollarni takrorladilar? Darsning berilgan bosqichida o'qituvchi qanday didaktik masala qo'ydi? Qanday o'qitish metodlaridan foydalandi?
Doskada 52 soni yozilgan.
Doskada nima yozilgan: raqam yoki sonmi? (Son, raqam har doim 1 ta, son esa o'nliklar va birliklardan tuzilgan. 52 soni 5 va 2 raqamlari bilan yozilgan).
Har qanday ixtiyoriy son o'nliklar va birliklardan tuzilgan bo'ladimi? 1- sinfda qanday sonlarni o'rganganimizni eslang. (Bir xonali sonlarni. 52 bu 2 xonali son. Men 1,2,3
0 raqamlarini bilaman. Raqamlar 10 ta. Sonlar ko'p, lekin hammasini aytib bo'lmaydi. Raqamlar bular belgilar, ular yordamida biz sonlarni yozamiz.)
Faqat 4 raqamidan foydalanib, nechta son yozish mumkin? (Ko'p. 4, 44, 444, 4444 .)
53 va 35 sonlarining o'xshash va farq tomonlari nimada? (Ikkalasi ham 5 va 3 raqamlari bilan yozilgan, lekin birinchi holda 5 raqami o'nliklarni, ikkinchi holda esa birliklarni ifodalaydi.)
4 va 0 raqamlari yordamida qanday sonlarni yozish mumkin? (40, 400, 44 404
).
04 sonini yozish mumkinmi? (Yo'q. Agar oldindan nol turgan bolsa, demak o'nliklar xonasida o'nliklar yo'q, demak faqat 4 ta birliklar bor, bu esa bir xonali son. Uni faqat «4» deb yozish kerak).
2 xonadan iborat bo'lgan ixtiyoriy son ayting. (Bolalar 2 xonali sonlarni taklif qiladilar).
Eng katta 2 xonali son qaysi? (99).
Undan keyin qaysi son keladi? (100).
Uni ikki xonali son, deb atash mumkinmi? ( yoq yuzlik xonasi: bor).
Qarang, har bir juftlikda sonlar qaysi tomonlari bilan o'xshaydi va farq qiladi.
1 va 101 3 va 103 11 va 111
2 va 102 10 va 110 12 va 112
67. «Matematika 3» darsligida «Nomerlash» mavzusining «Minglik» konsentrida maqsadi 3 xonali sonda raqamlarning o'rin qiymatlari prinsipini o'zlashtirish bo'lgan mashqlarni toping. Ushbu topshiriqlardan qaysilarini turli xil usullari bilan bajarish mumkin?
68. Quyida keltirilgan topshiriqlarni o'quvchilarga qanday ketma- ketlikda bajarish maqsadga muvofiq? Javobingizni asoslang.
4 m 08 sm da nechta 8 m bor? 9 m 40 sm da-chi?
100+20, 300+80, 400+8, 900+40.
Bir bog'lamda 100 ta cho'p bor. 3 ta bog'lamda nechta cho'p bor? 4 ta bog'lamda chi? 9 ta bog'lamda-chi?
Do'stlaringiz bilan baham: |