O'qituvchi oquvchilar oldiga muammoli savol qoydi: «Qanday xulosa to'g'ri va nima uchun»? Ushbu ish qanday maqsadda berildi?
111. Oqituvchi oquvchilarga topshiriq berdi; «Murod, Sherzod va Ikrom berilgan kesmani olchadilar (8 ta katakdan iborat bolgan kesma individual kartochkada tasvirlangan). Natijada Murod 8 ni, Sherzod 4 ni, Ikrom 2 ni hosil qildi. Kim togri olchadi?».
Topshiriqning maqsadi nimadan iborat? Shu maqsadga oxshash topshiriqlar tuzing.
112. Uzunlik olchovi santimetr bilan tanishtirishdan oldin qanday tayyorgarlik ish olib borilishi kerak. Berilgan birlikni kiritishning zaruriyatini qanday asoslash mumkin?
113.Oquvchilarni chizgich bilan tanishtirishdan oldin qanday tayyorgarlik ishi olib borish maqsadga muvofiq? Uzunlikni olchash asbobi bilan tanishtirish jarayonini ifodalagan dars lavhasi tuzing. Chizgich bilan ishlayotganda o'quvchilarning etiborini nimaga qaratish kerak?
114. Maqsadi oquvchilarni yangi olchov birligi detsimetr bilan tanishtirish bo'lgan amaliy ish tuzing.
115. Metr bilan tanishtirishda qanday metod va usullarni foydalanish mumkin?
116. Ushbu topshiriq idrok qilishning qanday xususiyatlari bilan bogliq: «Qaysi kesma uzunroq»?.
Berilgan topshiriq bilan ishlash metodikasini tushuntiring. Ushbu topshiriqdan qanday maqsadda foydalanish mumkin?
117. Oqituvchi topshiriqni qanday maqsadda berdi: «Birinchi oquvchi sinf xonasining enini olchaganda 6 m 4 dm ikkinchi oquvchi olchaganda esa 64 dm chiqdi. Nima uchun javoblar har xil?».
118. O'qituvchi masofani ko'z bilan chamalash ko'nikmasini shakllantirish maqsadida topshiriq berdi: a) Stol uzunligi boyicha detsimetr necha marta joylashishini ko'z bilan chamalang; b) uzunligi 1 dm, 2 dm bo'lgan kesmalarni koz bilan chamalab chiqing. v) ipning, tasmaning, simning uzunligini ko'z bilan chamalab ayting.
Ushbu konikmaning shakllantirishning ahamiyatini asoslang. Shu maqsadda qo'llash mumkin bolgan topshiriqlarni tuzing.
119. Oqituvchi birinchi sinf oquvchilariga topshiriq taklif qildi: «2ta har xil kesma chizing ularning uzunligini o'lchang, taqqoslang va hosil bolgan sonlarni qo'shing. Berilgan topshiriqni metodik nuqtai nazardan baholang.
120. Kesmalarning uzunliklarini organishda oquvchilarga quvnoq masalalr berish tavsiya qiladi. Masalan: «Birinchi guruh o'zining maktab tajriba maydonini olchaganda har 2 metrdandan keyin 7 ta tayoqcha qoyib chiqdi, ikkinchi guruh esa, uzning maydonini olchaganda 13 ta tayoqchani har bir metrdan keyin qoyib chiqdi. Qaysi guruhning maydoni uzunroq?». Berilgan mavzu bo'yicha 1-4 sinflar uchun quvnoq masalalar toping.
121. Oqituvchi topshiriqni togri ifodaladimi: «Sonlarni taqqoslang: 76 va 40, 25 sm va 2 dm, 100 va 99, 5 dm va 1dm?».
122. Quyidagi topshiriqlarni oquvchilar nechanchi sinfda bajarishlari mumkin? Bunda qanday tayyorgarlik ish olib borish maqsadga muvofiq?
Miqdorlarni taqqoslang:
a)1 dm 1 m b) 3 dm 29 sm v) 7 dm 70 sm
1 m 15 sm 54 sm 5 dm 15 sm 2 dm
Darchaga son qoying:
A ) 8 sm = dm B) 1 dm 5 sm = sm
7 m = dm 1 m 7 dm = dm
50 sm = dm 51 sm = dm sm
Do'stlaringiz bilan baham: |