Mavzuni o'rganish masalalari. 1.Jismning massasi va idishlarning xajmi haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish. 2.Oquvchilarni massa olchov birliklari (kg, g, t, s) va ularning munosabatlari hamda xajm olchov birligi litr bilan tanishtirish.
3.Bir nomda ifodalangan massa birliklarini boshqa nomda ifodalangan birliklarga o'tkazish konikmasini shakllantirish.
4. 2 xil nomda ifodalangan massa birliklarini qoshish va ayirish hamda massani songa kopaytirish va bolish konikmasini shakllantirish.
Topshiriqlar. 132. Jismning massasi haqida tasavvurlarni shakllantirishda oqituvchi qanday xayotiy tushunchalarga tayanadi? Berilgan miqdorni o'zlashtirishning II va III bosqichlarida qollash mumkin bolgan jismlarning massalarini taqqoslashga doir topshiriqlar tuzing.
133. Massa o'lchov birligini kiritishning zaruriyatini qanday asoslash mumkin? 134. Bosh orinlarni toldirib uni qisqa yozing va masalani yeching.
135. Quyidagi rejadan foydalanib, jismning massasi. Massa o'lchov birligi kilogramm». (1- sinf) mavzusiga doir dars lavhasini tuzing.
Qoshish va ayirish hisoblash malakalarini mustahkamlash (ko'rgazmali qurol chizgichdan foydalanib).
Massalarni taqqoslashga doir mashqlarni bajarish jarayonida oquvchilarning massa haqidagi tasavvurlarni aniqlashtirish.
Tarozilar bilan tanishtirish va massalarni taqqoslashga doir turli mashqlarni bajarish.
Massa olchov birligini kiritish va jismlarning massalarini olchashga doir mashqlarni bajarish.
Massa o'lchov birliklarida ifodalangan miqdorlarni qoshish va ayirishga doir sodda masalalarni yechish.
Hisoblash malakalarini mustahkamlash shkalali tarozilardan foydalanib, mashqlarni bajarish). 136. «Matematika 1-4» darsligida massa o'lchov birliklarida ifodalangan miqdorlarni qo'shish va ayirishga doir sodda va tarkibli masalalarni toping. Ular bilan ishlash metodikasini tushuntiring. 137. O'quvchilar nechanchi sinfda massa olchov birligi gramm bilan tanishadilar? Hisoblash malakalarini mustahkamlash uchun bu yangi o'lchov birligi bilan tanishishdan qanday foydalanish mumkin? Darslikdan mos topshiriqlarni tanlang va hisoblash malakalarini mustahkamlash maqsadida topshiriqlarni mustaqil tuzing. 138. 3- sinfda oquvchilar massaning yana qanday yangi olchov birliklari bilan tanishdilar? «Matematika 3» darsligida bir o'lchov birligiga ifodalangan massani boshqa o'lchov birligiga o'tkazishga doir mashqlar toping. Ushbu mashqlarni bajarishda oquvchilarning fikrlashlarini keltiring. 139. Bir o'lchov birligida ifodalangan massani boshqa olchov birligiga otkazishga doir mashqlarni bajarishda oquvchilarning qanday bilim va ko'nikmalari mustahkamlanadi? Javobingizni asoslang. 140. «Matematika 3» darsligida tarozining shkalali tasviridan foydalanib tenglama tuzish orqali yechish maqsadga muvofiq bo'lgan masalalarni toping. Ular bilan ishlash metodikasini tushuntiring. 141. 2 xil nomda ifodalangan massa o'lchov birliklarini qo'shish va ayirishga doir topshiriqlarni bajarishda oquvchilarning fikrlarini keltiring. «Matematika 3-4» darsligidan mos topshiriqlarni toping. 142. 2 xil nomda ifodalangan massa o'lchov birliklarini songa kopaytirish va bolishga doir topshiriqlarni bajarishda oquvchilarning fikrlarini keltiring. «Matematika 3-4» darsligidan mos topshiriqlarni toping. 143. «Matematika 4» darsligida o'quvchilar mashqlar bajarish jarayonida massa o'lchov birliklarining munosabatlariga doir - bilimlarini mashqlarni toping. 144. Quyidagi rejadan foydalanib, 1- sinfdagi «Litr» mavzusi bo'yicha dars lavhasini tuzing:
1) Tasvirdagi suyuqlikning hajmini aniqlash.
2) Suyuqlik hajmini taqqoslash uchun turli xil o'lchovlardan foydalanish.
3) Suyuqlik hajmining o'lchov birligi litr bilan tanishtirish.
4) Hajm o'lchov birligidan foydalanib, amaliy masalalar yechish.