219. Nima uchun «100 ichida qo'shish va ayirish» mavzusi 30+20, 40-10 korinishdagi hollarni ko'rib chiqishdan boshlanadi? Bu nimaga asoslangan?
220. 30+20, 40-10 hollari uchun hisoblash usullari bilan tanishtirishga tayyorlaganda quyidagi keltirilgan mashqlardan qaysilarini o'quvchilarga taklif qilish maqsadga muvofiq? Javobingizni asoslang.
Ikkita qo'shiluvchi yigindisi ko'rinishida 57, 84, 75 sonlarini tasavvur qiling.
- Ontalab sanang;
- Birinchi va ikkinchi qatorlarining sonlarini taqqoslang;
1 2 3 4 5 6 7 8 9
10 20 30 40 50 60 70 80 90
- Misollarni yeching;
4+2 7+2 6+3 8-5
5-3 9-3 9-4 7-3
- Bir qutida 10 ta qalam. Ikkita (onta) qutida qalamlar nechta?
- Javobini ayting:
19+1 18-1 74+1 90-1
27-1 30-1 79+1 70-1
221. 30+24 hollarini organishga tayyorgarlik bosqichida quyidagi
25+3 keltirilgan mashqlardan qaysilarini qo'llash maqsadga muvofiq? Nima uchun?
- Sonlarni xona qo'shiluvchilar yigindisi bilan almashtiring:
85= + 94=
47= 63=
- Amallarni bajaring:
40+10= 20+7= 50+8=
7+3= 5+4= 6+4=
- O'ntalab sanang.
- Qulay usul bilan yeching.
(50+4)+3= 40+(20+8)=
- Sonlarni taqqoslang: 37 va 73, 84 va 48.
- Natijani hisoblang:
25+4= 84+20= 54+30= 80+14=
Ushbu hisoblash usuli bilan oquvchilarni tanishtirishga tayyorlaydigan mashqlarni darslikdan tanlang yoki tuzing. 222. 100 ichida qo'shish va ayirishning hisoblash usullarini tushuntirishda alohida va ontalik kubiklar qutilaridan korgazmali qurol sifatida foydalanish mumkin. Qutilarning har birida 10 tadan kubik bor; har bir kubikning alohida belgisi bor. 100 ichida qo'shish va ayirishning turli hollarini namoyish qilish uchun 20 ta alohida kubiklar va har biri 10 ta kubikdan iborat bolgan 10 quti bolishi kerak. Kubikning qirralari 3-4 sm, kubikning olchami 3x3x30 sm. bunday korgazmani faqat kichik o'lchamda, har bir oquvchiga tayyorlash mumkin.
Berilgan korgazma bilan ishlashni tushuntiring 34+20, 34+2
ko'rinishdagi hollar uchun hisoblash usulini tushuntirishda yana qanday korgazmalar turlaridan (predmetli, tasviriy, sxematik) foydalanish maqsadga muvofiq?
223. Oqituvchi yigindidan sonni ayirish xossasi bilan tanishtirganda namoyish korgazmali qurollardan yani har xil rangdagi doirachalardan (4 ta qizil, 3 ta kok) foydalandi. Berilgan korgazmali materiallar bilan ishlash metodikasining ikkita variantini ko'rib chiqing. Ularning farqi nimada? Siz qaysi variantni tanlagan bolar edingiz? Nima uchun?
I-variant. Doskada (4+3)-2 ifodasi. Uning tagida 4 ta qizil va 3 ta kok doira. Oqituvchi sinfga savol beradi:
- Yigindidan sonni qanday ayirish mumkin? (Oquvchi 3 va 4 sonlarining yigindisini topib, 2 ni ayirish kerak, deb javob beradi).
- Yigindidan sonni ayirish usulini doiralarni qollash orqali korsating. (O'quvchi 3 ta doirada 4 tani yaqinlashtiradi, keyin 2 tasini olib qoyadi).
4 va 3 sonlarining yigindisidan 2 sonini yana qanday ayirish mumkin? (Oquvchi 2 ta qizil doirani qoyib 3 ta ko'k doirani yaqinlashtiradi. Yozadi: 4+(3-2)=.
II- variant. Doskada (4+3)-2 ifodasi. Uning tagida 4 ta qizil va 3 ta ko'k doira. Oqituvchi sinfga savol beradi:
- Yigindidan 2 sonini qanday ayirish mumkin? (O'quvchi 4 va 3 sonlarining yigindisini topib, 2 ni ayirish kerak, deb javob beradi).
- Berilgan usulning bajarilishini doiralar yordamida korsating. (Oquvchi 3 ta kok doiraga 4 tani yaqinlashtiradi va ularni agdaradi (orqa tomoni qizil). 4 va 3 sonlarining yigindsi 7 ga teng ( hamma 7 ta doira qizil). Keyin o'quvchi ixtiyoriy 2 ta doirani olib qoyadi.
- 2 sonini yana qanday ayirish mumkin? (Oquvchi 3 ta kok doirani olib qo'yadi, qolgan 2 ta qizil va 3 ta ko'k doirani yaqinlashtiradi).