191. +2 yoki + 3 jadvalli hollariga doir bilimlar mustahkamlash uchun ko'rgazmali qurol sifatida chizgichdan qanday foydalanish mumkin?
192. Qoshish va ayirishga doir misollarni yechishda oquvchilar ko'pincha xatoga yol qo'yadilar: to'gri javobga nisbatan ortiq yoki kam natija oladilar. Masalan:
7+2=8 9-3=7. Berilgan xatoning sababi nimada? Ularning oldini qanday olish mumkin?
193. Berilgan 3 ta son yordamida 4 ta misol tuzing va uni yeching. (4,5,7.)
194. 4 ni qoshish va ayirishni organishning qaysi bosqichda quyida keltirilgan mashqlardan foydalanish mumkin? Javobingizni asoslang.
1. Javobi 4 chiqadigan turli xil misollar tuzing.
2. Natijani hisoblang:
9+1= 6+2= 8-2=
10-1= 7+3= 4+2=
3. Qisqa misol bilan almashtiring:
6+2+2= 6-2-2=
7+3+1= 7-3-1=
Har bir misolda qanday sonni qoshdik (ayirdik)?
4. 8 ta kitobdan 2 ta kitob olindi. Hammasi bolib nechta kitob olindi?
5. 4 ta olmaning oldiga 3 ta va yana 1 ta olma qoyishdi. Hammasi bo'lib nechta olma qo'yishdi?
195. + 4 holini korib chiqishda bo'laklab qoshish usuli qollaniladi. + 4 jadvalini tuzish bo'yicha eng qulay usulni topish uchun darsning qaysi bosqichida qanday didaktik materiallardan foydalanish mumkin?
Sxemali rasmni ko'rib chiqing va mos mashqlarni tuzing.
196. Matematik diktantining maqsadi qanday? (oquvchilar daftarlariga faqat javoblarini yozadilar).
6 qo'shilgan 4;
5 va 4 sonlarining yigindisini toping;
2 ni 4 ta orttiring;
9 ni 4 ta kamaytiring;
7 chiqishi uchun 3 ga qanday sonni qoshish kerakligini yozing;
Dilshod 10 ta baliq tutdi, 4 tasini o'rtogiga berdi. Uning nechta baligi qoldi?
Shu maqsadda qollash mumkin bolgan matematik diktantni mustaqil tuzing.
197. Qoshish va ayirish jadvallariga doir bilimlarni mustahkamlash uchun musobaqa- o'yinidan foydalanish mumkin. Shu maqsadda ifodalar yozilgan jadvalni va javoblari bilan kartochkalar tayyorlash kerak. Oynayotgan oquvchilar misollarni oqiydilar va togri javobni topadilar. Javoblarni togri va tez topgan guruh yutadi. Darsda qo'shish va ayirish jadvalini bilishni mustahkamlaydigan yana qanday didiaktik oyinlardan foydalanish mumkin?
198. Qoshish va ayirish jadvalini ozlashtirishning o'z-ozini nazorat qilish uchun oquvchilarga kartochkali mashqlarni taklif qilish mumkin. Kartochkaning bir tomoniga yigindining yoki ayirmaning ifodasi, ikkinchi tomoniga esa ifodaning qiymati yozilgan. Oquvchi kartochkani olib ifodani oqiydi va javobini aytadi. Agar javobi togri bolsa va oquvchi kartochkaning orqa tomoniga qarab, ishonch hosil qilsa, u kartochkani bir tomonga, agar noto'gri bolsa, ikkinchi tomonga qoyadi. Keyin oquvchi yechishda xatoga yo'l qoygan kartochkalar bilan mashqni takrorlaydi. Berilgan topshiriqni oquvchilar uyda mustaqil bajarishlari mumkin. Berilgan didaktik materialni darsda qanday qollash mumkinligini tushuntiring.
199. Nima uchun + 5, + 6, + 7, + 8 hollari uchun «bolaklab qoshish» emas, qoshiluvchilarning o'rnini almashtirish usulidan foydalanish qulayroq? 1+8, 3+7, 4+5 ifodalarning qiymatlarini topishda o'quvchilarning mumkin bolgan fikrlarini keltiring. Qoshilishning berilgan hollari uchun «bo'laklab qoshish» usulidan foydalanish mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |