O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi



Download 12,33 Mb.
bet163/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

Qo’shish va ayirish.


«Qo’shish va ayirish» mavzusi «O’nlik», «Yuzlik», «Minglik», «Ko’p xonali sonlar» konsentrlari bo'yicha alohida o'rganiladi. Bu o’quvchilarga ilgari o'zlashtirilgan hisoblash usullarini sonlarning kengroq sohasiga hamda hisoblash malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish bo'yicha ishni uzluksiz olib borishga imkon beradi.
Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishda oldin o’quvchilar ongiga uning ma’nosi va mazmuni yetkaziladi. Bu ish narsalarning har xil to’plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o'tkaziladi. Xususan, o’quvchilarni qo’shish va ayirish amallarining ma’nosi bilan tanishtirish 2 ta to’plam elementlarini birlashtirish va berilgan to’plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar asosida olib boriladi. Qo'shish va ayirish mavzusida amallar hadlari va natijalarining nomlari bilan tanishishda va ular orasidagi bog'liqlikni anglashga hamda arifmetik amallarning xossalarini o’zlashtirishga alohida o’rin beriladi.


3.1. 10 ichida qo’shish va ayirish.


Mavzuni o'rganish masalalari.
- Hisoblash usullari bilan tanishish hamda qo’shish va ayirish jadvallarini tuzishda ularni qo'llash ko’nikmasini shakllantirish.
- 10 ichida sonlarning tarkibini o’zlashtirish bilan uzviy bog’liqlikda qo'shish va ayirish jadvallarini yod olish. 10 ichida qo’shish malakalarini shakllantirish.

Mavzuning asosiy masalalarini yechish nazariy bilimlarni o'zlashtirish bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi. Ular quyidagilardan iborat: qo'shish va ayirish arifmetik amallarining ma’nosi, qo’shish amallarining o'rin almashtirish xossa, amallarning hadlari va natijalarining nomlari hamda ular o’rtasida bog’liqlikni o'rnatish, yig’indini va ayirmani ifoda tarzida qarash.


10 ichida qo'shish va ayirishning hisoblash usullari bilan tanishish metodikasi quyidagi sxemada o’z aksini topgan:

Har bir hisoblash usulini shakllantirishda quyidagi bosqichlarga amal qilish maqsadga muvofiq:


I-usul bilan tanishishda tayyorgarlik ishi;
II-hisoblash usulini tushuntirish va o'zlashtirish;
III-qo'shish va ayirish jadvallarini tuzish;
IV-turli xil mashqlarni bajarish va jadvallarni yodlash jarayonida hisoblash malakalarini shakllantirish.
Qo’shish amalining o’rin almashtirish xossasi bilan tanishtirishda in duksiya metodi qo'llaniladi. Aniq misollar juftlarini taqqoslab ko’rgazmali qurollardan foydalanib o’qituvchi o’quvchilarni quyidagi xulosaga keltiradi: qo'shiluvchilarning o'rni almashgani bilan yig’indi o’zgarmaydi.
Yig’indi va qo'shiluvchilar o'rtasidagi bog’liqlik «Noma’lum qo'shiluvchini topish» mavzusida qaraladi. Aniq narsalar to’plamlari (namoyish va individual ko'rgazmali qurollar) bilan amallar bajarib o'quvchilar mustaqil quyidagi xulosaga ega bo'ladilar: agar 2 ta qo’shiluvchining yig’indisidan ularning birini ayirsak u holda 2 chi qo’shiluvchini topamiz: ( induksiya metodi: to’liqsiz induksiya)

3 ?



Matematik termenologiyasini o’zlashtirish metodikasining asosida doimo mashqlarni sistematik bajarish bilan bog’liq holda o’qituvchi va o'quvchilarning nutqida uni qo'llash yotadi.
«Ifoda» termini dasturga mos ravishda II- sinfda kiritiladi, lekin ushbu yo’nalish bo’yicha tayyorgarlik ishi I-sinfda olib boriladi.
Yig’indi va ayirmaning 2 xil yozuvi turli xil mashqlar jarayonida asta – sekin o'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladi.
3+4=7 7-4=3
3- birinchi qo’shiluvchi 7- kamayuvchi
4- ikkinchi qo'shiluvchi 4- ayiriluvchi
7- yig’indi 3- ayirma
«3+4»- yig’indi «7-4»- ayirma



Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish