3- usul ham xuddi shunday bajariladi.
224. 45+4=(40+5)+4=40+(5+4)=49 hisoblash usulining asosida qanday xossa yotadi? Qanday bilim, ko'nikma va malaklar berilgan usulning asosi hisoblanadi?
225. 30+24; 25+3 hollari uchun hisoblash usulini mustahkamlash uchun o'qituvchi quyidagi topshiriqlardan foydalandi:
1. Misolning yechilishini tushuntiring.
63+7=(60+3)+7=60+(3+7)=70
2. Misolni tushuntirish bilan yeching: 58+2, 40+26.
3. Misollarni yeching:
24+6= 40+38=
38+20= 35+14=
4. Namunadan foydalanib, hisoblashlarni tugating;
73+7=80 62+8=__ 32+6= _
3 +7=10 2+ = . . . .
70+10=80 . . . . . . . .
Shu maqsadda yana qanday topshiriq turlaridan foydalanish mumkin?
226. Quyidagi mavzu bo'yicha «Qoshish va ayirish. 30+24; 24+30» mavzusining yangi materialini tushuntirishga doir dars lavhasini tuzing.
1) Ogzaki mashqlar.
2) O'quvchilarni yangi materialni organishga tayyo1rlaydigan mustaqil ish.
3) Yangi mavzuni o'rganish (ko'rgazmali qurollar bilan ishlash, darslikda berilgan rasmni tahlil qilish).
4) Yangi mavzuni mustahkamlash (mos mashqlar).
Darsda oqituvchi rahbarligidagi ish va oquvchilarning ishi qo'llaniladi.
Tuzilgan darsni unda qollanilgan oqitishning metod va usullari nuqtai nazaridan taxlil qiling.
227. Yangi mavzuni organishga doir dars lavhasini tuzing. Mavzu «Yigindidan sonni ayirish». Quyidagi reja tavsiya etiladi:
1. Ogzaki hisob. 100 ichida qo'shish va ayirishning hisoblash malakalarini mustahkamlash.
Yangi mavzuni tushuntirish. O'qitishning korgazmali metodini (namoyish materiali va darslikdagi rasm bilan ishlash) va suhbatni qollash mumkin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida misollarni usullar bilan yozadilar.
Berilgan xossaga doir bilimlar quyidagi misollarda mustahkamlanadi: (6+3)-2= , (6+4)-2= , (10+4)-5= .
Oquvchilarning mustaqil ishi.
228. 36-20; 36-2 hollari uchun hisoblash usulini organishdan oldin oqituvchi jadvalli qoshish va ayirishni, sonni qo'shish va ayirishni takrorlashni rejalashtiradi. O'qituvchining rejasini toldiring va mos mashqlar tanlang.
229. 36-20; 36-2 hollari uchun hisoblash usulini shakllantirishning qanday bosqichida har bir topshiriqni taklif qilish maqsadga muvofiq?
1. Misollarni va ularni yechish usullarini tanlang: 45+3= , 45-3=.
2. Misollarni yeching:18+30, 42+50, 25+4, 39-7, 18-20, 45-30
3. Xona qo'shiluvchilar yigindisi bilan almashtiring.28= , 34= , 99= , 86= ,.
4. Qulay usul bilan yeching: (30+6)-4= , (50+6)-30= .
5. Yechimini tushuntiring: 84-40=(80+4)-40=(80-40)+4=44.
6. Namuna boyicha amallarni bajaring:
94-50=__ 87-40=__
90-50=
40+4= ...
230. 30-8, 40-7, 50-6 hollari uchun hisoblash usulining xususiyati nimada?
Ushbu hisoblash usuli bilan tanishtirish tayyorgarlikda oquvchilarga qanday mashqlarni taklif qilish maqsadga muvofiq?
Quyidagilardan foydalanib, shu maqsadda topshiriqlarni tanlang.
A) Qo'shishning korgazmali vositalari;
B) Yechishning berilgan namunasi;
D) Misollarni tushuntirish bilan yeching;
231. O'qituvchi oquvchilarga topshiriq taklif qildi: «45-30, 45-3, hollari uchun hisoblash usullarining o'xshash va farq tomonlari nimada?» Topshiriq qanday maqsadda berilgan? Agar o'quvchilar topshiriqning savollariga javob berishga qiynalishsa, siz qanday suhbat o'tkazgan bolardingiz?
232. 100 ichida qo'shish va ayirishning hisoblash usullarini shakllantirishda qanday misollarni taqqoslash maqsadga muvofiq? Nima uchun? 67-4, 67+4, 67+20, 67-40, 67+2.
233. Bolalarga topshiriq taklif qilindi: Misollarni 2 ta ustunga yozing. Har bir ustundagi misollar yechish usuli bilan o'xshash bolsin. Ushbu misollarni yeching:
58+2 46-30 58+20 36+20
60-20 41+7 19-5 70-8
Bu topshiriq qanday maqsadda berilgan?
234. «Songa yigindini qoshish» mavzusi bo'yicha yangi mavzuni organishga doir dars lavhasining 2 ta varianti bilan tanishing. Birinchi yoki ikkinchi variantni tanlashning asosi bo'lib nima xizmat qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |