O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet512/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Silga qarshi II guruh vositalari 
(Sintetik vositalar) 


- 892 -
Etambutol (diambutol, miambutol) yuqori darajada silga qarshi faollikka 
ega. 
Eksperimental 
tadqiqotlar 
natijasiga 
ko‘ra enteral qo‘llaganda 
etambutolning faolligi izoniazidnikiga teng. Boshqa mikroorganizmlarga ta'sir 
etmaydi. Etambutolning ta'sir mexanizmi hujayra qobig‘inining sintezini 
susaytirish bilan bog‘liq deb hisoblashadi. Mikobakteriyalarning etambutolga 
chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi. 
MITdan dori vosita to‘liq bo‘lmasada (tahminan ¾ qismi) bakteriostatik 
ta'sir etish uchun yetarli miqdorda so‘riladi. 
Asosan buyrak orqali 1 sutka davomida ajraladi. Peshobda o‘zgarmagan 
etambutol va uning metabolitlari aniqlanadi. Ularning kamroq qismi ichak orqali 
ajraladi. 
Etambutolni silning har-xil shakllarida, odatda boshqa dori vositalar bilan 
birgalikda (masalan, rifampitsin + etambutol + izoniazid; rifampitsin+etambutol; 
izoniazid+etambutol) qo‘llaniladi. 
Etambutolning noxush ta'sirlari sifatida ko‘rishning buzilishi eng xos 
hisoblanadi (Shu jumladan, rang ajratish, ayniqsa, yashil va qizil ranglarni). 
Agar ko‘z nervining yallig‘lanishi boshlansa bu asorat og‘ir kechadi. 
Ko‘rishning buzilishlari odatda etambutol bilan davolash boshlangandan 2-6 
oydan keyin yuzaga chiqadi va dori vositaning dozasiga bog‘liq. O‘z vaqtida 
dori vositani qabul qilish to‘xtatilsa ko‘rish asta-sekin tiklanadi. Etambutol bilan 
davolashda ana Shunday asorat yuzaga chiqish ehtimoli mavjudligidan ko‘zning 
funksiyasini muntazam nazorat qilib turish lozim. Etambutol ta'sirida allergik 
reaksiyalar kamdan-kam bo‘ladi. 
Etionamid (tionid, trekator)ning ta'sir spektri sil mikobakteriyasi va 
moxov qo‘zg‘atuvchisi bilan cheklangan. Unga sil mikobakteriyasi tez ko‘nikish 
(chidamlilik) orttirganligidan uni har doim boshqa dori vositalar bilan qo‘shib 
ishlatiladi. 
MIT dan yaxshi so‘riladi. Etionamid GEB dan yaxshi o‘tadi. Jigarda tez 
parchalanib faolsizlanadi va peshob tarkibida asosan metabolitlar tarzida 


- 893 -
ajraladi. Dori vosita ichishga va rektal kiritishga tavsiya etiladi. Tomirga kiritish 
uchun etionamid gidroxloridini qo‘llashadi. 
Etionamid 
tez-tez 
noxush 
ta'sirotlar 
rivojlantiradi. 
Mahalliy 
ta'sirlantiruvchi xossasi unda juda kuchli. Shu sababli ichilganda, tahminan 50% 
bemorlarda, dispepsiya (ba'zan og‘ir kechadi) rivojlanadi. Ularni kamaytirish 
uchun nikotinamid beriladi. Shu bilan bir qatorda allergik reaksiyalar ham 
uchraydi. Ba'zida gepatit, ortostatik kollaps, periferik va markaziy nerv 
sistemasida buzilishlar va boshqa noxush ta'sirotlar rivojlanadi. 
Pirazinamid (treventiks) etionamidga o‘xshash dori vosita. U kam 
zaharroq ekanligi xaqida ma'lumotlar mavjud. Pirazinamid tuberkulostatik (sil 
qo‘zg‘aiuvchini rivojlanishini to‘xtatish) faolligi bo‘yicha PASKdan ustun 
bo‘lsa ham, izoniazid, rifampitsin va streptomitsindan kuchsizroq. Boshqa 
mikroorganizmlarga ta'sir etmaydi. Faqat pirazinamidni o‘zini qo‘llaganda sil 
mikobakteriyalarining unga chidamliligi tez rivojlanadi. 
MITdan 
yaxshi 
so‘riladi. 
Gematoensefalik 
barerdan 
o‘tadi. 
Pirazinamidning asosiy mqdori va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. 
Boshqa dori vositalar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Pirazinamidni kuniga 3-4 
martadan enteral qo‘llashga (ichishga) beriladi. Noxush ta'sirotlardan eng 
jiddiysi gepatotoksikligidir. Shu sababli pirazinamidni qo‘llaganda jigar 
funksiyasini muntazam nazorat qilish darkor. Jigar funksiyasining buzilishi dori 
vositani qo‘llashni to‘xtatishga asos bo‘ladi. Ko‘pgina bemorlarda dispeptik 
o‘zgarishlar ham kuzatiladi. Pirazinamid ta'sirida organizmda peshob kislotasini 
to‘planib qolishi podagra xastaligi xurujlarini rivojlanishiga olib keladi. Allergik 
reaksiyalar rvojlanishi mumkin (istmalash, dermatitlar, eozinofiliya va 
boshqalar) 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish