O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet513/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   509   510   511   512   513   514   515   516   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Antibiotiklar 
Sikloserinni turli turdagi aktinomitsitlar ishlab chiqaradi. Sintetik yo‘l 
bilan ham olingan.


- 894 -
Keng ta'sir spektriga ega. Dori dori vositasi sifatida sikloserinni D-izomeri 
ishlatiladi. Hujayra tashqarisida va hujayra ichkarisida joylashgan sil 
mikobakteriyasiga qarshi eng samarador (faolligi bo‘yicha izoniazid, 
rifampitsin, streptomitsindan kuchsizroq). Boshqa mikroorganizmlarga katta 
konsentratsiyada ta'sir ko‘rsatadi. Hujayra devori sintezini buzib sikloserin 
bakteriotsid ta'sir etadi. Sikloserin kimyoviy tuzilishi jihatdan D-alaninga 
o‘xshash bo‘lganidan raqobatdoshlik asosida D-alaninratsemaza va D-
alaninsintetaza fermentlarni faolligini susaytiradi (ingibitsiyalaydi). Natijada 
ko‘pgina bakteriyalar hujayra devorini tuzilishi uchun zarur bo‘lgan D-alanil-D-
alanin dipeptidini hosil bo‘lishi buziladi. 
Sil mikobakteriyasini sikloseringa chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi. 
MIT dan yaxshi so‘riladi. Orqa miya suyuqligiga (likvor) oson o‘tadi, undagi 
dori vositaning konsentratsiyasi qon zardobidagiga yaqin. Kiritilgan 
sikloserinning tahminan 1/3 kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Dori vosita 
buyrak orqali ajraladi (1 sutka davomida tahminan 50 %). 
Sikloserinni qo‘llashga ko‘rsatma bu boshqa silga qarshi vositalarni 
ko‘tara olmaslik yoki ular samarasiz bo‘lgan holatlardir. I va II-guruh dori 
vositalar bilan sikloserinni birgalikda qo‘llash eng yaxshi natija beradi. Dori 
vosita enteral qo‘llaniladi (ichish tavsiya etilgan). 
Sikloserinni qo‘llaganda tez-tez noxush ta'sirotlar yuzaga keladi. Asosan 
bular asab-ruhiy buzilishlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, tirishish, 
qo‘zg‘olish yoki depressiv psixozlar, ba'zida dispepsiya kabi buzilishlar 
kuzatiladi. Allergik reaksiyalar juda kam bo‘ladi. 
MNS funksiyalarini buzilishlarini bartaraf etish uchun piridoksin, 
glyutamin kislotasi, ATF dori vositalari kiritiladi. 
Kanamitsinni Streptomyces Kanamyceticus ishlab chiqaradi. Dori vosita 
aminoglikozidlar guruhidagi antibiotiklarga mansub. Sulfat shaklida chiqariladi. 
Kanamitsin keng antibakterial ta'sir spektriga ega. Jumladan sil 
mikobakteriyasi, ko‘pgina grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga halokatli 


- 895 -
ta'sir ko‘rsatadi. Streptokokklar (enterokokklardan tashqari), pnevmokokklar 
ularning ta'siriga kam sezgirlar. U ko‘k yiring tayoqchasi, anaeroblarga, 
spiroxetalarga, patogen zamburug‘larga va haqiqiy viruslarga ta'sir etmaydi. 
Uning antimikrob ta'sir mexanizmi bakteriyalarda oqsil sintezini susaytirishi 
bilan bog‘liq. Kanamitsin bakteriostatik hamda bakteriotsid ta'sirga ega. 
Bakteriyalar kanamitsinga tez turg‘unlik orttiradilar. MIT dan dori vosita juda 
oz miqdorda so‘riladi, rezorbtiv ta'siridan foydalanish uchun prerapatni mushak 
ichiga kiritiladi. Shu yo‘l bilan qo‘llanganda qon zardobida dori vositaning 
maksimal konsentratsiyasi tahminan 1 soatdan so‘ng aniqlanadi. Antibakterial 
ta'siri 6-12 soatgacha saqlanadi. GEB dan kanamitsin amaliy jihatdan o‘tmaydi. 
Buyrak orqali ajraladi. 
Tibbiyot amaliyotida kanamitsin II-guruh silga qarshi vositalar dori 
vositalari sifatida, hamda grammanfiy mikroorganizmlar (ichak tayoqchasi, 
kapsulali bakteriyalar va boshqalar), protey, tilla stafilakokk va boshqa 
kanamitsin ta'siriga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar bilan chaqirilgan 
infeksiyalarda qo‘llaniladi. Boshqa antibiotiklarning samarasiz ekanligi 
kanamitsinni qo‘llashga asosdir.
Mushaklar ichiga in'eksiya qilishdan tashqari dori vosita tana 
bo‘shliqlariga kiritilishi mumkin. Bundan tashqari, uni ba'zida enteral qo‘llashga 
tavsiya etiladi (ichak mikroflorasini qo‘piyishini to‘xtatish uchun) 
Kanamitsin yuqori zaharlilik bilan xarakterlanadi. Jumladan u gentamitsin 
va 
streptomitsinga 
nisbatan 
kuchliroq 
(lekin 
neomitsindan 
kamroq) 
ototoksiklikga ega. 
Quloqda shang‘illash (shovqin)ni paydo bo‘lishi dori vositani qo‘llashni 
to‘xtatishga asos bo‘ladi, chunki u eshituv nervini jarohatlab, eshitishni qaytmas 
susayishiga, hattoki gunglikka olib kelishi mumkin. Kanamitsinni ototoksik 
ta'siri, ayniqsa, uni uzoq muddat qo‘llaganda xavfli (silni davolashda). 
Vestibulyar buzilishlar nisbatan kam uchraydi. Kanamitsin yaqqol ko‘zga 
tashlanadigan nefrotoksik ta'sirga ham ega. Shu sababli davolash davrida 


- 896 -
muntazam nafaqat eshitish holatini, balki buyrak funksiyasini ham nazorat qilish 
darkor. Bundan tashqari, jigarga ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ba'zan 
allergik reaksiyalar kuzatiladi. 
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va ehtiyot choralari neomitsin va 
gentamitsinnikiga o‘xshash. 
II guruh silga qarshi antibiotiklarga kapreomitsin va florimitsin sulfat 
(viomitsin)lar ham tegishli. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   509   510   511   512   513   514   515   516   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish