O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Silga qarshi III guruh vositalari



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet514/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Silga qarshi III guruh vositalari 
(Sintetik vositalar) 
Bu silga qarshi zahira vositalar har xil kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan 
birikmalar bilan namoyish etilgan. Ularga PASK va tioatsetazon (moddalarning 
tuzilishaga qarang) talluqli. Ushbu moddalarni har birini boshqa dori vositalar 
bilan birgalikda qo‘llashadi. 
Para-aminosalitsilat natriy (PASK) sil mikobakteriyasiga bakteriostatik 
ta'sir ko‘rsatadi. Uning ta'sir mexanizmi sil mikobakteriyasining rivojlanishi va 
ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan paraaminobenzoy kislotasi bilan raqobatiga 
asoslangan. Boshqa mikroorganizmlarga u ta'sir etmaydi. PASK ning faolligi 
yuqori emas. Shu sababli uning faqat boshqa, unga nisbatan faolroq bo‘lgan dori 
vositalar bilan birgalikda (kombinatsiya) qo‘llashadi. Qayd etilganidek, PASK 
ga turg‘unlik sekin rivojlanadi. 
PASK ovqat hazm qilish traktidan yaxshi so‘riladi. Seroz bo‘shliqlarida 
keraklicha miqdorda to‘planadi. GEB dan oz darajada o‘tadi. Qon zardobida 6 
soatdan keyin juda kichik konsentratsiyada aniqlanadi. Organizmdan 
o‘zgarmagan holda, hamda metabolitlar va kon'yugatlar (asosan PASK ning 
atsetillangan hosilasi) ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi. Kiritilgan dozani 6 
soat mobaynida tahminan 60 %, 24 soat ichida esa tahminan 90 % ajraladi. 
Silning hamma shakllarida qo‘llaniladi. Odatda ichiladi, ba'zida tomirga 
kiritishning zaruriyati tug‘iladi. Noxush ta'sirotlaridan eng ko‘p uchraydigani, 
mahalliy qo‘zg‘atuvchanlik xossasi bilan bog‘liq dispepsiyadir. Bunda ko‘ngil 


- 897 -
aynash, qayt qilish, diareya, qorin sohasida og‘riq, ishtahani buzilishi, kamdan 
kam hollarda, agranulotsitoz, gepatit, kristalluriya rivojlanadi. Ko‘pgina 
bemorlarda gipotireoz belgilar bilan kechuvchi bo‘qoq aniqlanadi. Allergiya 
bilan bog‘liq terida o‘zgarishlar, istmalash, artritlar, eozinofiliya va boshqalar 
bo‘lish mumkin.
Tioatsetazon (tibon, konteben)ning mikroblarga qarshi ta'sir spektri sil 
mikobakteriyasi va moxov qo‘zg‘atuvchisi bilan chegaralangan. Silga qarshi 
faolligi bo‘yicha tioatsetazon I va II guruh dori vositalaridan kuchsiz. 
Tioatsetazonga sil mikobakteriyasining chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi. 
MIT dan dori vosita yaxshi so‘riladi. Qisman jigarda faolsizlanadi. 
Organizmdan 1 sutka davomida ajraladi. Dori vositaning ko‘p qismi buyrak 
orqali chiqariladi.Tioatsetazonni enteral yo‘l bilan asosan o‘pkadan tashqaridagi 
silni davolashda (shilliq qavatlar va seroz pardalar, limfatik tugunlar sili) 
qo‘llaniladi. Bir qator hollarda tioatsetazonni moxovni davolash uchun 
buyuriladi. 
Tioatsetazonni qo‘llash qon hosil qilish, jigar va buyrak funksiyalarining 
holatini muntazam nazorat qilib borishni talab qiladi. 
Dori vositalar 
Nomi 
Kattalar uchun o‘rtacha 
terapevtik doza, kiritish 
yo‘li 
Chiqarish shakllari 
Izoniazid - 
Isoniazidum 
Enteral 0,3 g. Tomirga 
tomchilab 0,02-0,15 g/kg 
(0,2% eritma) 
Sochma,tabletka 

0,1; 0,2 va 0,3 g
10 % eritma amp. 5 
ml dan 
Rifampitsin 
-
Rifampicinum
Enteral 0,45 g 
Tomirga 0,3-0,9 g 
Kaps. 0,05 va 0,15 g 
Amp. 0,15 g (ex 
temporae) 
Etambutol 

Ethambutolum
Enteral 0,025 g/kg 
Tabl. 0,1; 0,2 va 0,4 

Etionamid 

Ethionamide 
Enteral 0,25 g 
Tabl. 0,25 g (qobiqli) 
Protionamid 

Protionamide 
Enteral 0,25 g 
Tabl.(draje) 0,25 g 


- 898 -
Sikloserin 

Cycloserinum 
Enteral 0,25 g 
Tabl. kapsula - 0,25 g 
Pirazinamid 

Pirazinamide 
Enteral 1 g 
Tabl. 0,5 va 0,75 g 
Kanamitsin 
sulfat 

Kanamycini sulfas 
Mushakga 1 g 
Ingalyatsiya 0,25-0,5 g 
Flakonda 0,5 va 1 g 
(ex temporae) 
Ampulada 5% - 5 va 
10 ml 
Florimitsin 
sulfat 
– 
Florimycini sulfas
Mushakga 0,5-1 g 
Flakonda 0,5 va 1 g 
Para-aminosalitsilat 
natriy – 
Natrii para-
aminosalicylas 
Enteral 3-4
Tomirga 3 % - 250 ml 
Tabl. 0,5 g 
Flakonda 3%-250 va 
500 ml 
Tioatsetazon 
– 
Thioaceta zonum 
Enteral 0,05 g 
Tabl. 0,025 va 0,05 g 
 
Tioatsetazonning zaharliligi ancha yuqori. U qon hosil qilish (anemiya, 
leykopeniya, agronulotsitoz), buyrak (albuminuriya, silindruriya) va jigar (sariq 
atrofiyagacha) tomonidan nisbatan ko‘p noxush o‘zgarishlar rivojlantiradi. 
Bundan tashqari uni qo‘llaganda dispepsiya, allergiya va boshqa salbiy 
ta'sirotlar yuzaga keladi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish