O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Yalpi ijtimoiy mahsulotning tarkibiy qismlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

12.3. Yalpi ijtimoiy mahsulotning tarkibiy qismlari
va harakat shakllari
YIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha
pirovard mahsulot-xizmatlarning bozor baholaridagi summasi ekan,
uning harakatini kuzatadigan bo‘lsak, u, avvalo, shu joriy yilda
sotilib ketishi kerak deb faraz qilamiz. Lekin bu barcha mahsulotlar
sotilmasligi ham mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi.
Ya’ni YIM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning har qanday
o‘sishi hisobga olinishi zarur, chunki YIM yordamida joriy yildagi
barcha mahsulotlar, sotilgan va sotilmaganidan qat’i nazar, hisobga
olinadi.


231
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish
uchun shu yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar
bir marta hisobga olinishi zarur. YIM hajmini topishda sotilgan
va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni
bartaraf qilish uchun, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yara-
tilgan, qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.
Qo‘shilgan qiymat — bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot qiymatidan sotib olingan xomashyo va boshqa material-
lar qiymatini chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor
qiymatidan iborat bo‘ladi.
YIM nominal va real milliy mahsulot deb o‘rganiladi. Joriy
bozor baholarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy
mahsulot deyiladi.
O‘zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy
mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YIM
qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda, o‘zaro taqqoslash
mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, narx darajasi bizga iqtisodiyotda
inflatsiya yoki deflatsiya sharoitida uning miqyosi qandayligini
bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy
yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari
summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning miqdorini
bazis davrdagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi.
Òaqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi.
Iqtisodiyotda YIM deflatori degan ko‘rsatkich ham ishlatiladi.
Deflator hozirgi narxning oldingi, ya’ni bazis narxiga nisbatan
qanchalik o‘zgarganligini bildiradi. Deflator (Df) nominal YIM
(Mn) real YIMga (Mr) nisbati bilan o‘lchanadi. Bunda:


100 %
Mn
Df
Mr
bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning pirovard natijaviy ko‘rsatkichi YIM bo‘lar
ekan, bu iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi va u iqtisodiy
adabiyotlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkich deb o‘rganiladi. Bu ko‘r-
satkich barcha korxonalar, xonadon xo‘jaliklari va barcha bozorlar
faoliyatining pirovard natijasini o‘zida ifodalaydi. Shuning uchun
YIM iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari, korxonalar, xonadon
xo‘jaliklari va davlat o‘rtasida taqsimlanadi. Buni YIMning harakati
sifatida ko‘rishimiz mumkin.


232
Ma’lumki, milliy iqtisodiyot ikki sektordan iborat bo‘ladi.
Iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi,
qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari
real sektor deyiladi. Iqtisodiyotning turli subyektlari o‘rtasidagi
tovar va xizmatlar harakatiga qarama-qarshi ravishda yuz beradigan
pul oqimining harakatini tashkil etuvchi va boshqarib turuvchi
tizim moliya sektori deyiladi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida YIMni hisoblashning ikki
usuli mavjudligi ko‘rsatiladi:
1. Daromad usuli. Bunda iqtisodiyotning barcha subyektlarining
ma’lum davrdagi daromadi jamlanadi. Bundan olingan hosila
YIMga teng bo‘ladi. Bu daromadlarga xonadonlar, firmalar va
davlatning daromadlari kiradi.
2. Xarajat usuli. Bunda hamma iqtisodiyot subyektlarining
xarajatlari jamlanadi. Bular iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va
sof eksportdan iborat bo‘ladi deydi.
YIMning biz uchun eng muhim qismi bo‘lgan milliy daromad
(MD) o‘z harakati iste’mol va jamg‘arish fondiga ajratilishidan
boshlanadi.
Iste’mol fondi — bu milliy daromadning jamiyat a’zolarining
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga ketadigan qismidir.
Jamg‘arish fondi — bu milliy daromadning ishlab chiqarishni
rivojlantirishni ta’minlaydigan qismi hisoblanadi.
Iste’mol fondi xonadonlarning tovar va xizmatlar xaridi uchun
qilgan xarajatidan iborat bo‘ladi. Bunda tadbirkorlar, mashina,
asbob-uskunalar, bino, inshootlarni, xonadonlar esa uy qurish,
tayyor uy yoki kvartiralarni sotib olish uchun xarajatlar qiladilar.
Davlat xaridi esa davlat idora va tashkilotlarining tovar va
xizmatlarni sotib olishga ketgan xarajatidan iborat bo‘ladi. Bunda
davlat shifoxonalar, maktablar, kollejlar, universitetlar, Mudofaa
vazirligi kabilarning ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni xarid
qilishi tushuniladi.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish uning
samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror
iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish xalq farovonligini ta’minlash-
ning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish
uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlan-
tirish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirib borish zarur bo‘ladi.
Bu holat YIMning taqsimlanish harakatida ko‘rinadi.


233

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish