O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi uning tarkibidagi
tarmoqlar xilma-xilligini anglatib, u mamlakatning texnologik
taraqqiyot darajasiga, iqlimi va hududidagi tabiiy boyliklar turiga
bog‘liq bo‘ladi. Òexnologik taraqqiyot milliy iqtisodiyot tarmoq-
larini ko‘paytirib, xalqaro mehnat taqsimotiga bog‘lanishiga, uning
to‘laqonli a’zosiga aylanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Odatda,
texnologik taraqqiyotga erishgan mamlakatlarda milliy iqtisodiyot


228
tarkibi xilma-xil bo‘ladi va u sanoat ishlab chiqarishning ko‘plab
sohalarini qamrab oladi. Mamlakat iqlimining milliy iqtisodiyot
tarkibiy tuzilishiga ta’siri shunda namoyon bo‘ladiki, aynan iqlim
sharoiti ayrim turdagi mehnat va ishlab chiqarish faoliyati uchun
eng qulay imkoniyatlarni yaratib beradi.
Masalan, Hindiston va Shri-Lanka o‘z choyi, Hindi-Xitoy
yarimoroli davlatlari — guruch yetishtirish, Braziliya qahvasi,
Òurkiya turizm, O‘zbekiston esa o‘zining paxtasi, poliz ekinlari,
mevalari bilan olamga mashhur. Òabiiy boyliklar milliy iqtisodiyot
tarkibining biron-bir ishlab chiqarish usuliga ixtisoslashuvida katta
ahamiyatga ega. Agarda tabiiy boylik mamlakat hududida juda
katta miqdorda bo‘lsa, u mamlakatning asosiy ishlab chiqarish
tarmoqlariga va milliy daromadiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Fors
ko‘rfazidagi arab mamlakatlari neft zaxirasi ushbu mintaqa
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri va milliy daromad
manbayi hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar bilan bir qatorda, milliy iqti-
sodiyot o‘zining tarkibiy tuzilishiga ko‘ra industrial, agrar va agrar-
industrial deb ham tavsiflanadi. Bunday tavsiflanishi shu milliy
iqtisodiyotda sanoat va qishloq xo‘jaligining o‘rni bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda milliy iqtisodiyotlarning darajasi
farqlanadi. Shu jihatdan milliy iqtisodiyotlar yuksak rivojlangan,
o‘rtacha, o‘rtachadan pastroq darajadagi, kam rivojlangan va o‘ta
qoloq iqtisodiyotlarga ajratiladi.
Milliy iqtisodiyotning miqdoriy va sifat jihatlari mavjud bo‘lib,
ular yalpi ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy
mahsulot, milliy daromad kabi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish