O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


Differensial renta I ning kelib chiqishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Differensial renta I ning kelib chiqishi
Yer
(1 ga)
Ijtimoiy
ishlab
chiqarish
xarajatlari
(so‘m)
O‘rta-
cha
foyda
(so‘m)
Yalpi
mahsulot
(tonna)
Ijtimoiy
qiymat,
bozor
bahosi
Yalpi
sotilgan
mahsulot
(so‘m)
Diffe-
rensial
I renta
(1 tonna-
dan)
A. Unum-
dorligi past
100000
1000
10
1000
1000000

B. Unum-
dorligi
o‘rtacha
100000
1000
15
1000
1500000
1500
D. Unum-
dorligi
yuqori
100000
1000
20
1000
2000000
2000
Misolimizda unumdorligi uch xil bo‘lgan, miqdori bir gektardan
iborat yerlarda uch dehqon kartoshka ekdi deylik. Bu yerlarga
uch dehqon bir xil 100000 so‘mdan xarajat qildi, bu iqtisodiyotda
ijtimoiy xarajat deyiladi. Olingan yalpi hosildorlik esa unumdorligi
past A uchastkasida 10 tonna, unumdorligi o‘rtacha B uchastkada
15 tonna va unumdorligi yuqori bo‘lgan D uchastkada 20 tonna
hosil olindi. Demak, har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi
tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham
turlicha bo‘lib chiqadi. Ya’ni A uchastkasidan olingan mahsulot
birligining qiymati 1000 so‘m bo‘lsa, B uchastkasida 1500 so‘m,
D uchastkasida esa 2000 so‘mni tashkil qiladi. Bozorda esa
kartoshkaning bahosi o‘rtacha 1000 so‘m, ya’ni unumdorligi
pastmi, o‘rtachami, yuqorimi, qaysi uchastkada yetishtirilgandan
qat’i nazar, bozor bahosi bilan sotiladi. Natijada unumdorligi past
bo‘lgan yer uchastkasi egasi dehqon ham o‘zining yakka ishlab
chiqarish xarajatini qoplash va foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu olingan qo‘shimcha daromad yerning unumdorligi bilan bog‘liq
bo‘lgan differensial renta I ni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, differensial renta I, ya’ni qo‘shimcha daro-
madni bozorlarga va yo‘llarga yaqin joylashgan ayrim yer egalari
ham oladilar. Chunki bunday yerlardan olingan hosilni bozorlarga
olib borish bilan bog‘liq xarajatlar kamroq bo‘ladi.
Differensial renta II ni, odatda, xo‘jaliklar o‘z yerlari unumdor-
ligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar qilish, ya’ni yerlarga


218
mineral o‘g‘itlar solish, har xil zararkunandalarga qarshi kurashish,
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayo-
nida turli texnikalardan va boshqa texnologiyalardan foydalanish
orqali oladilar. Qaysi dehqon yoki fermer xo‘jaliklari o‘z ishlab
chiqarishida bu ko‘rsatilgan omillardan yaxshi foydalansa va xo‘ja-
ligidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana olsa, u
differensial renta II ni olishga muvaffaq bo‘ladi. Chunki bu bilan
mahsulot birligiga sarf qilingan xarajatni kamaytirishga erishadi.
Masalan, avvalgi keltirgan misolimizdagi har uch dehqon endi
kelgusi yilda o‘z yerlariga qo‘shimcha ravishda mehnat qilishdi.
Mahalliy hamda mineral o‘g‘itlar solishib, o‘rtacha yana 100000
so‘mdan sarf-xarajatlar qilishdi. Natijada bu xo‘jaliklarda o‘tgan
yilga nisbatan kartoshka hosildorligi ortib, har biri yana qo‘shimcha
ravishda 2 tonnadan mahsulot olishdi, shu qo‘shimcha olingan
daromad differensial renta II deyiladi
Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligida bu yo‘l jadal rivojlanish
yo‘li deyiladi. Agarda hamma mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi jadal
rivojlantirilmaydigan bo‘lsa, aholining kundan kunga tez o‘sib
borayotgan talablarini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun har
bir davlatda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish uchun alohida
e’tibor beriladi. Qishloq xo‘jaligini jadallashtirishning bosh yo‘li
esa uni sanoatlashgan asosga qo‘yishdan iboratdir. Shuning uchun
O‘zbekistonda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini zamonaviy
texnika va texnologiyalar bilan ta’minlashga katta e’tibor beril-
moqda. Qishloq xo‘jaligiga katta miqdorda kapital mablag‘lar
ajratilyapti.
Absolut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulk-
chilik monopoliyasi yer egasi tomonidan yer uchastkalarining
yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’i nazar, uni ijaraga berish orqali
alohidalashgan, ya’ni absolut (mutlaq) renta olish imkonini beradi.
Shuning uchun absolut renta deb ataladi. Absolut yer rentasi o‘z
mohiyatiga ko‘ra, yer egalarining o‘z yerini ijarachilarga foyda-
lanish uchun ijaraga berib, ulardan yerdan foydalanganlik uchun
to‘lovlar olishidan iboratdir.
Agar ijaraga berilgan yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan
bo‘lsa, ular uchun alohida ijara haqi hisoblanadi. Yer egalarining
bunday absolut, ya’ni mutlaq ravishda renta (daromad) olishlarining
sababi shundaki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi kapitalning
uzviy tuzilishi sanoatdagidan ancha past bo‘ladi. Natijada qishloq


219
xo‘jaligida ishlab chiqarilgan tovarlarning bozor qiymati boshqa
sohalardagi ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidan, ya’ni boshqa
sohalardagi qo‘shimcha qiymat miqdoridan, jamiyatda shakllangan
o‘rtacha foyda miqdoridan ortiq bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi tovarlarining
bozor bahosi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish bahosi o‘rtasidagi bu
tafovut absolut rentaning manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Monopol renta. Qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi —
bu monopol rentadir. Bu renta alohida tabiiy sharoitda yetishtirila-
digan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, masalan, sitrus mevalari
alohida navli boshqa mevalar kabi bozorda monopol narxlar bilan
sotilishi tufayli kelib chiqadi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishiga
yana bir sabab bozorda ko‘pincha alohida to‘lovga qodir toifa
kishilarning talab darajasi hisoblanadi. Natijada shunday mahsu-
lotlar o‘zlarining individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lgan mo-
nopol narxlarda sotilishi mumkin. Bu esa shunday yer egalariga
monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham
qo‘shimcha daromad olinadi. Ma’lumki, foydali qazilma konlari
joylashuvi (ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi
jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‘jaligidagi
singari, o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha foyda
oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.
Ijara haqi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yerga xususiy mulkchi-
likning mavjudligi, yerni ijaraga berish va undan ijara haqi olish
imkonini beradi. Ijara haqi esa o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan renta (R), yerga ilgari
sarflangan kapital uchun foiz (F); yer uchastkasini ijaraga bergunga
qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada
quyidagicha ifodalash mumkin:
IH = R+F+A.
Ijaraga beriladigan yerda har xil bino va boshqa qurilishlar
qilinmagan bo‘lsa, ya’ni kapital sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va
renta miqdori bir-biriga to‘g‘ri keladi. Agarda shu yerga avval
kapital sarflanib, ma’lum qurilishlar qilingan bo‘lsa, ijara haqi yer
rentasidan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer oldi-sotdi obyektidir. Yerda
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bir qatorda, agar unda
tabiiy qazilma boyliklar bo‘lsa, uni qazib olish uchun, har xil


220
ishlab chiqarish va turar joy binolari, yo‘llar va boshqa inshootlar
qurish uchun ham sotib olinishi mumkin. Shuning uchun yerning
bahosini aniqlash kerak bo‘ladi.
Ma’lumki, yer inson mehnatining mahsuli emas, demak, u
almashuv qiymatga ega emas. Shu sababli yer va boshqa tabiat
in’omlari narxini iqtisodiyot nazariyasida irratsional narxlar deb
ataydilar. Irratsional narxni misol orqali tushuntiramiz. Bir gektar
yer egasi yerni sotib olingan summani bankka qo‘yganda, bankdan
foiz tarzida daromad oladi deylik, shu daromad summasi agar u
shu yerdan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan taqdirdagina, yerni
sotadi. Boshqacha aytganda, bozorda barcha sharoitlar teng
bo‘lganda, xuddi shu renta miqdori yerning narxini belgilaydi. U
renta miqdoriga to‘g‘ri mutanosib va ssuda foizi me’yoriga teskari
mutanosiblikda bo‘ladi. Yerning narxini iqtisodchilar kapitallashti-
rilgan renta deb ham ataydilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, yerning
narxi ikkita miqdorga bog‘liq ekan:
1) yer uchastkasi egasi olishi mumkin bo‘lgan yer rentasi
miqdoriga;
2) ssuda foizi me’yoriga.
Yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


100 %,
R
S
Yn
f
bu yerda, R—renta; Sf—ssuda foizi me’yori; Yn—yer narxi.
Faraz qilaylik, R—10 ming dollar, Sf—6 %. Bunda Yn—60000
AQSH dollariga teng bo‘ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina yerini
sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan
foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki,
u rentaga teng bo‘ladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish