214
sida ko‘rsatib o‘tiladiki, yer davlat mulki — umummilliy boylikdir,
undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza
etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, O‘zbekiston Respublikasining
qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno deyilgan. Qonun-
da yer fondi va uning toifalari, yer uchastkasi va uni ijaraga berish
kabi ko‘plab muammolar o‘zining qonuniy yechimini topgan.
Yer to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak
avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda
oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishdan, tuproq unumdor-
ligini tiklash va oshirishdan, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashdan,
xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini
teng huquqlilik asosida
rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan, yuridik va jismoniy shaxs-
larning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni
ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan va
bu sohada qonun talablarini mustahkamlashdan iborat. Shuning-
dek, kodeksda yer uchastkasining ijarasi
yer uchastkasiga ijara
shartnomasi shartlarida muddatli,
haq evaziga egalik qilish va
foydalanishdan iborat bo‘lishi ham belgilab berilgan.
Yerga bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar. Yerning, birinchidan, mulk
obyekti va ikkinchidan esa xo‘jalik yuritish obyekti bo‘lishi yerga
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarning ikki tomonini bildiradi. Yerning
mulk ekanligi, uning hech qachon egasiz bo‘lmasligi, yer egasining
o‘z mulkidan naf ko‘rishini ko‘zlab mablag‘ sarflashga majbur
etadi. Egasiz yer bo‘lmagani sababli, har qanday yer ham tekinga
berilmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yer egasiga
yerdan kimdir foydalangani uchun haq to‘lashni shart qilib qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov
aytganidek, «Hozirgi paytda qishloqda xo‘jalik yuritishning asosiy
uch shakli qaror topmoqda. Bular — qishloq xo‘jaligi
mahsu-
lotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
kooperativlari, fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Xo‘jalik yuritish-
ning mana shu shakllarini amaliyotga yanada kengroq joriy etishdan
asosiy maqsad — qishloqda, avvalo, chinakam mulkdorlarni yerga,
mulkka hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan haqiqiy
egalik tuyg‘usini shakllantirishdan iborat».
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar — shirkatmi, fermer yoki deh-
qon xo‘jaligi egasi bo‘ladimi, pudratchimi o‘zining qancha mehnat
qilgani, qancha mablag‘ sarflaganini, ijaraga olingan maydondagi
haqiqiy hosildorlik darajasi qancha bo‘lganini,
shunga yarasha
215
daromad yoki sof foyda olganini, o‘z mehnatini qanchalik to‘g‘ri
hisob-kitob qilganini bilmasa, qishloqda o‘tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlar yaxshi samara bermaydi. Xo‘jalik yuritish obyekti sifatida
yer jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan egallab olinib, ularning
roziligisiz yerni ishlatish, undan foydalanish mumkin emas. Bunday
sharoitda yer o‘z egasining mulki bo‘lib qolganidan vaqtincha
foydalangani uchun haq to‘lash sharti bilan boshqa tadbirkor tomo-
nidan ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: