O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYALAR



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYALAR
13.1. Iste’mol va jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni
Milliy iqtisodiyotda yaratilgan YIM sarflanganda, asosan, ikki
qismga ajratiladi. Birinchidan, mamlakat aholisining iste’molini
qondirishga ajratiladi va u iste’mol fondi deyiladi. Ikkinchidan,
shu milliy iqtisodiyotni kelajakda rivojlantirish uchun sarflanishga
mo‘ljallangan qismiga, u jamg‘arish fondi deyiladi.
1. Iste’mol fondi — bu jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish jarayonida tovar va xizmatlardan foydalanish uchun
sarflanadigan mablag‘lardan iborat bo‘ladi va mamlakat aholisining
yillik iste’molini qondirishga ishlatiladi. Bu, asosan, ikki yo‘nalishda,
birinchidan, xususiy, ikkinchidan, davlat iste’moli uchun sarflanadi.
Xususiy iste’mol fondiga ajratilgan qismini xonadonlar, korxona
va firmalar kabi xo‘jaliklar iste’mol qiladi. Hozirgi vaqtda dunyo
mamlakatlarida xususiy iste’mol YIMning 2/3 qismini tashkil qil-
moqda. Xonadonlardagi iste’mol, asosan, ularning kundalik joriy
ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo‘ladi. Bunda xonadon a’zosi
bo‘lgan ishchilar turli moddiy va nomoddiy mahsulotlar hamda
xizmatlarni iste’mol qilishlari orqali o‘z ish qobiliyatlarini tiklay-
dilar, farzandlarni boqib, katta qilib, mamlakatga yangi ishchi
kuchlarini yetishtirib beradilar. Bu jarayon, o‘z navbatida, shu
iste’mol fondi hisobidan xonadonda inson kapitalini investitsiya-
lashni ta’minlaydi.
Korxonalar, firmalar va boshqa xo‘jaliklarda iste’mol deganda
ularning ishlab chiqarish jarayonidagi resurslar iste’moli tushuniladi,
ya’ni ular ishchi kuchlari, mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i
va turli materiallar ishlatadilar. Natijada yangi mahsulotlar va
xizmatlar yaratiladi. Shuning uchun unumli iste’mol deb yuritiladi.
Davlat iste’moli deganda, odatda, davlat idora va tashkilotlari
tomonidan turli ijtimoiy xizmatlarni bajarishlari jarayonida qilina-
digan sarf-xarajatlar tushuniladi. Bu amalda ijtimoiy sohaning iste’-
moli hisoblanadi, chunki bu soha davlat tasarrufida bo‘ladi. Bu
fonddan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun
foydalaniladi.


236
Iste’mol individual yoki jamoaviy bo‘ladi. Alohida kishilar,
oila yoki jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo‘lgan moddiy ne’matlarni
iste’mol qilish individual tarzda iste’molga kiradi. Jamiyat a’zo-
larining guruhlari tomonidan moddiy ne’mat va xizmatlardan
foydalanish jamoaviy tarzda iste’mol qilish deyiladi.
2. Jamg‘arish fondi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish,
o‘stirishga sarflanadi.
Jamg‘arish — hayotiy zarurat. Oldingi boblarda ta’kidlandiki,
odamlarning ehtiyojlari va ularning qondirilish darajasi bo‘lgan
iste’mol miqdor va sifat jihatdan o‘zgarib turadi, ya’ni to‘xtovsiz
ravishda ortib, o‘sib turadi. Aslida kishilik jamiyatining taraqqiyoti
iste’molning qondirilishiga ham bog‘liq. Ehtiyojlarning, shundan kelib
chiqqan holda odamlar iste’molining o‘sishi zamirida ikki sabab yotadi:
birinchi sabab — Yer kurrasi aholisining yildan yilga son
jihatdan ko‘payib borishidir;
ikkinchi sabab — iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tufayli, borgan
sari odamlarning ne’matlar iste’mol qilishi tuzilishida o‘zgarishlar
yuz berishi, uning rang-baranglashib, son va sifat jihatdan o‘sib
borishidir.
Demak, o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol
ne’matlarini tobora ko‘paytirish lozim. Xo‘sh, odamlarning o‘sib
borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyatning imkoniyatlari
yetarlimi? Bu savolning amaliy va nazariy yechimlari mavjud.
Amaliy jihatdan yechimi shuki, ishlab chiqarishning moddiy-
texnikaviy bazasini o‘stirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish,
moddiy ishlab chiqarishda va xizmatlarda band bo‘lgan xodimlar
sonini oldingi darajasidan oshirish, ishlab chiqarishga qo‘shimcha
ravishda mehnat vositalari, xomashyolarni jalb qilishdir; nazariy
jihatdan esa odamlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirib
borish uchun jamg‘arishni amalga oshirmoq lozim.
Jamg‘arish deyilganda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
miqyoslarini kengaytirib borish jarayoni tushuniladi. Har qanday
jamiyatda ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirib borishning
ma’lum manbalari bo‘ladi. Barcha sharoitlarda ishlab chiqarishni
ko‘paytirib borishning umumiy va asosiy manbayi — olinadigan
foydadir. Ana shu foyda dastlabki oddiy takror ishlab chiqarish
hukm surgan davrda ko‘pincha mulk egalari tomonidan shaxsiy
iste’mol uchun sarflangan. Ishlab chiqarishni kengaytirish zarurati
paydo bo‘lgach, foyda ikki yo‘nalishda taqsimlana boshlandi:
1) ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy hamda shaxsiy
omillarini ko‘paytirish;


237
2) ehtiyot (rezerv) va sug‘urta (ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy
ofatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, ekologik ahvolni yaxshilash
maqsadlari uchun) hamda ijtimoiy iste’mol (jamiyatning mehnatga
yaroqsiz a’zolari, madaniy ehtiyojlar, sog‘liqni saqlash, sog‘lomlashtirish,
xalq ta’limi, mudofaa kabilar) fondlarini tashkil etish kabilar.
Ko‘rinib turibdiki, jamg‘arish nafaqat iqtisodiy jarayon
(ne’matlarni ko‘paytirish), shu bilan birga ijtimoiy jarayon hamdir.
Mamlakatda qancha ko‘p foyda olinsa va u to‘g‘ri, maqsadga muvofiq
taqsimlansa, bu jarayon jamiyat uchun shunchalik foydali bo‘ladi.
Jamg‘arish bevosita foydaning hajmi va me’yoriga bog‘liq bo‘lsa-
da, ijtimoiy jarayon bo‘lgani uchun unga jamiyatda kechadigan
boshqa jarayonlar ham ta’sir etadi. Jamg‘arishga ta’sir etadigan
omillardan biri fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyotidir. Bu
jarayon o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlanib, ishlab chiqarish qurol
vositalariga, ish kuchiga shunday ta’sir o‘tkazdiki, bugungi
hayotimizdagi jiddiy o‘zgarishlar ana shu taraqqiyot natijasidir.
Ma’lumki, hozirgi zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida
texnika vositalarining ulardan jadal foydalanish natijasida yemi-
rilishi, ma’naviy eskirishi tezlashadi. Demak, asosiy fondlarning
amortizatsiyasi ortadi, tezlashadi. Natijada ularni yangilash, tako-
millashtirish, kapital ta’mirlash uchun amortizatsiya fondidan
foydalanish zarurati tug‘iladi.
Sanoati rivojlangan ilg‘or mamlakatlarda jamg‘arishning bu
manbayi katta ahamiyat kasb etmoqda. Jamg‘arishda amortizatsiya
ajratmalarining hissasi ortib boryapti. Boshqacha aytganda, ishlab
chiqarishning kengayishi o‘z moddiy omiliga ko‘proq asoslan-
moqda. Bunday imkoniyatlarning borligi foydani ijtimoiy maqsad-
lar uchun, odamlarning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirish
uchun sarflashga sharoit yaratadi. Demak, industrial mamlakatlarda
jamg‘arishning manbalari ko‘proq va kengroqdir.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish