247
kadrlarning yuksak darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega
bo‘lgan yangi avlodini tarbiyalashga
qaratilgan maxsus chora-
tadbirlarni ko‘rish imkonini berdi.
Iqtisodiyotga investitsiyalar ma’lum loyihalar asosida amalga
oshiriladi. Loyihalarni turlicha asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin.
Masalan, loyiha amalga oshirilayotgan faoliyat sohasi bo‘yicha uning
turi, tarkibi va tuzilishiga ko‘ra sinfi, hajmi va ishtirokchilar soni,
atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’sir darajasiga qarab ko‘lami, amalga
oshirish muddatiga ko‘ra davomiyligi, moliyaviy, texnologik, texnik,
tashkiliy va boshqa jihatlariga ko‘ra murakkabligi belgilanadi.
Loyihalar tashkiliy, iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va aralash turlarga
bo‘linadi:
Òashkiliy loyihalar, odatda, korxonalarni isloh qilish, yangi
tashkilot tuzish, muayyan bir tadbirlar o‘tkazish, ya’ni tashkiliy
masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar.
Iqtisodiy loyihalar esa korxonalarni qayta tarkiblashtirish,
sanatsiya, xususiylashtirish, soliq tizimini takomillashtirish kabi
iqtisodiy masalalarga qaratilgan bo‘ladi.
Ijtimoiy loyihalar ijtimoiy muammolarni hal qilishga, texnik
loyihalar, yangi mahsulot ishlab
chiqish yoki uning tarkibiy
tuzilishini o‘zgartirishga mo‘ljallangan.
Aralash loyihalar — yuqoridagi
loyiha turlarining kamida
ikkitasiga tegishli xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan loyihalar.
Ko‘lami jihatidan loyihalar kichik va mega loyihalarga
bo‘linadi.
Kichik loyihalar hajmiga ko‘ra, unchalik katta bo‘lmagan, tuzilishiga
binoan oddiy, kam sonli ishtirokchilardan iborat bo‘ladi. Masalan,
Amerika amaliyotida ulardagi kapital qo‘yilmalar 10—15 mln
dollargacha, mehnat xarajatlari 40—50 ming kishi-soatgacha bo‘ladi.
Yirik bo‘lmagan sanoat korxonalari amal qilayotgan ishlab chiqa-
rishni modernizatsiyalash kichik loyihalarga yorqin misol bo‘la oladi.
Mega loyihalar maqsadli dastur bo‘lib, u ajratilgan resurslar va
amalga oshirish muddatlari, umumiy maqsadlariga ko‘ra, o‘zaro
bog‘liqlikdagi bir nechta loyihalarni o‘z ichiga oladi. Bunday maq-
sadli dasturlar xalqaro, milliy, tarmoq va tarmoqlararo, hududiy
va hududlararo bo‘lishi mumkin. Ularning budjeti yuzlab million
dollarga yetadi va davlat hamda
davlatlararo miqyosda shakl-
lantirilib, muvofiqlashtiriladi. Mega loyihalarning qiymati 1 mlrd
AQSH dollari yoki undan ko‘p, amalga oshirish muddati 5—7 yil
248
va undan ortiq, mehnat hajmi esa loyihalashtirish uchun 2 mln
kishi-soat, qurilish uchun 15—20 mln kishi-soat yoki undan ko‘p
bo‘ladi. Bunday loyihalar moliyalashtirishning noan’anaviy
shakllarini, odatda, turli firmalar konsorsiumlari va boshqa bir
nechta mamlakatlar ishtirokini taqozo qiladi. Bunday loyihalarga
yoqilg‘i-energetika majmuyi, xususan, neft-gaz tarmog‘ida amalga
oshiriladigan loyihalar misol bo‘la oladi.
Shuningdek, loyihalar o‘z muddatlariga ko‘ra,
qisqa muddatli
(2 yilgacha),
o‘rta (5 yilgacha) va
uzoq muddatli (5 yildan ortiq)
bo‘ladi
1
.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishdan
avval ularning xavf-xatarlilik (risklilik) darajalari chuqur tahlil qilib
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: