252
xorij investitsiyalari va markazlashtirilgan
investitsiya-
larning davlat kafolatini ta’minlashga alohida e’tibor bilan qaral-
moqda;
umumdavlat maqsadlari uchun obyektlarni investitsiyalash
shart-sharoitlarini belgilash va ular bilan bog‘liq boshqa masalalarni
hal etishda ko‘maklashishdan iborat bo‘lmoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda investitsiya faolligini ta’minlash
va uni rivojlantirishdagi eng asosiy masala — bu
investitsiya
loyihalarini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib
qolmoqda. Hozirgi zamon ilmiy
qarashlarda investitsiya
loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi o‘z mohiyatiga ko‘ra,
ikki muhim jihati bilan ajralib turadi.
Birinchidan, mikrodarajada
moliyalashning bozor mexanizmi amal qiladi;
ikkinchidan,
makroiqtisodiy darajada davlatning
iqtisodiy mexanizmi ham
mavjud bo‘ladi.
Shu sababli, investitsiya loyihalarini moliyalash faqat olina-
digan foyda motivlari (sabablari)dan tashqari milliy iqtisodiy
rivojlanish maqsadiga muvofiq keladigan mezonlar bo‘yicha ham
baholanadi, lekin bularning iqtisodiyotdagi roliga har xil qaraladi.
Biroq, baribir, bozor mexanizmi
eng muhim umuminsoniy
iqtisodiy qadriyat tarzida e’tirof etiladi. O‘zbekistonda yuz bera-
yotgan investitsiya jarayonlarini asosli holda baholash uchun
aytilgan har ikki mexanizmni inobatga olish kerak bo‘ladi.
Investitsiya jarayonlarining moliyaviy ta’minoti investitsiya
faoliyatining moliyalashtirish manbalari hamda investitsiyalash
usullarining birligidan iborat.
Xulosa qilib aytganda, respublikamiz iqtisodiyotida o‘sish
sur’atlarini oshirishning ham ichki (milliy), ham xalqaro (tashqi)
imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilinmoqda. Iqtisodiyotda
o‘sishga qanday erishish mumkin? O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti I. A. Karimov bu savolga juda ham asosli, ilmiy javob
bergan:
birinchidan, mamlakatda
siyosiy barqarorlikka erishish;
ikkinchidan, iqtisodiyotda mo‘tadillikni ta’minlash;
uchinchidan,
mamlakat ega bo‘lgan barcha moddiy, mehnat, moliyaviy, ilmiy
quvvatlarni to‘la safarbar qilish;
to‘rtinchidan, xalqaro kredit va
xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotni jonlantirishga jalb etish,
barcha fuqarolarni o‘z yurti obodligi va istiqboli yo‘lida unumli
ishlashga undash, milliy g‘ururni o‘stirishdir.
253
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
Iste’mol fondi;
xususiy iste’mol fondi;
shaxsiy iste’mol;
unumli iste’mol;
davlat iste’moli;
jamg‘arish fondi;
jamg‘arish;
iste’mol xarajatlari;
jamg‘arma;
1. Iste’mol va jamg‘arishning iqtisodiy mazmunini tushuntirib bering.
2. Iste’mol va jamg‘arishning miqdorini aniqlovchi asosiy omillar nimalar?
3. Jamg‘arish me’yori qanday aniqlanadi?
4. Iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz?
5. Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik deganda nimani tushunasiz?
6. Investitsiyalar darajasiga qanday omillar ta’sir etadi?
7. Jamg‘arish qanday manbalar hisobiga amalga oshiriladi?
8. Jamg‘arish inson omilining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatiga qanday
o‘zgarishlar kiritadi?
9. Jamg‘arish jarayonida ish o‘rinlari va bandlik
masalasida qanday sifat
o‘zgarishlar yuz beradi?
10. Investitsiyalashdagi risklarni tasniflang.
11. Loyihaviy risklar nima va ularni tasniflab bering.
12. Investitsiya muhiti deganda nimani tushunasiz?
13. Investitsiyalarni moliyalashtirish va uning manbalarini aytib bering.
14. O‘zbekistonda investitsiya faolligini ta’minlash qanday yechim topmoqda?
iste’molga o‘rtacha moyillik;
jamg‘armaga o‘rtacha moyillik;
iste’molga qo‘shilgan moyillik;
jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik;
jamg‘arish normasi;
investitsiya;
investitsiyaviy faoliyat;
investor.
Do'stlaringiz bilan baham: