249
atrof-muhitni qo‘riqlash tadbirlari;
loyihaviy normativlarning o‘zgarishi;
ishlab chiqarish me’yorlarining o‘zgarishi;
eksport-import tartibining o‘zgarishi;
baholarni shakllantirish mexanizmining o‘zgarishi;
soliqqa tortish tizimidagi o‘zgarishlar;
loyiha bo‘yicha pudratchilarning bankrot bo‘lishi;
banklarning inqirozi;
xomashyo va energiya bahosining oshishi;
iste’molchilar talablarining o‘zgarishi;
raqobatning kuchayishi;
valutalar almashuv kursining o‘zgarishi;
inflatsiyaning kuchayishi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi risklarni chizma
shaklida keltiramiz:
Risklar
Sof risklar
Sun’iy risklar
Tabiiy
risklar
Ekolo-
giya
risklari
Siyo-
siy
risklar
Trans-
port
risklari
Mulkiy
risklar
Ishlab
chiqa-
rish
risklari
Savdo
risklari
Moli-
yaviy
risklar
Tijorat risklari
Investitsiya risklari
Pulning to‘lov qobili-
yati bilan bog‘liq
risklar
Infla-
tsiya
risklari
Valuta
risklari
Likvid-
lilik
risklari
Boy beril-
gan foyda
riski
Daromad-
ning
kamayish
riski
Bevosita
moliyaviy
yo‘qotish-
lar riski
Foiz
riski
Kredit
riski
Birja
riski
Bankrotlik
riski
250
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda
asosiy risklar bu
bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lgan risklardir.
Shu jumladan, moliyaviy risklar.
Moliyaviy risklarning eng ko‘p tarqalgani quyidagilar:
Kredit risklari — bu qarz oluvchi (loyiha egasi) tomonidan
kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi, ya’ni kredit summa-
sining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha foizlarning shartnomada
ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi.
Valuta riski — agar kredit berilgan valuta, loyiha mahsuloti
realizatsiyasi valutalari bilan mos kelmaganda paydo bo‘ladi.
Masalan, loyiha mahsuloti realizatsiyasi milliy valutada bo‘lib,
uni moliyalashtirish uchun olingan kredit summasi chet el valu-
tasida bo‘lsa, bunda valutalar o‘rtasidagi tafovut valuta risklarini
keltirib chiqarishi mumkin.
Foiz stavkalarining o‘zgarish risklari — investitsion loyihalarni
o‘zgaruvchan kredit stavkalari bilan moliyalashtirilganda paydo
bo‘ladi. Bunda kreditlar bilan moliyalashtirilganda investitsion
loyihalar uchun ajratilgan kapital summasining o‘sib kelish ehtimoli
katta bo‘ladi va loyihaning rentabellik darajasi pasayib ketishiga
asosiy sabab bo‘lishi mumkin.
Mamlakat risklari — tashqi risklar turiga kiruvchi loyihaviy
risklar hisoblanadi. Uning ma’nosi shundaki, mamlakatdagi ijti-
moiy-siyosiy ahvol va davlat siyosati, shu mamlakatda loyihalashti-
rilayotgan investitsion loyihaga zarar
yetkazishi va uning bekor
qilinishigacha olib boriladigan risklar tushunilishi mumkin.
Mamlakat risklarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin,
ular mamlakatning siyosiy va iqtisodiy risklaridir:
Siyosiy risklar tarkibiga hukumatning siyosiy tomonlari bilan
bog‘liq bo‘lgan risklar kiradi;
Iqtisodiy risklar esa, mamlakatning soliq, valuta, boj va boshqa
shunga o‘xshash iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir.
Ma’muriy risklar — tashqi risklar turkumiga kiradi. Bular
loyihaviy faoliyat olib borish uchun olinadigan litsenziya, ruxsatno-
malar va hukumat bilan kelishuv hujjatlari hisoblanadi.
Investitsion loyihalar risklarini pasaytirish uchun ularni boshqa-
rish zarur bo‘ladi. Nazariya va amaliyotda risklarni boshqarishning
to‘rt uslubi bor:
251
Risklarni o‘lchash. Bunda, asosan, risklarni tahlil qilish, ularni
tartiblash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Riskni bartaraf qilish va nazoratlash —
bunda shunday
boshqaruv olib borish lozimki, ishtirok etuvchilar riskning paydo
bo‘lishiga maksimal darajada ta’sir etmog‘i kerak yoki riskni pasay-
tirishga harakat qilishi lozim. Riskni nazorat qilish o‘z
ichiga
yo‘qotishlarni chegaralash bo‘yicha chora-tadbirlarni oladi.
Risklarni sug‘urtalash. Bu uslub, moliyaviy sug‘urta qoplama-
lari yordamida yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beradi.
Risklarni ko‘tarish. Bu uslubda risklilik darajasi kichik bo‘lgan
taqdirda, ularni ishtirokchilar tomonidan qoplanishini tushunish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: