2. Yuklarni oxirgi istemolchiga etkazib berishda transportning roli.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida turli ishlab chiqarish tarmoqlari vujudga keladi. Bunday tarmoqlarga er osti foydali qazilma boyliklarni ishlab chiqarish sanoati, qishloq xo‘jaligi, mahsulotlarga qayta ishlov berish sanoati, transport va shu kabilar kiradi.
Iqtisodiyotda transportning ahamiyatini ko‘rsatib berish bilan birga uning odamlar faoliyatiga oid ishlab chiqarish sohalaridan biri ekanligiga katta ahamiyat berish lozim.
Har bir sanoat o‘ziga xos moddiy-texnika bazasiga va ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlar ishlab chiqarishda mehnat vositalari, ishlab chiqarish jarayonining xarakteri, mehnatni tashkil qilish, ishchilar malakasi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning mamlakat iqtisodiyotida kasb etadigan ahamiyatida o‘z ifodasini topadi.
Transportning moddiy-texnika bazasi va iqtisodiy xususiyati boshqa tarmoq xususiyatlaridan jiddiy farq qiladi.
Mahsulotlarga qayta ishlov berish sanoati va qishloq xo‘jalik tarmoqlarida yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan tayyor mahsulotlardan ajralib turadi. Bu tarmoqlarda mehnat vositalari (binolar, mashinalar, uskunalar va hakozo) va mehnat ashyolari (xom ashyo, yarim mahsulotlar va shu kabilar) ishlatiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tugagandan so‘ng ular qiymat va iste’mol qiymati sifatida o‘zgaradi, faqat tashqi belgilarinigina o‘zgartirib qolmasdan, yangi fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Mahsulotlarga qayta ishlov berish sanoati va qishloq xo‘jalik tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilingunga qadar jamg‘arilib borishi va omborlarda saqlanib turilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonini tugallash uchun tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazish va realizatsiya qilish lozim. Bu esa asosan muomala doirasida amalga oshiriladi. Transport ishlab chiqarishning muomala sohasidagi davomi bo‘lib, u har bir ishlab chiqarish jarayonini nihoyasiga etkazadi.
Transport muomala doirasida tayyor mahsulotni tashish bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish jarayonini davom ettiradi va ishlab chiqarish doirasi bilan iste’mol doirasini bir-biriga bog‘lovchi vosita bo‘ladi.
Transport tarmog‘ida ham ishlab chiqarish jarayoni kishi mehnati va ishlab chiqarish vositalaridan unumli foydalanish orqali amalga oshiriladi, natijada mahsulotning yangi qiymati vujudga keladi. Demak, transport ham moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiradi. Lekin transportning ishlab chiqarish faoliyati quyidagi xususiyatlarga ko‘ra boshqa ishlab chiqarish tarmoqlaridan jiddiy farq qiladi:
1. Transport sohasidagi ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi boshqa tarmoqlar singari xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanilmaydi. Ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida tayyorlangan va bir erdan ikkinchi erga tashilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar transportning mehnat ashyosi hisoblanadi. Bu mahsulotlar tashilganda iste’mol qiymati sifatida ko‘paymaydi, faqatgina ularning qiymatiga qiymat qo‘shiladi.
2. Transport ishtirokisiz birorta ham ishlab chiqarish jarayoni bo‘lishi mumkin emas, transport har qanday ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismidir. SHuning uchun ham transportni ishlab chiqarish jarayonidan ajratib bo‘lmaydi.
3. Boshqacha qilib aytganda, agar transport biron mahsulotni ishlab chiqarish jarayonidan iste’mol jarayoniga etkazib bermasa, mahsulotni tayyor deb bo‘lmaydi, chunki bunday taqdirda iste’mol talabi qondirilmagan bo‘ladi. YAna shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishning har qanday mahsulot ishlab chiqaruvchi sohaga xarakterli bo‘lgan quyidagi uch elementi transportdagi ishlab chiqarishga ham taalluqlidir. Bularga mehnat yoki transport vositalari, mehnat ashyolari yoki transportda tashish ob’ektlari (yuk va passajirlar), kishilarning maqsadli faoliyati, ya’ni mehnati kiradi.
4. Transport ishlab chiqarish sohasidan biri bo‘lishi ustiga o‘ziga xos ishlab chiqarish jarayoniga va o‘z mahsulotiga ega bo‘lgan tarmoq hamdir. Transportdagi tashish jarayonining o‘zi transport mahsuli hisoblanadi.
5. Modomiki transportda moddiy shakldagi yangi mahsulot (iste’mol qiymati) yaratilmasin ekan, transport mahsulotini realizatsiya qilish va saqlash uchun ham qo‘shimcha mablag‘ talab qilinmaydi. Transport mahsulotini iste’mol qilish transport ishlab chiqarish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshadi. YUklar transport vositalari bilan birga harakatda bo‘ladi va uning ana shu harakati bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda namoyon bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaralganda, transport har qanday iste’mol mahsuloti yaratuvchi ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha murakkab sohadir.
6. Transportning yana bir o‘ziga xos xususiyati - ishlab chiqarish vositalarining doimiy harakatda bo‘lishidir (ya’ni dinamikligidir). Buni quyidagicha taqqoslash orqali ko‘rsatish mumkin, har qanday sanoat sohasining asosiy ishlab chiqarish vositalari (energetik jihozlar, ayrim dvigatellar, har xil mashina, dastgohlar va hakozo) bir erga doimiy o‘rnatilgan bo‘lib, o‘z mahsulotlarini korxonaning o‘zida ishlab chiqaradi. Transportda esa ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismi—lokomotivlar, vagonlar, avtomobillar, kemalar, samolyotlar har doim tashish ob’ektlari (odamlar va tovarlar)ni jo‘natish joylaridan etkazib berish joylariga tashishi shart, vaholanki tashish jarayoni tugallangandan so‘ng transportning shu joyga keragi ham bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda transport vositalari odamlar va tovarlar tashish uchun boshqa joylarga yuboriladi. Transport vositalari muntazam marshrutlarda yuk ortilgan holda yoki salt (bo‘sh) harakat qiladilar. Ishlab chiqarish jarayonida transportning bu xususiyati ko‘pincha yangi muommolar tug‘dirishi mumkin.
Mamlakat hududidagi tarqoq holda joylashgan, turli xil transport vositalari bo‘lgan transport korxona va xo‘jaliklarini juda katta dinamik tizim deyish mumkin. Ichki tuzilishi bo‘yicha transport sohalari barcha moddiy buyumlar ishlab chiqaruvchi sohalardan farq qiluvchi murakkab tizimdir. SHuni ham aytish kerakki, transport ishlab chiqarish tizimlari uchun yaratiladi. SHuning uchun ham transportning ishi va rivojlanishi, avvalo moddiy buyumlar ishlab chiqarish sohalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
YUqorida aytilganidek, yuk va passajirlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish transportning asosiy mahsulidir.
Transport jarayoni tushunchasi xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida qabul qilingan ishlab chiqarish jarayoni ma’nosida tushuniladi.
Transport vositalari harakatlanmaydigan vositalarga – avtomobil va temir yo‘llardagi ko‘priklar, transport tunnellari, yo‘l o‘tkazgichlar, hamda: harakatlanuvchi vositalarga – avtomobil, tyagach, lokomotiv, tirkama, yarim tirkama, kema, samolyot va boshqalarga bo‘linadi.
Transport korxonalarning katta-kichikligi va unda texnikaning rivojlanganlik darajasi, shu korxonaning potensial quvvatini bildiradi, lekin transport oldiga qo‘yiladigan vazifalarning bajarilishi uchun korxona potensial quvvatidan tashqari ish jarayonlari texnologiyasi, uni tashkil qilish va boshqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |