Mundarij a I. I o‘quv materiallar (ma’ruza)



Download 8,83 Mb.
bet104/138
Sana20.09.2021
Hajmi8,83 Mb.
#179785
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
Bog'liq
2 5408966548545080053

Texnologiya deyilganda operatsiyalarni bajarish va uni davom etish vaqti, uskuna hamda qurilmalarni ishlatish tartibi, mehnat sarfi tushuniladi. Odatda texnologiya tushunchasi korxonalarning ayrim bo‘limlari bajaradigan ishlar va ularning vazifalarini anglatadi.

  • Temir yo‘l bekatlari, dengiz, daryo portlari, aeroportlar va transportga taaluqli boshqa korxonalarda bajariladigan transport jarayonlari texnologiyasi esa ilgaridan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan rasmiy hujjatlarga asosan olib boriladi.

  • Transport jarayonini tashkil etish deyilganda – yuk passajirlar oqimi (potoki)ni o‘rganish, mijozlar bilan shartnomalar tuzish, yuk va passajirlarni tashish, yuk ortish - tushirish (passajirlarni chiqarish - tushirish)ni tashkil qilishga qaratilgan tashkilotlar ish uslublari tushuniladi.

  • Barcha transport turlarida yuk va passajirlar tashish jarayoni uch elementdan iborat bo‘ladi.

  • 1. Transport vositalariga yuk ortish,

  • 2. YUk va passajirlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish;

  • 3. Transport vositalardan yuk tushirish, passajirlarni tushishi yuk va passajirlarni bir joydan ikkinchi joyga tashishda ularni ortish (chiqarish) va tushirish operatsiyalari tashish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.

  • Tashish jarayoni elementiga yuklarni ekspeditsiya qilish operatsiyasi (ya’ni yukni qabul qilib olish, o’rash – bog’lash va markirovka qilish, qisqa vaqt saqlash, yo‘lda kuzatib borish va topshirish yoki bir transport turidan ikkinchisiga o‘tkazish, zaruriyatga qarab ayrim to’ovlarni bajarish, hujjatlarni rasmiylashtirish) ham kiradi.

    Bir tonna yuk ishlab chiqarishdan istemolchiga etib borguncha o‘rtacha hisobda olti martacha yaqin ortish tushirish operatsiyalari bo‘ladi. Agar ortish va tushirish operatsiyalari mexanizatsiya yordamisiz, ya’ni qo’l kuchi bilan bajariladigan bo’lsa, xarajatlar juda ko‘payib ketishi mumkin. Ortish – tushurishdagi xarajatlarni qisqartirish uchun turli mexanizmlar: kran, transportyor, yuklagichlar, uyib ortish mumkin bo‘lgan yuklarni tushirishda samosval avtomobillardan va boshqa shunga uxshash vositalardan foydalanish maksadga muvofiqdir. Bunday ishlarni amalga oshirishda yuklarni konteyiner va tagliklarda paketlab tashish, bir, transportdan ikkinchisiga o‘tkazmay, bir yo‘la manzilga etkazish ancha qulay va arzon bo‘ladi.

    • Tashishning ikkinchi elementi. Yuk va passajirlarni bir joydan ikkinchi joyga aynan tashish transportning bir yoki bir necha turi yordamida bajarish mumkin.

    • Agar tashish jarani birgina transport vositalari bilan tugallansa, bunday tashishni maxaliy tashish tizimi deyiladi.

    • Agar tashish jarayoni bir turdagi transportlarning bir necha korxonalar vositalari yordamida bajarilsa, bunday tashishlarni tuppa - to‘g‘ri tashish tizimi deyiladi.

    • Agar tashish jarayoni yagona transport tizimining bir necha (ikki yoki uch) turida bajarilsa, bunday tashishlarni aralash tizimi deb ataladi. Aralash tashish tizimi yuklarni bir trasnportdan ikkinchisiga o‘tkazishda tannarxining oshishiga sabab bo‘ladi.

    • Demak, tashishning ushbu funksiyasi uning bosh maqsadi – tovarni mo‘ljaldagi joyga tezroq, arzonroq va atrof muhitga nisbatan kam ziyon keltirish orqali etkazishni amalga oshiradi. SHuning bilan birga tashilayotgan yuk sifati va butligi saqlanishi lozim.

    • Transportning ikkinchi funksiyasi hisoblanuvchi yukni saqlash qayta ortish-tushirish operatsiyalarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda, omborxonalar etishmasligi holatlarida va yuk harakati yo‘nalishlari o‘zgarayotgan hollrda kuzatiladi. Bunda yukning yo‘lda bo‘lish vaqti oshadi.

    • Umuman olganda transport vositalarining yukni vaqtincha saqlash maqsadlarida ishlatilishi qimmatga tushadi, ammo logistik tizimning umumiy harajatlari nuqtai nazardan ayrim hollarda o‘zini oqlaydi. YUkni saqlashning boshqa yo‘li bo‘lmagan, yoki yukni etkazib berish muddatlari uzaytirilishi lozim bo‘lgan hollarda bu o‘zini oqlaydi.

    • Transport logistikasining asosiy tamoyili-xarajatlarni optimallashtirish hisoblanadi. Transportda bunga yuk tashish ko‘lami va yo‘nalishlar uzunligi hisobiga iqtisod qilish orqali erishiladi.

    • YUk tashish ko‘lami: yuk hajmi katta bo‘lgani uchun uning birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar kam bo‘ladi, chunki doimiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar, ortish-tushirish, xujjatlarni rasmiylashtirish va h.k.) kam bo‘ladi.

    • Yo‘nalishlar uzunligi hisobiga harajatlar masofa birligiga to‘g‘ri keluvchi chiqimlarning tegishli oqibatida kamayadi. Masalan, bir birlik yukni 800 km. Masofaga tashish, ikkiga bo‘lingan ushbu hajimdagi yukni 400 km. Masofaga tashishga nisbatan arzonroq bo‘ladi. CHunki har birlik yuk hajimga to‘g‘ri keluvchi solishtirma xarajatlar yuk tashish masofasi oshgani sari kamayib borish xarakteriga ega.


    • Download 8,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish