Mundarij a I. I o‘quv materiallar (ma’ruza)


Hozirgi zamon transport tizimi tushunchasi, uning tarkibi va tavsifi



Download 8,83 Mb.
bet102/138
Sana20.09.2021
Hajmi8,83 Mb.
#179785
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138
Bog'liq
2 5408966548545080053

6-Mavzu. Transport turlarining asosiy xususiyatlari. (2-soat)

1. Hozirgi zamon transport tizimi tushunchasi, uning tarkibi va tavsifi


Transport — mamlakat iqtisodiyotining yuk va passajirlar tashuvchi tarmog‘i bo‘lib, barcha moddiy boyliklar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar singari o‘z ishlab chiqarish jarayoni va mahsuliga egadir. YUk va passajirlarni bir erdan ikkinchi erga tashish bir vaqtning o‘zida transportning ishlab chiqarish jarayoni va uning mahsuli hisoblanadi. Fanda “transport” atamasi orqali yo‘llarda qatnayotgan transport vositalari oqimi birligi yoki tashish bilan bog‘liq bo‘lgan texnika vositalari kompleksi tushuniladi.

Transport tizimi-tashish jarayonida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi transportlar kompleksidir. Odatda “transport tizimi” atamasi biror davlatga, region yoki katta shaharga taalluqli ma’noda ishlatiladi. Hozirgi davr transport tizimi tarkibiga quyidagi transport turlari kiradi: temir yo‘l; dengiz; daryo; avtomobil; havo; quvur orqali yuborgich transporti. SHuningdek, transport tizimi tarkibiga shahar transporti va sanoat transporti vositalari ham kiradi.

SHahar ichida harakatlanuvchi turli transport komplekslari shahar transporti, sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa korxona ichki ishlarini bajaruvchi transportlar sanoat transporti deyiladi.

O‘zbekistonning yagona transport tizimi deyilganda, yuklarni ishlab chiqarish joylarlaridan iste’mol qilish joylariga etkazib berish, passajirlar tashish va ularga xizmat qilish uchun zarur bo‘lgan texnik qurilma va inshootlar, mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlaridagi har xil transport yo‘l vositalari va tarmoqlari (temir yo‘l va avtomobil vokzallari, daryo va dengiz portlari va hoqazo), korxona tashkilotlarga qarashli transport vositasi, yuk ortish-tushirish mashina va mexanizmlari, ulardagi texnik jihozlar va hokazolar majmui tushuniladi.

Transport yo‘l tarmoqlari-aholi yashovchi joylar va sanoat korxonalaridan tashqaridagi yuk va passajirlarni tashishga mo‘ljallangan barcha transport yo‘l kommunikatsiyalari yig‘indisidan iboratdir.

Texnik-iqtisodiy ma’noda “transport yo‘l tarmoqlari” deyilganda, mamlakat yoki uning biror qismi barcha transport turlari bilan ta’minlaganlik darajasi tushuniladi.

Magistral transport deyilganda, moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ularni iste’mol qiluvchi korxonalarning iqtisodiy aloqalari manfaatlari yo‘lida yuk va passajirlarni uzoq massfalarga tashuvchi transport tushuniladi. O‘zbekiston magistral transport tarkibiga temir yo‘l, avtomobil, daryo, havo, quvur orqali yuborgich transportlari kiradi.

Yo‘llar deyilganda, transport vositalari harakati uchun maxsus qurilgan (yoki moslangan) va jihozlangan temir yo‘llar, avtomobil, daryo va boshqa suv havzalari yo‘llari tushuniladi.

Transport uzeli deyilganda, turli transportlarning tutashadigan joylari tushuniladi. Bunday tutashadigan joylar, asosan, katta shaharlar, aholi yashaydigan joylar, sanoat va kurort markazlari hamda daryo portlari, avtomobil va temir yo‘l bekatlarida bo‘ladi.

Transport vositasi deyilganda, yuk va passajirlar tashishga mo‘ljalangan temir yo‘l va avtomobil transportidagi lokomotiv, vagon, avtomobil, tirkama, kema, samolyot va boshqalar tushuniladi.

Transportdagi texnika jihozlari va inshootlar deyilganda, transportga qarashli zavod (asosan, ta’mirlash zavodlari), ustaxonalar, omborlar, ortish-tushirish joylari, bekatlar, portlar, aeroport binolari, ulardagi asbob-uskunalar, yo‘l jihozlari, inshootlar (ko‘priklar, tonnellar, kanallar, shlyuzlar) va hakozo tushuniladi.

YUk oboroti-yuk tashish jarayonida bajariladigan ish bo‘lib, u tonnalarda o‘lchanuvchi tashilgan yuk hajmini o‘rtacha tashish oralig‘iga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘lchov birligi—tonna kilometr (tkm).

Passajir oboroti passajirlar tashish jarayonida bajariladigan ish bo‘lib, u tashilgan passajirlar sonini o‘rtacha tashish masofasiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘lchov birligi – passajir kilometr (pass.km).

1t yukni o‘rtacha tashish masofasi - har bir tonna yukni o‘rtacha tashish masofasi bo‘lib, u tonna kilometrlarda bajarilgan yuk oborotini tonna hisobida umumtashilgan yuk hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.



1 passajirni o‘rtacha tashish masofasi - har bir passajirning o‘rtacha hisobda yurgan masofasi bo‘lib, u barcha bajarilgan passajir oborotlarni umumtashilgan passajirlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish