9-rasm. Buking-varag‘ining o‘zbek tilidagi namunasi
Bron qilingan yuklar tashish uchun taqdim qilinmagan taqdirda liniyali kemachilikda yukni to‘liq yuklamaganlik yoki yukni taqdim qilmaganlik uchun zararni qoplash ko‘zda tutilmagan. Biroq kema egalarining manfaatlarini himoya qilish uchun yuklarning yirik partiyalarini bron qilishda yuk egasi va tashuvchi o‘rtasida yuk jo‘natuvchi va tashuvchining o‘zaro javobgarligini ko‘zda tutadigan buking-nota (booking-note) formasida ikki tomonlama kelishuvlar tuzilishi mumkin.
Terminallarda omborxona xizmatlari ko‘rsatish
Bitta transport tarmog‘i tugaydigan va boshqasi boshlanadigan, bu erda yukni bitta transport vositasidan boshqasiga uzatish amalga oshiriladigan terminallarda transport-ekspeditsiya operatsiyalarining asosiy hajmi bajariladi.
Aksariyat mamlakatlarda terminal xizmatlari ko‘rsatish (u daryo va dengiz portlari, aeroportlar va temir yo‘l stansiyalari, to‘plash va taqsimlash markazlari, konteyner terminallarini o‘z ichiga oladi) foyda ko‘rilmaydigan asosda quriladi. SHu sababli terminallarni qurishga davlat, munitsipal organlar, korporativ asosdagi xususiy kompaniyalar byudjet mablag‘lari, federal mablag‘lar va mahalliy mablag‘larni ajratadi (publictrust, publicagency). Xususiy terminallar ham quriladi, albatta. Ularning egalari sifatida sanoat korxonalari, yirik savdo va ekspeditorlik firmalari chiqadi.
Zamonaviy prichallar, qudratli kran xo‘jaligi, omborxonalar, kelish-ketish yo‘llari va boshqa kommunikatsiya tizimlari, zamonaviy aloqa vositalari va hokazolar bilan jihozlangan terminallarni ekspluatatsiya qilishning ko‘proq keng tarqalgan formasi ularni xususiy kompaniyalarga ijaraga berish bo‘lib hisoblanadi, xususiy kompaniyalarning o‘zlari transport vositalari va yuklarga xizmat ko‘rsatishning butun majmuasini tashkil qilib oladi. Ijara shartnomalari, qoidaga ko‘ra, barcha ijaradan foydalanuvchilar uchun identik (bir xil) bo‘lgan standart shartlar va tariflardan tarkib topadi. Mazkur tariflardan qandaydir bir chegirmalar konfidensial (sir tutiladigan) xarakterga ega bo‘ladi.
Transportdagi ilmiy-texnik revolyusiya terminal operatsiyalarining barcha tomonlariga tegib o‘tgan. Terminallarning o‘tmishda yuklarni o‘z vaqtida to‘plashni ta’minlash, tashish vositalarini kutish paytida ularni vaqtinchalik saqlashga qaratilgan omborxona xo‘jaligi, yuklarning bojxona rasmiylashtirilishi, transport vositasining keyingi harakat yo‘nalishi bo‘yicha yuklarni saralash imkoniyati hozirgi kunda korxonalarni markazlashgan holda yarim fabrikatlar, agregatlar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash uchun, shuningdek tayyor mahsulotlarni tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ulgurji va chakana savdo korxonalari o‘rtasida markazlashgan holda taqsimlash uchun ularni tobora mustahkamlanib borayotgan asosga aylantirmoqda.
Nazorat savollari
Terminal nima?
Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligi nimalardan iborat?
Korxonalarga majmuaviy transport xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan qanday talablar qo‘yiladi?
YUkni jo‘natishga buyurtmani rasmiylashtirish qay tarzda kechadi?
Terminalda omborxona xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari qaysilar?
Terminalda stividorlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |