124
Tushunchalar sinfini va shu sinf namunasini ifodalovchi deskriptorlar
orasidagi munosabatlarni belgilash maqsadida ―Yuqori namuna sinfi‖ va
―Quyi namuna‖ bog‗lanishlari tanlab olinadi.
Ayrim deskriptorlarga oid iyerarxik munosabatlarni o‗rnatish uchun
―Iyerarxiyaning bo‗linish jihatlari‖ belgisini ko‗rsatish mumkin. Masalan,
―Quyi ko‗rinish‖ munosabati asosida qurilgan iyerarxiyada mashina
yordamida tarjima ―yondashuv‖ belgisiga ko‗ra mashina yordamida
statistik tarjima, Qoidalarga asoslangan holda Mashina yordamidagi
tarjima va pretsendentlarga asoslangan holda mashina yordamidagi
tarjimalarga bo‗linadi, ―insonning ishtiroki darajasi‖ belgisiga ko‗ra –
to‗liq avtomatik tarjima va inson-mashina yordamidagi tarjimaga ajraladi.
Ko‗rinadiki, aynan bir deskriptor bir vaqtning o‗zida turli bog‗lanishlar
asosida qurilgan (―Yuqori‖, ―Yuqori-tur‖, ―Yuqori-butun‖)
va iyerarxik
bo‗linishning turli jihatlariga qarab bir nechta iyerarxik tushunchalarga
mansub bo‗lishi mumkin.
Deskriptorlar yordamida ifodalanayotgan tushunchalararo semantik
bog‗lanishlarning bir tilli ko‗rinishi (versiya)larida iyerarxik va birikmali
munosabatlar o‗rnatiladi.
Deskriptorlar o‗rtasidagi, iyerarxik va sinonimik munosabatlardan
farq qiluvchi bog‗lanishlar, ―bog‗liqlik‖ munosabati tomonidan
belgilanadi. Bunday munosabat deskriptorlar
orasida erkin assotsiativ
bog‗lanishlar, masalan, ―jarayon-obyekt‖, ―sabab-oqibat‖ va boshqa
ko‗rinishlardagi tobeliklarni aks ettiruvchi munosabatlarni hosil qilish
imkonini beradi.
Turli tildagi versiyalar deskriptorlarining teng ma‘noga ega ekanligini
ko‗rsatish uchun ular o‗rtasida ―boshqa tildagi ekvivalent‖ munosabati
o‗rnatiladi. Agar tushunchani boshqa tilda aynan bir deskriptor yordamida
ifodalash imkoni bo‗lmasa, unda standartga muvofiq ekvivalent sifatida bir
necha deskriptorlar kombinatsiyasi ko‗rsatiladi.
Tezaurusga kiritish uchun atamalar tanlash muammolari, shuningdek,
bir qancha sinonimik atamalar orasidan asosiy deskriptor-atamani tanlab
olish masalalari ushbu mavzu ustida ko‗proq ish olib BORIShni talab
qiladi. Tezaurusning elektron ko‗rinishi (versiyasi) amalga oshirilishining
o‗ziga xos xususiyatlarini tasvirlashda asosiy e‘tibor tezaurusda
qo‗llanadigan atamalar haqidagi ma‘lumotlar
tizimining mantiqiy bir
butunligini va ma‘lumotlardan foydalanishning qulayligini ta‘minlashga
qaratiladi.
O‗zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasini shakllantirish va
rivojlantirishda kompyuter tizimidagi ma‘lumotlar bazasi, terminlar
125
lug‗ati, boshqa lug‗at turlari o‗ziga xos o‗rin tutadi. Bir sohadagi
muammoni hal etish boshqa yo‗nalishdagi muammoning yechimi bilan
bog‗liq. Shunday ekan, o‗zbek tilshunosligining kompyuter lingvistikasiga
doir muammolari qisqa davrda hal etilishi mushkul bo‗lgan, yaxlit tizim
holatidagi ilmiy tadqiqotlarni talab etadigan masalalar ekanligi ma‘lum
bo‗ladi.
Kompyuter lingvistikasi
terminlarini izohlash, aniq va umum
tomonidan qabul qilingan ilmiy terminlar glossariylarini yaratish, sohaning
asosiy tushunchalari haqidagi ma‘lumotlar bazasini shakllantirish,
bilimlarni tizimlashtirish dolzarb hisoblanadi.
Tezaurus bilimlarni to‗plash va bir tizimga solish imkonini yaratar
ekan, ma‘lumot manbalari va shu tizimdagi axborotlarni ma‘noga ko‗ra
qidirish, nafaqat kompyuter lingvistikasi sohasi mutaxassislarini, balki,
umuman axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari faoliyatini
yengillashtirishi, bilim darajalarini oshirishi mumkin bo‗ladi.
Buning
uchun, dastavval, tezaurusning umumiy tuzilmasi, tezaurus manbalar
strukturasi va atamalar orasidagi bog‗liqliklar to‗plamini izohlash,
terminlar o‗rtasidagi munosabatlarni tanlash va aks ettirishdagi
muammolarga e‘tibor
qaratish, shuningdek, tezaurus terminologik
tizimining mantiqiy bir butunligini ta‘minlash lozim. Bu borada ingliz, rus
kompyuter lingvistikasida yaratilgan tadqiqotlar yo‗naltiruvchi manba
sifatida xizmat qiladi.
1
Tilga yoki tillarga yo‗naltirilganligiga qarab tezauruslar bir tilli va
ko‗p tilli bo‗lishi mumkin. Ikki til asosida tezaurus yaratish
tadqiqotchilarga keng imkoniyat yaratadi.
Kompyuter lingvistikasi
bo‗yicha rus-ingliz tezaurusi ko‗p tilli axborot-qidiruv tezaurusining bir
tilli to‗plami sifatida ishlab chiqilganida bir vaqtning o‗zida tezaurusning
bir-biriga mos keluvchi terminlari ko‗rinishlari – ingliz va rus tilidagi
ko‗rinish(versiya)larigina tahlil qilinadi.
Bir tilli versiyalarning har biri ISO 2788-1986 Xalqaro standarti,
GOST 7.25-2001 Davlatlararo standarti asosida ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: