128
tarjima
deskriptori bilan bog‗langanda sinonim qaytuvchi bog‗lanishining
yaratilishi sodir bo‗ladi
(mashina yordamida tarjima, avtomatik
tarjima
),
shuningdek,
avtomatik
tarjima
askriptoriga
boshqa
deskriptorlar bilan ―Qara‖ va ―Sinonim‖ bog‗lanishlarini
yuzaga
keltirishda cheklanganlik kuzatiladi.
Elektron
tezaurusdan
foydalanishni
osonlashtirish
maqsadida
foydalanuvchiga tezaurus tarkibidagi ma‘lumotlarni tarmoq ichida o‗zaro
bog‗langan obyektlar, ya‘ni tezaurus elementlari – atamalar (deskriptorlar
va askriptorlar), atamalar manbalarining ta'riflari va ularning tavsiflari
sifatida aks ettiruvchi foydalanuvchi veb-interfeysi yaratildi. Atamalarning
o‗ziga xos xususiyatlari to‗plami va ular o‗rtasida o‗rnatilgan
bog‗lanishlari yuqorida ta‘riflangan tezaurus tuzilmasiga muvofiqdir.
Tezaurusda qidiruv jarayoni foydalanuvchi uchun kerakli bo‗lgan
atamalarni tanlash, ularning ta‘riflarini (tezaurus maqolalarini)
barcha
tafsilotlari bilan birga ko‗rib chiqish, shuningdek, atama yoki uning ta‘rifi
uchrashi mumkin bo‗lgan manbalar (nashrlar va matnlar to‗plami) bilan
tanishish imkoni mavjud.
Foydalanuvchi uni axborotning
qaysi turi qiziqtirayotganini, ya‘ni
barcha
atamalarni,
deskriptorlarni,
askriptorlarni
yoki
atamalar
manbalarini ko‗rsatishi mumkin. Bunda unga tanlangan obyekt turi
bo‗yicha tezaurusda mavjud bo‗lgan axborot to‗liq holda, ushbu obyektga
yo‗llanmalar to‗plamiga ega bo‗lgan
html-
sahifa sifatida aks ettiriladi.
Muayyan obyekt va uning bog‗lanishlari haqidagi axborot ham
html
–
sahifa sifatida ifodalanadi. Bunda ushbu obyekt bilan bog‗langan obyektlar
sahifasida giperilova (giperssilka) ko‗rinishida
aks ettiriladi va ular
yordamida obyektlarning mayda tafsilotlarini ko‗rishga o‗tish mumkin.
Tezaurus bo‗ylab keyingi yo‗naltirish tezaurusning bir obyektidan ular
o‗rtasida mavjud bo‗lgan tezaurus (atamalar o‗rtasida) yoki bibliografik
(atamalar va manbalar o‗rtasidagi) munosabatlarni
aks ettiruvchi
bog‗lanishlarni inobatga olgan holda boshqa obyektlarga o‗tish jarayonini
aks ettiradi.
Tezaurusni tuzishning muhim jihati atamalar, ya‘ni tezaurusga
kiritiladigan ma‘lumotlarni
saralash
,
shuningdek, sinonimik atamalar
orasidan atama-deskriptorlarni tanlash uslubidir.
Kompyuter lingvistikasi bo‗yicha o‗zbek tiliga xos bo‗lgan tezaurusga
kiritish uchun atamalarni tanlash kompyuter
lingvistikasining yangi
yo‗nalish sifatidagi o‗ziga xos xususiyatlari va uning Rossiyada rivojlanish
holatiga aloqador masalalar bilan chambarchas bog‗langan. Bunda
129
umuman kompyuter lingvistikasini va rus
kompyuter lingvistikasini
tasvirlovchi quyidagi faktorlarni alohida ta‘kidlash zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: