116
1. Bir ko‗rinishli assotsiativ tezaurus.
2. Shaxsiy assotsiativ tezaurus (Y.N. Karaulov termini).
Assotsiativ tezauruslarning oddiy assotsiativ lug‗atlardan prinsipial
farqi quyidagilardan iborat:
a) assotsiativ lug‗atlarda rag‗batlantiruvchi omillar soni 100 - 200;
assotsiativ tezauruslarda esa – 1000ga yaqin.
b) oddiy assotsiativ lug‗at rag‗batlantiruvchi omillarni bir marotaba
taqdim qilish asosida quriladi; assotsiativ tezaurusni tuzish dasturi 3
bosqichni ko‗zda tutadi: birinchi bosqich an'anaviy
assotsiativ
tajribalardan farq qilmaydi (uning yakunida oddiy assotsiativ lug‗at hosil
bo‗ladi); ikkinchi bosqichda rag‗batlantiruvchi omil sifatida birinchi
bosqich jarayonlari asos bo‗ladi; uchinchi bosqich esa ikkinchi bosqich
jarayonlaridan foydalangan holda ikkinchi bosqichni qayta takrorlash
orqali amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichdan so‗ng assotsiativ semantik
kenglik berkitiladi, chunki jarayonlarda yangi so‗zlar va mazmunlarning
paydo bo‗lishi kuzatilmaydi.
Assotsiativ tezaurus shaxs (sotsium)ning tilga oid hayotini
boshqaruvchi nisbatan yopiq leksik-semantik va grammatik kenglikdir.
So‗zlik hajmi nuqtayi nazaridan qaraganda barcha mavjud tezauruslar
kichik lug‗atlar sirasiga kiradi,
vaholanki, u yoki bu ma‘lumotnomaga
kiritilgan leksik birliklar soni turlicha (150 ming – 800 ming atrofida).
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tematik, tematik-sistematik lug‗atlar,
sinonimlar, antonimlar lug‗ati va assotsiativ tezauruslar, asosan, kichik
hajmda chop etiladi.
O‗ziga xosligiga nisbatan qaraganda tezauruslar umumiy va maxsus
tezauruslarga bo‗linadi. Umumiy tezauruslar umumadabiy til leksikasini
ifodalaydi. Maxsus tezauruslar esa asosan, nutq uslublari leksikasini aks
ettiradi:
1. Adabiy til tezauruslari yozuvchi tili yoki alohida asar lug‗atlari,
evfemizmlar lug‗ati va boshqalar bilan ifodalangan bo‗lishi mumkin.
2. So‗zlashuv uslubi slenglar lug‗atida ifodalanadi.
3. Hududiy tilning o‗ziga xosligi shevaga oid ideografik lug‗atlarda
ifodalanadi.
4. Ilmiy til esa ilmiy-texnik tezauruslar (atamalar)da ifodalanadi.
Leksemalarni ishlab chiqish nuqtayi nazaridan qaraganda mavjud
tezauruslar uchta asosiy darajaga bo‗linadi:
1.Kumulyativ – ya‘ni leksemalar guruhini,
ularning qiymatlarini
ta‘riflamasdan turib ifodalaydi.
117
2.Definitiv – guruhdagi har bir leksik birlikning bir tildagi izohlarini
o‗z ichiga oladi (K. Marello termini);
3.Tarjimaga oid darajalanish – leksik birlikning mazmunini boshqa til
yordamida ochib beradi.
Hozircha kumulyativ tezauruslar ustunlikni saqlab turibdi. Bu, avvalo,
ideografik tezauruslarga taalluqli, chunki lug‗atning bu turi tashuvchilar
uchun mo‗ljallanganligi sababli tilning butun leksik ko‗rinishlarini o‗z
ichiga olishi lozim, ammo har bir leksik birlikni ta‘riflash uni
foydalanuvchi uchun noqulay qilib qo‗yar edi. Yangi avlod lug‗atlari
ko‗pincha ta‘riflarni o‗z ichiga oladi va definitiv tezauruslar guruhini
to‗ldiradi (asosan, analogik – o‗xshash tezauruslar).
Grammatik-stilistik malakaga, shuningdek, leksemalar faoliyatining
namoyishiga nisbatan mavjud tezauruslarni to‗liq
va tabaqalashtirilgan
(differensiatsiyalangan) tezauruslarga ajratish mumkin.
To‗liq tezauruslar mukammal qo‗shimcha semantik-funksional
tabiatga ega va suratlar bilan bezatilgan materiallarni o‗z ichiga oladi;
differensiatsiyalangan tezaurusda belgilar tizimi va tasviriy misollar
nisbatan kamroqdir.
Taqdim qilingan tillar soniga qarab tezauruslar bir va ikki tilli
tezauruslarga bo‗linadi.
Leksemalarni semantizatsiyalash uchun ishlatiladigan semiotik turdagi
vositalar nuqtayi nazaridan qaraganda, bosma nashrdan chiqarilgan
an‘anaviy tezauruslar, illyustrativ (rasmli) lug‗atlar va aralash semiotik
vositali lug‗atlar to‗g‗risida gapirish mumkin.
Dunyo leksikografiyasida
kombinatsiyalangan lug‗at yangilikdir. Uning asosiy xususiyati – bu
leksikani tashkil qilishning bir necha turlaridan foydalanilganidir.
So‗zlikdagi leksemalarning alfavitli tartibi, odatda, lug‗atda keltirilgan
leksik birliklar ularning ishlatilish sohasi yoki ular izohlaydigan
tushunchalarga qarab tezaurus-indekslar bilan muvofiqlashtiriladi. Shu
yo‗l
bilan
yaratilgan
lug‗atlar
sifatida
izohli-ideografik
(kombinatsiyalangan)
lug‗atlarni,
izohli-analogik
(o‗xshash)
(kombinatsiyalashtirilgan) lug‗atlarni va (potensial) izohli-assotsiativ
lug‗atlarni ko‗rsatish mumkin. Bir vaqtning o‗zida izohli, analogik
lug‗atlarni
va
bilvosita
bog‗lanishlar
lug‗atini
o‗z
ichida
mujassamlantiruvchi elektron kombinatsiyalashtirilgan lug‗atlar soni ortib
bormoqda. O‗z ichida ham lingvistik, ham ensiklopedik axborotlarni
mujassamlantiruvchi bir va ikki tilli maxsus lug‗atlar ham ommalashib
bormoqda; shu turdagi lug‗atlar, grafik ko‗rinishning
umumiyligi
jihatidan, ya‘ni alfavit bo‗yicha, shuningdek, tematik hosilalar bilan
118
ta‘minlangan leksikani sistemalashtiradi. Bundan tashqari, ilovalarning
giperizohli sistemasi tufayli foydalanuvchi denotativ bog‗langan
leksemalar, leksema-giponimlar (giperonimlar)dan foydalanishi mumkin.
Bunday lug‗at-tezauruslarni shartli ravishda lingvistik-ensiklopedik
kombinatsiyalashtirilgan lug‗atlar, deb atash mumkin. Bundan tashqari,
lug‗atlarning texnik imkoniyatlari tufayli leksemalarning qo‗shimcha
semantik-funksional
doirasi
kengaymoqda;
bunga,
masalan,
ovozlashtirilgan lug‗atlar, leksemalarning audioko‗rinishlarini beruvchi
lug‗aviy maqolalar misol bo‗la oladi.
Tezaurus – so‗zlar va ularning matndagi qo‗llanishi keltirilgan
maksimal darajada to‗liq lug‗at
hisoblanar ekan, unda bilimlar qaysi
sohada yaratilgan bo‗lsa, shu sohaga tegishli bo‗lgan so‗zlar mavzusiga
ko‗ra joylashtiriladi va leksik birliklar o‗rtasidagi semantik munosabatlar
ko‗rsatiladi. Axborot-qidiruv tezauruslarida matnning leksik birliklari
deskriptorlar bilan almashtiriladi.
Tezaurusning lug‗at tarkibidagi muhim vazifasi tezaurus – so‗zlar va
so‗z birikmalari o‗rtasidagi turli bog‗lanishlar (munosabatlar) haqidagi
axborotlarni saqlovchi ma‘lumotlar bazasi ekanligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: