Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari


Respublikasidagi istiqbollari……………………………………………………38



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

Respublikasidagi istiqbollari……………………………………………………38 
3.1. Xorijiy mamlakatlar huquq tizimida voyaga yetganlik va emansipatsiya qilish 
institutining o’rni……………………………………………………………….…38 
3.2. O‘zbekiston Respublikasida emansipatsiya institutini qo‘llash masalalarining 
muammolari va istiqbollari...…………………………………………………..….46 
Xulosa………………………………………………………………………….…66 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….70



K I R I S H 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Mustaqilligimiz qo‘lga kiritilganidan so‘ng barcha sohalarda bo‘lgani kabi 
Respublikamiz qonunchiligida ham yangilanish davri ro‘y berdi. Sobiq SSSR 
davrida qabul qilingan va majburiy ravishda sinfiylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan 
qator qonun loyihalari milliy istiqlol g‘oyalari ruhida qaytadan qabul qilindi. 
Ko‘pdan beri orzu qilib kelingan va o‘zbek xalqining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini to‘la himoya qiladigan yangi “o‘zbek qonunchiligi” vujudga keldi. 
Mazkur qonunchilikda davlat va jamiyat rivojining haqiqiy istiqbollarini chin 
ma’noda belgilovchi barcha mezonlar mujassamlashgan. Bundan tashqari, 
dunyodagi rivojlanayotgan davlatlari qatoriga qo‘shilish ayniqsa, qonunchilik 
jarayonini zamonaviylashtirish, xalqning milliy urf-odatlari, an’analari va 
qadriyatlarini yuksaltirish sari qo‘yilgan qadamlar diqqatga sazovordir. 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sodir bo‘layotgan siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar insonning jamiyatdagi rolini tubdan o‘zgartirdi. XX asrning 
oxirgi va XXI asrning boshlanishidagi birinchi besh yilliklar BMT tomonidan 
“Inson huquqlari o‘n yilligi” deya e’lon qilinganligi, kishilik jamiyati esa yangi 
ming yillikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog‘lab 
o‘tayotganligi bejiz emas. Hozirgi O‘zbekistonda inson manfaatlari va
haq-huquqlarini ro‘yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini 
ustuvor qilish bilan bog‘liq faoliyatlar butun jahonda bu boradagi umumiy 
hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda. Insonning 
butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o‘z qadrini kamolga yetkazish, 
o‘zgalar, jamiyat, zamon va undagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar qadrini 
anglashga intilish jarayonidan iboratdir. O‘z shaxsi va boshqalar qadrini anglab 
yetish uchun insonning hayoti davomida shakllangan ma’naviy qiyofasi va dunyosi 
ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi, uning o‘zi esa 
hayotning mohiyati va maqsadini to‘g‘ri anglaydigan darajada tarbiyalangan 
bo‘lmog‘i lozim. Ushbu ma’noda, Suqrotning “O‘z o‘zingni angla!” — shiori 



g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi 
jarayonlar, ijtimoiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan dialektik aloqadorlikda namoyon 
bo‘ladi. Muhit va davr talablari shaxs qadrini shakllantirib, sayqallab boradi, uning 
o‘zi esa o‘z qadrining shaxsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar 
aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi. 
Mamlakatning har tomonlama farovonligi fuqarolarning tashabbusi bilan 
bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida e’lon qilingan xususiy mulk, 
tadbirkorlik erkinligi, insonning ijodiy faoliyati, uning o‘zini o‘zi anglashi uchun 
haqiqiy asos yaratadi. 
Xususan, 2005-yildan boshlab Respublikamizda ikki palatali parlamentning 
o‘z ish faoliyatini boshlashi bundan keyingi qonunchiligimiz bekamu-ko‘st hamda 
mukammal bo‘lishligini kafolatlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, yuridik sohada 
markaziy o‘rinda turadigan Fuqarolik huquqi, Moliya huquqi, Ma’muriy huquq, 
Iqtisod huquqi va Iqtisodiy protsessual huquqi soxalarida olib borilayotgan 
islohotlar hamda Jinoyat huquqi, Jinoyat prosessual huquqi sohalaridagi 
liberallashtirish jarayonlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Jinoyat kodeksi, 
Jinoyat protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga 
o‘zgartirishlar kiritilishi bilan bir qatorda Fuqarolik va Fuqarolik protsessual 
kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarni bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Eng 
muhimi kiritilayotgan har bir yangilik birinchi navbatda inson va uning huquq 
hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishi 
shart. Shuni ham aytish kerakki, huquqning eng murakkab va juda zarur 
sohalaridan biri bo‘lgan Fuqarolik huquqining ayrim institutlarini bugungi kunda 
tubdan ko‘rib chiqish lozim. Chunki zamon o‘zgarishi va rivojlanishning 
progressiv darajada o‘sishi muayyan huquqiy institutlarni jadal harakatga keltirish 
va qayta ko‘rib chiqishni taqozo qiladi.
Fuqarolarning huquqiy maqomini belgilovchi umumiy konstitutsiyaviy 
qoidalar huquqning tarmoq normalarida va birinchi navbatda, bozor iqtisodiy 



munosabatlarining huquqiy asosi bo‘lgan fuqarolik qonunchiligida o‘zining 
konkretlashuvini topdi. 
Jumladan, fuqarolik huquqida voyaga yetgan shaxslar va voyaga 
yetmaganlarning emansipatsiya qilinishi natijasida yuzaga keladigan huquq va 
majburiyatlari huquqiy, nazariy hamda amaliy jihatdan bir xil.
Tanlangan mavzuning ahamiyatliligi quyidagilar bilan izohlanadi: 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish