Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

Psixologik mezon -
bola psixologiyasi bilan shug’ullanish shuni 
ko’rsatadiki, unda shaxs rivojlanish bilan bir qatorda uning ruhiy yetukligi parallel 
ravishda kechadi. Agar ulardan birontasi o’sish davrida oldinga yoki keyinga qarab 
ketsa, bolaning rivojlanish temperamenti o’zining yo’nalishini yo’qotadi. 
1.2 Emansipatsiya holatining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari 
va hozirgi qonunchilikda qo‘llanishdagi ayrim jihatlar
I. Yahudiylar va emansipasiya. 
Emansipasiya atamasining fanga, umuman olganda jamiyat hayotiga, ya’ni 
ijtimoiy hayotga kirib kelishida eng buyuk tarixiy shaxslardan biri bo‘lgan 
Lyudvik VI ning hissasi benihoyat kattadir. U o‘z mamlakatida har tomonlama 
siquvga olingan, ko‘pgina huquqlari va erkinliklari cheklab qo‘yilgan 
yahudiylarning huquqiy holatini xuddi protestantlarning huquqiy xolatidek 
yaxshilamoqchi bo‘ladi. 
1782 yilda qirol Lyudvik VI yahudiylarga taalluqli Edikt qabul qildi. Bu akt 
kutilganidek, jamiyatda, ya’ni odamlar orasida bir qancha qarama-qarshiliklar va 
kelishmovchiliklarni yuzaga keltirdi. Asosan protestantlardan iborat bo‘lgan Parij 
parlamenti mazkur Ediktni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘liq rad etdi. Chunki ushbu 
hujjat yahudiylarning Qirollik hududida bemalol, hech qanday to‘siqlarsiz yashash 
huquqini jamoatchilik tomonidan tan olinishiga olib kelardi. Yahudiylar aholisiga 


14 
qarshi norozilik Elzas va Lotaringiya shaharlarida kuchli bo‘lib, 
“Yahudiylar 
juda ko‘payib, ularning sudxo‘rligi qishloq axolisini xonavayron qilmoqda”
degan bahonalar bilan ularni siqib chiqarish nihoyatda avj oldi. 
Asl kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan va ayni paytda Fransiya fuqarolari 
hisoblangan Tula va Motso o‘zlarining daftarlarida: “Yahudiylarga o‘zlarining 
ehtiyojlarini qondiradigan barcha halol yo‘llar man qilingan va ularga hazrati
oliylarining barcha fuqarolari singari erkin kasb bilan shug‘ullanishlariga ruxsat 
berilmagan”
6
deb yozib qoldirganlar. 
Elzasda sodir bo‘lgan 1789 yil iyul oyidagi qirg‘inga oid “Buyuk dahshat” 
voqeasidan so‘ng minglab yahudiylar qo‘shni Shvetysariyaga ketishga majbur 
bo‘ldilar. Bu vaqtda Fransiyada yashash faoliyati va turmush tarzi bilan bir-biridan 
farq qiluvchi har xil yahudiylar paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular madaniy ijtimoiy 
soxada yagona xususiyatga ega edilar. Bundan tashqari XIX asrning boshlarida 
Parijda yuzlab “yarim yashirin” yahudiylar, yaʼni yangi g‘oyani qo‘llab-
quvvatlaydiganlar paydo bo‘ldi. Sharqdan nemis yahudiylari o‘zlarining vakillarini 
«karam va echki muammosini» yechish uchun jo‘natib, cheklangan huquqlarni 
bekor qilishga bir vaqtda o‘zlarining umumiy avtonomiyalarga, ichki qonunlariga 
va ortodaksal anʼanalariga erishishga harakat qildilar. Mazkur harakat bir necha yil 
davom etdi va ko‘zlangan maqsadga oz bo‘lsa-da erishildi. 
Oradan ancha vaqt o‘tib, aniqrog‘i, Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi muhokama qilinayotganda protestantlar tomonidan rasmiy vakil 
sifatida ko‘rsatilgan siyosatchi Rabo de Sent-Etyen yahudiylarning barcha bilan 
huquqiy jihatdan tengligini kafolatlaydigan huquqlar berish kerakligini ilgari 
suradi. U o‘zining dindoshlarini himoya qilish bilan bir vaqtda yahudiylarni 
Osiyodan surgun qilingan xalq deb ataydi va ushbu so‘zlarni aytadi: “Men 
Osiyodan surgun qilingan xalqni, yaʼni doimiy hududga ega bo‘lmagan sakkiz 
asrdan buyon taʼqib qilinayotgan mazkur xalq uchun huquq va erkinliklarni 
6
Анна Новикова;. Эмансипация евреев Западной Европы в конце XVIII – XIX веках;.2014


15 
so‘rayman. Bu xalq urf-odatlarimiz belgisi, agar bizning qonun ular bilan bizni 
qo‘shilishga ruxsat bersa uni muhokama qilishdan maʼno yo‘q. Chunki bizlar uzoq 
vaqt davomida ularga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lganmiz”.
7
Yahudiylar emansipatsiyasining tarafdorlaridan, shuningdek, Abbat Greguar 
“Yahudiylar tushkunlikka uchramoqda, ular varvar qonunlariga bo‘ysunmoqdalar, 
maʼrifatning buyuk qoidalariga muvofiq ular qonunlarni tiklash va isloh qilishga 
harakat qilmoqda”. Hatto cherkov ruhoniysi bo‘lgan Robesper ham yahudiylar 
to‘grisida shunday deydi: “Bunday xo‘rlashdan so‘ng shunday yahudiylar 
tug‘iladiki, yaxshi fazilatlarga ega bo‘lishni o‘zingiz ko‘rasiz...”. 
Portugal yahudiylarining o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgan 
mustaqil harakatlari natijasida 1790 yilning 28 yanvarida bogaqalar bilan teng 
huquqlarga ega bo‘lishdi. 1791 yil 27 sentyabrda Konstitutsiyaviy Majlis yopiq 
majlisida bir ovozdan yahudiylarning emansipatsiyasi haqida qonun qabul qilindi. 
Majlisda raislik qiluvchi Gene-de Sen-Jon de Anjele ogohlantirish bilan chiqib: 
“Men hammani tartibga rioya qilishini talab qilaman. Kim bu taklifga eʼtiroz 
bildirsa konstitutsiyaga qarshi chiqqandek qo‘l ko‘tarsin”. 
Yahudiy bo‘lgan abbat Jozef Lyukman bu voqeadan yuz yil o‘tgandan so‘ng 
o‘zining xotira daftarida yozib qoldirdi: “Bu kun biz uchun juda adolatli bo‘lgan”. 
Napoleon Italiya yahudiylarining asosiy qismiga huquqlar olib berdi. Faqat 
papa davlatiga tegishli yahudiylar bundan bahramand bo‘la olishmadi. 
Amsterdamning yahudiylari ham o‘zlarining huquqiy maqomini oldi, ammo 
siyosiy huquqlarini qo‘lga kirita olmadi. 
Fransiya Yevropada yahudiylarni emansipatsiya qilinishida muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish