1.2
.
Fuqarolarning muomala layoqatida emansipatsiyaning tutgan o‘rni.
Shaxsning muomalaga layoqatli ekanligi asosan ikkita mezon bilan
belgilanadi.
1. Belgilangan yoshga yetganlik (18 yosh);
2. Aqli rasoligi, yaʼni shaxsning o‘z harakatlarining ijtimoiy xususiyatlarini
anglashi va ularni boshqara olishidir. Bunda odamning ruhiy jihatdan sog‘lom
ekanligi nazarda tutiladi.
Yuqoridagi mezon talablari odamda to‘liq mavjud bo‘lsagina u muomalaga
layoqatli hisoblanadi. Umuman olganda muomala layoqati fuqarolarning o‘z
harakatlari bilan fuqarolik huquqlari, burchlari va majburiyatlariga ega bo‘lishi,
ularni o‘zgartirish va bekor qilish mumkin bo‘lgan layoqatidir. Boshqacha
23
aytganda, muomala layoqati har bir fuqaroning o‘z imkoniyatini, salohiyatini
yuzaga chiqaradigan layoqatdir. Fuqarolarning muomala layoqati voyaga yetishi
bilan boshlanadi. Ularning voyaga yetishi esa aytib o‘tilganidek, qonun hujjatlarida
belgilangan yosh senzi asosida aniqlanadi. Huquq layoqati esa muomala
layoqatidan tubdan farq qiladi. Ko‘pchilik ushbu ikkala tushunchani bir-biri bilan
almashtiradilar. Vaholanki, huquq va muomala layoqati boshqa-boshqa davrlarda
paydo bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shuki, huquq layoqati paydo bo‘lishi
uchun hech qanday talab qo‘yilmaydi u shaxs tug‘ilganidan boshlab vujudga keladi
va bunda har bir shaxs o‘ziga berilgan barcha huquqlarga ega bo‘ladi.
Huquq layoqati - barcha huquqlarning bir butun yig‘indisi emas, balki
fuqarolarning huquq va majburiyatlarini o‘z zimmalariga olishining huquqiy
asosidan iboratdir .
Muomala layoqatining muhim elementi mustaqil bitim tuzish qobiliyati va
mustaqil
mulkiy
javobgar
bo‘lish
shijoati
hisoblanadi.
Amaldagi
qonunchiligimizga ko‘ra, fuqaro voyaga yetgan deb hisoblanishi uchun o‘n sakkiz
yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining
22-moddasi). Bu yosh senzi xalqaro hujjatlarda ham o‘n sakkiz yosh qilib
belgilangan. Masalan, BMTning 1989 yilda qabul qilingan “Bola huquqlari
to‘g‘risida”gi Konvensiyasining 1-moddasida ham o‘n sakkiz yoshdan boshlab
odamzot bola emas, voyaga yetgan deb hisoblanishi taʼkidlangan. Shu bilan birga,
fuqaroni voyaga yetgan deb hisoblash uchun qonun hujjatlarida o‘n sakkiz yoshdan
kichik yosh ham belgilanishi mumkin. Bunda qonun hujjatlarida bir qator shartlar
belgilangan. Ana shu shartlar asosida fuqaro o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan oldin
ham voyaga yetgan deb hisoblanishi mumkin. Misol uchun, emansipatsiya
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 28-moddasi) va voyaga
yetgunga qadar qonuniy nikohdan o‘tish (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Kodeksining 22-moddasi) hollarida shunday bo‘ladi.
Faqat voyaga yetgan fuqarogina to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi,
yaʼni o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga
24
oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish
layoqatiga ega bo‘ladi.
Garchi muomala layoqatiga fuqarolar o‘n sakkiz yoshga to‘lishi bilan to‘liq
ravishda ega bo‘lsa-da, ularning o‘z harakati bilan fuqarolik huquqiga ega bo‘lishi
va amalga oshirishi o‘zlari uchun fuqarolik burchini vujudga keltirishi orqali ularni
bajarish layoqati qisman bo‘lsada, oldinrok boshlanadi. Har bir fuqaro o‘zining
huquq va manfaatlarini o‘zi himoya qiladi. Ammo voyaga yetmagan o‘n sakkiz
yoshga to‘lmagan bolalarning huquqlari va manfaatlarini ularning qonuniy
vakillari bo‘lgan ota-onalari, farzandlikka olganlar, vasiy va homiylar himoya
qiladilar .
Fuqarolik huquqi nazariyasida fuqarolik muomala layoqati yosh senzi
bo‘yicha quyidagi uch bosqichga bo‘linadi:
— o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 29-moddasi);
— o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning
muomala layoqati;
— to‘la muomala layoqati (umumiy asosda- o‘n sakkiz yosh, zarur hollarda
mahalliy hokimiyat idoralari ruxsati bilan nikoh munosabatlariga kirishilganda
yigitlar uchun o‘n yetti yosh, qizlar uchun- o‘n olti yosh, emansipatsiya- o‘n olti
yosh).
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, voyaga yetmagan kichik yoshdagi bolalar
muomalaga layoqatsiz hisoblanadi va ular uchun bitimlarni ularning nomidan faqat
ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Lekin
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 29-moddasining 2-qismida o‘n to‘rt
yoshga to‘lmagan, voyaga yetmagan kichik yoshdagi bolalarning o‘zlari uchun
fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltiruvchi baʼzi harakatlarni mustaqil
amalga oshirish mumkinligi belgilangan. Bu moddaga ko‘ra, ular quyidagilarni
amalga oshiradi:
1. Mayda maishiy bitimlar.
25
2.Tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar.
3. Qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan
muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish borasidagi bitimni mustaqil tuzish.
Kichik yoshdagi bolalar mustaqil tuza oladigan mayda maishiy bitim
deganda, bola yoki uning oila aʼzolarining odatdagi, har kungi ehtiyojini
qondirishga qaratilgan va yuqori bo‘lmagan bahodagi bitimlar tushuniladi.
Bitimning mayda maishiy bitim ekanini belgilovchi ikki shart mavjud.
1) Bitim odatdagi, yaʼni har kungi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan
bo‘lishi;
2) Bitim qiymatining yuqori darajada bo‘lmasligi.
Lekin shu ikkala shartdan faqat ehtiyojlarni belgilovchi mezongina
fuqarolik huquqi nazariyasida bahs-munozaraga sabab bo‘lmaydi. Chunki kichik
yoshdagi bola do‘kondan non, gugurt. sut, ruchka, qalam, daftar yoki shunga
o‘xshash mayda ehtiyojlarni qondiruvchi narsalarni xarid qilishi mumkin.
Umumiy qoidaga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar
uchun bitimlarni ularning nomidan ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki
vasiylari tuzadilar. Kichik yoshdagi bolalarning bitim yuzasidan yoki boshqa
asoslarda yetkazgan zararlari uchun ularning qonuniy vakillari javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 23-moddasi, 3-qismiga ko‘ra,
kichik yoshdagi bolaning bitimlari bo‘yicha, jumladan, o‘zi mustaqil tuzgan
bitimlar bo‘yicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar ayblari yo‘qligini
isbotlay olmasa, mulkiy javobgar bo‘ladi.
Shu bilan birga, kichik yoshdagi bola yetkazgan zarari uchun tegishli
tarbiya, davolash muassasasi, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasi, o‘quv
yurti yoki shartnoma asosida nazoratni amalga oshiruvchi shaxs javob beradi. Agar
shaxs nazorati ostida turgan vaqtda yetkazilgan zarar uning nazoratni amalga
oshirishdagi aybi bilan yetkazilmaganini isbotlay olmasa, zarar uchun javobgar
bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 993-moddasi).
26
Kichik yoshdagi bolalarning fuqarolik muomalaga layoqati, fikrimizcha, hali
keng va batafsil tadqiq etilishi, o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzudir .
Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatda, avvalo, fuqarolarning huquqlarini
taʼminlashga eʼtibor qaratiladi. Aksariyat hollarda inson huquqlari, fuqarolar
huquqlari deyilganda katta yoshdagi aholi nazarda tutiladi-yu, bolalar diqqatdan
chetda qoladi. Ammo jamiyatning asosiy tayanchi va suyanchi hisoblangan
bolalarga eʼtibor bermay ilojimiz yo‘q. Bolalar huquqlari bilan bog‘liq masalalar
bugunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Ko‘pgina davlatlar oliy organlari tomonidan ratifikatsiya qilingan “Bola
huquqlari to‘grisida”gi Konvensiyaga binoan har bir bola tug‘ilishi bilan ismga ega
bo‘lish, fuqarolikni olish, ota-onasining kimligini bilish hamda ular tomonidan
g‘amxo‘rlikka olinish huquqlariga ega. Bundan tashqari, har bir bola erkin va
daxlsiz bo‘lib, oilada yaxshi sharoit muhayyo etilgan taqdirda ota-onasi bilan
yashashga haqli. Bola o‘z dunyoqarashini kengaytirishi uchun maʼlumot to‘plashi,
boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatishi, uyushmalarga aʼzo bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, har bir farzand o‘z shaxsiy, oilaviy hayotiga, yozishmalar, telefonda
so‘zlashuvlarga aralashishlardan himoyalanish huquqiga ega. Nogiron, yetim
bolalarga jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib ketishlari, ruhan ezilmasliklari uchun
alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Bola
jismoniy, aqliy, ruhiy, maʼnaviy, ijtimoiy kamoloti uchun yetarli hayot darajasiga
ega bo‘lish, taʼlim olish huquqiga ega. Bu talablarni bajarish ota-onalarga
yuklatilgan yuksak masʼuliyatdir.
Taʼlim bolaning jismoniy, aqliy iqtidoridan kelib chiqqan holda, uning ongi
shakllanishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishiga xizmat qilishi darkor.
Bolaning fikrlash, so‘z va eʼtiqod erkinligi, dam olish huquqi, ilmiy-texnikaviy
ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi davlat tomonidan
kafolatlanadi.
Bolaning yashashi, kamol topishi uchun oila asosiy makon hisoblanadi.
Shuning uchun ham, Oila kodeksining 2-moddasiga ko‘ra, ota-ona zimmasiga
27
bolaning farovon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g‘amxo‘rlik qilish,
uning huquq va manfaatlarini himoyalash vazifasi yuklatilgan. Oilaning ichki
hayotiga, bolalar tarbiyasiga boshqalarning o‘zboshimchalik bilan aralashishiga,
tarbiyasiga salbiy taʼsir o‘tkazishga qonun yo‘l qo‘ymaydi. Agar bolaning
huquqlari kamsitilsa, bunday oilaga nisbatan qonun yo‘li bilan taʼsir ko‘rsatishga,
ota-onaning huquqlarini cheklashga, hatto ularga ota-onalik huquqidan mahrum
qilish chorasini qo‘llashga ham to‘g‘ri keladi.
Voyaga yetmagan bolalarning o‘z ota-onalari tomonidan parvarish qilinishi,
manfaatlarining taʼminlanishi, ota-ona bilan oilada birga yashashi ularning har
tomonlama kamol topishiga, insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinishiga,
yaxshilik va muruvvat tuyg‘ulari asosida tarbiyalanishlariga imkon beradi.
Bolalarning huquqlarini kamsitish, ular bilan qo‘pol muomalada bo‘lish, ularga
jismoniy azob berish va ularning manfaatlariga zid boshqa g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlar qonun bilan qoralanadi va tegishli javobgarlikka tortilishga sabab
bo‘ladi.
Voyaga yetmagan bolalar o‘z ota-onalari bilan bir oilada yashashi va
tarbiyalanishi uchun, avvalo, bola o‘zining ota-onasini bilishi, tanishi kerak.
Bolalarning o‘z ota-onasini bilishi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi BMT
Konvensiyasining 7-moddasida nazarda tutilgan. Bolaning ota yoki onasi deganda,
qonuniy nikohda turgan erkak va ayol yoki qonun bilan belgilangan tartibda otaligi
yoki onaligi aniqlanib, fuqarolik holati dalolatnomalarida ota va onasi sifatida qayd
etilgan shaxslar tushuniladi. Baʼzi hollarda (masalan, bola topilgan yoki
farzandlikka olingan bo‘lib, bu narsa sir saqlansa) bola uchun o‘z ota-onasini bilish
huquqidan foydalanish imkoniyati bo‘lmasligi ham mumkin.
Har bir bola oilada ota-onasi g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega
deganda, bolani oziq-ovqat, davolanish, kiyim-kechak, o‘quv qurollari, uning
yashashi va bilim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa narsalar bilan taʼminlanishi
nazarda tutiladi.
28
Ota-onaning ota-onalik huquqidan mahrum etilishi yoki boshqa sabablarga
ko‘ra, ota-ona tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarning oilada
tarbiyalanish huquqini taʼminlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga
yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi ikkinchi
kismida “Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan
mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni taʼminlaydi”, deyilgan.
Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga
yetmagan bolalarni farzandlikka, oilaga tarbiyaga berish (patronat) yo‘li bilan
ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydalanishini taʼminlaydi.
Bu borada so‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun,
farmoyish va qarorlar kabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1993 yil 4 martda ““Sog‘lom avlod uchun” ordenini taʼsis etish
to‘g‘risida”gi. 1994 yil 16 iyundagi “Bolali onalarga davlat ijtimoiy yordami
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 1994 yil 22 avgustdagi “Kam
taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar
to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator farmonlar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001 yil 4 yanvardagi
farmoyishining hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning, shu jumladan, yosh avlodning
huquqiy savodxonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Yangi asrning ilk yili
“Ona va bola” yili deb eʼlon kilinishi bolalarga, o‘sayotgan avlodga bo‘lgan
yuksak ishonch va umidning dalolatidir. Yuqorida aytib o‘tilganlar butun davlat
miqyosida amalga oshirilgan ishlar bo‘lsa, qonunchiligimizda bu borada olib
borilayotgan o‘zgartirishlar va yangilanishlarni, ayniqsa fuqarolik huquqida
mazkur sohaga (bolalar huquqlariga) oid qonun normalarini bir ko‘zdan kechirib
chiqsak muayyan bir fikr va to‘xtamga kelish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidek har bir fuqaro
o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga
oshirishi va o‘z burchlarini bajarishi mumkin. Ayrim bir holatlarda mamlakatning
29
yosh aholisini ya’ni o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslar jamoatchilik
bilan aloqalarda faol ishtirok eta olishi ham mumkin. Rus qonunshunos olimi
Gabriel Feliksovich Shershenevich takidlaganidek “shaxs qonuniy muddatdan
oldin balog‘atga yetishi mumkin, keyin esa uni ota-ona yoki vasiy ostida o‘z
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashishi qiyin bo‘ladi; aksincha, inson
balog‘atga yetgandan keyin ham aqliy jihatdan rivojlanmagan holda qolishi
mumkin, shunda uni ota-ona yoki vasiysiz qoldirish xavflidir
11
” deb ta’kidlab
o‘tgan.
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni fuqarolik-huquqiy
munosabatlarning mustaqil ishtirokchisi sifatida erta e’tirof etish zarurati mavjud
voqelik bilan bog‘liq bo‘lib, bu zamonaviy shaxsdan o‘z jamiyatining
muvaffaqiyatli, munosib a’zosi bo‘lishini talab qiladi, uning irodasi yuqori
darajada rivojlangan hokimiyatni qurishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish
uchun davlat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umumiy
majburiy normalarni chiqarish yoki ruxsat berish orqali jamoat irodasini
shakllantiradi. Huquqning mazmuni va mohiyati jamiyat taraqqiyotining muayyan
bosqichidagi iqtisodiy tuzilishi, siyosat, axloq, huquqiy ong, fan, madaniyat va
ijtimoiy hayotning boshqa voqeliklari, erishilgan sivilizatsiya darajasi bilan
belgilanadi.
Bozor munosabatlarini tartibga solish va buning natijasida o‘n olti yoshga
to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni muomalaga layoqatli deb topish imkoniyati
zamonaviylikka erishgan madaniyat darajasining namoyon bo‘lishidan boshqa
narsa emas va ijtimoiy munosabatlarga ta’sir qilishi ham mumkin. Hozirda
O‘zbekiston Respublikasi demokratiyani, jamiyatning axloqiy asoslarini, ma’naviy
qadriyatlarni, inson huquqlari va erkinliklarini rivojlantirish yo‘lidan bormoqda.
Har bir inson erkin kasb tanlashi, istalgan turdagi xo‘jalik faoliyati bilan
shug‘ullanishi, istalgan mulkka ega bo‘lishi, yashash joyini tanlashi, balog‘at
yoshining boshlanishini kutmasdan, fuqarolik aylanmasiga muddatidan avval jalb
11
Shershenevich G.F. Rossiya fuqarolik huquqi bo’yicha darslik. 1912 yil
30
etilishi mumkin. Emansipatsiya huquqiy hodisa bo‘lib, u orqali nafaqat huquqiy,
balki shaxsning ijtimoiy mavqei, uning jamiyatdagi o‘rni ham o‘zgaradi.
Bugungi kunda davlat tomonidan shaxs huquq va erkinliklarini ijtimoiy-
iqtisodiy kafolatlash mexanizmi yaratilayotgani tobora e’tirof etilmoqda.
Zamonaviy huquqiy ong sharoitida jamiyat bir hil insonlardan tashkil topmagan,
balki individuallik huquqiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi qadrlaydigan shaxslar
birligidir.
Huquqiy maqom fuqarolik huquqi fanida shaxsning huquq layoqati hamda
muomala layoqati belgilari bilan tavsiflanadi. Huquq nazariyasida muomala
layoqati doimiy yoki davriy ravishda huquqiy oqibatlarga olib keladigan uzoq
davom etadigan hayotiy holatlar tushuniladi. Agar huquq layoqati davlatda
yashovchi shaxsning ajralmas mulki sifatida ob’ektiv ma’noda ifodalansa,
emansipatsiya sub’ektiv ma’noda fuqarolik-huquqiy holatni anglatadi. Binobarin,
bu shunday huquqiy holat bo‘lib, ushbu shaxsning huquqiy pozitsiyalarini
belgilaydi, unga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aniq
huquqiy harakatlarga bog‘liqdir
12
. Vasiylik va homiylik yoki sudning voyaga
yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risidagi
harakatlaridan oldin voyaga yetmagan shaxsning tashabbuslari ko‘rib chiqiladi, bu
unga davlat tomonidan ruxsat etilgan qonunda belgilangan xatti-harakatlarni
bajarilishini anglatadi.
Fuqaroning emansipatsiya qilinish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishi
uning muomala layoqati vujudga kelayotganidan dalolatdir.
Voyaga etmagan shaxsni emansipatsiya qilinishning huquqiy holati doimiy
xarakterga ega bo‘lgan voqealarni anglatadi va qoida tariqasida, insonning o‘limi
bilan tugaydi.
Mazkur holat uning muomalaga layoqatsizligi aniqlanganda fuqarolik
kodeksida 31-bobida ko‘rsatib o‘tilganidek tugatilishi mumkin. Balog‘atga
yetmagan shaxsning huquqiy maqomi o‘zgartirilishi mumkin, aniqrog‘i,
12
Pokrovskiy I.A. Fuqarolik huquqining asosiy muammolari. - M., 1998 yil.
31
emansipatsiya haqiqiy emas deb topilsa, dastlabki holatiga (qisman layoqatli)
qaytarilishi mumkin. Bunday tartib faqat o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga
nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Emansipatsiya natijasida voyaga yetmagan shaxs, boshqa voyaga
yetmaganlardan farqli o‘laroq, ota-ona qaramog‘idan ozod qilinadi va o‘n sakkiz
yoshga to‘lgunga qadar, zaruratga ko‘ra, fuqarolik qonunchiligidan kelib
chiqadigan huquq va majburiyatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga
ega bo‘ladilar.
Emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning fuqarolik-huquqiy maqomi
shunday huquqiy tartibga tushiriladi, unga ko‘ra u o‘z xohishiga ko‘ra, har qanday
ixtiyoridan qat’i nazar, o‘z xatti-harakatining yuridik ahamiyatga ega shartlarini
mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Binobarin, fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda u voyaga yetgan fuqarolarga, ya’ni qonunda aniq ko‘rsatilgan
istisnolardan tashqari, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga tenglashtiriladi. Shu
munosabat bilan, emansipatsiya qilingan shaxsning shartnoma va shartnomadan
tashqari majburiyatlari bo‘yicha mustaqil fuqarolik javobgarligi ham mavjud.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |