Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari


III BOB. EMANSIPATSIYANI QO‘LLASHNING XORIJ TAJRIBASI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

III BOB. EMANSIPATSIYANI QO‘LLASHNING XORIJ TAJRIBASI 
VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI ISTIQBOLLARI
3.1 Xorijiy mamlakatlar huquq tizimida voyaga yetganlik va 
emansipatsiya qilish institutining o‘rni
Xorijiy mamlakatlar huquq tizimida emansipatsiya qilish institutining o‘rnini 
o‘rganish maqsadida xorijiy tajribaga e’tibor qarataylik, chunki bir qator 
rivojlangan demokratik davlatlarda ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha 
qonunchilik bazasi anchadan beri mavjud. AQSh qonunchiligida ikkita tushuncha 
ajratiladi: “cheklangan yosh” va “to‘liq yosh”. 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 
butunlay muomalaga layoqatsiz hisoblanadi. 14 yoshdan oshgan shaxslar o‘z 
vasiylarini tanlashlari mumkin. Ko‘pgina shtatlarda balog‘at yoshi 18 yoshni 
tashkil qiladi. Ushbu yoshga yetganida, har qanday AQSh fuqarosi to‘liq fuqarolik 
huquqlaridan foydalana boshlaydi. 
AQSh qonunchiligi shtatga qarab farqlanadi va emansipatsiya tartibi 
shtatlarning faqat yarmida tartibga solinadi. Shtat qonunlari emansipatsiyaga 
cheklov qo‘yadi: balog‘at yoshiga etgan va ruhiy kasalligi bo‘lgan shaxslar 
emansipatsiyaga erisha olmaydi. Cheklash ushbu faktning sug‘urta to‘lovlari, 
vasiyatnomalari, ushbu toifadagi fuqarolarning va ularning vasiylarining soliq 
majburiyatlari bilan bog‘liq huquqiy masalalarga ta’sir qilishi mumkinligi bilan 
bog‘liq. 
Shtatlarda voyaga yetmaganlar to‘liq qobiliyatga ega bo‘lgan shaxslar 
tomonidan tegishli hududiy oilaviy sudga ariza beriladi va emansipatsiya rasmiy 
ravishda so‘raladi. Sudga murojaat qilganda, o‘smirning emansipatsiya sabablarini 
ko‘rsatish va uning moddiy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlashga oid dalillarni taqdim 
etish zarur. Emansipatsiya olishni xohlovchi voyaga yetmaganlarga huquqiy 
yordam ko‘rsatish maqsadida bolalar muassasalari orqali yuridik markazlar bepul 
yuridik yordam ko‘rsatiladi. Bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman organi 
voyaga yetmaganning ota-ona(vasiy)larini voyaga etmaganni emansipatsiya qilish 
to‘g‘risida yozma rozilik berishlarini talab qiluvchi rasmiy hujjat (xabar) berish 


39 
orqali xabardor qiladi. Agar ota-onalar emansipatsiya berishdan bosh tortsa, 
voyaga yetmagan bola uni sud tomonidan muomalaga layoqatli deb tan olishda 
ota-ona(vasiy)larining roziligini olishni rad etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat 
qilishga haqlidir. 
Agar sud qarori o‘smir foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, voyaga yetmaganga 
uning muomalaga layoqatli deb topilganligini tasdiqlovchi deklaratsiya beriladi. 
Shunday 
qilib, 
Kaliforniya 
shtatining 
Oila 
kodeksiga 
muvofiq, 
emansipatsiyani olish uchun shaxs 18 yoshga to‘lmagan bo‘lishi va turmush 
qurishi (emansipatsiya maqomini nikoh bekor qilingandan keyin saqlanib qoladi) 
yoki AQSh armiyasida xarbiy xizmatda bo‘lishi kerak. Kaliforniyada 
emansipatsiyani qo‘lga kiritish oqibatlari:
ota-onaning roziligisiz tibbiy yordam olish;
shartnomalar tuzish;
ko‘char va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish;
sud majlislarida javobgar yoki da’vogar sifatida chiqish va boshqa huquqiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Emansipatsiya qilingan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan sug‘urta 
shartnomasi muomalaga layoqatli fuqaro bilan tuzilgan shartnoma kabi bir xil 
yuridik kuchga ega
17

Luiziana shtati Fuqarolik kodeksi bo‘yicha emansipatsiyaga sud orqali yoki 
nikoh orqali erishish mumkin. 
To‘liq yoki cheklangan muomala layoqati voyaga yetmaganning yoshi 16 
yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi. 
Voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risida 
sud faqat uzrli sabablarga ko‘ra qaror qilishi mumkin. Ushbu turdagi 
emansipatsiya sudning ixtiyoriga ko‘ra to‘liq yoki cheklangan bo‘lishi mumkin va 
sud qaror qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Luiziana shtatidagi 
o‘smirning to‘liq huquqiy layoqati unga voyaga yetgan fuqaro uchun mavjud 
17
https://constitutions.ru/?p=7705; Kaliforniya shtati Fuqarolik Kodeksi 2.7-qism; 61-65-moddalar;


40 
bo‘lgan barcha qonuniy huquqlarning berilishini nazarda tutadi. Cheklangan 
emansipatsiya to‘g‘risidagi sud qarorida voyaga yetmagan shaxs huquqlarining 
ma’lum doirasi belgilanadi. Keyinchalik, sud yangi qaror qabul qilish sabablarini 
ko‘rsatgan holda, voyaga yetmaganni to‘liq muomalaga layoqatli deb topish 
to‘g‘risidagi qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqli. 
Emansipatsiyaning sababi ota-onalarning huquq va majburiyatlarini himoya 
qilish bo‘lishi mumkin. Bu voyaga yetmagan bola uydan chiqib ketganda sodir 
bo‘ladi. Bunday sharoitda ota-onalar voyaga yetmaganlar uchun javobgarlikdan 
voz kechishlari mumkin. Shuningdek, voyaga yetmaganning qonuniy harakatlarni 
amalga oshirish istagi (biznesni boshqarish, voyaga yetmaganlar uchun 
shartnomalar tuzish va ularning moliyaviy holatini boshqarish) sabab bo‘lishi 
mumkin. Emansipatsiyaning yana bir sababi ota-onaning voyaga yetmaganga 
nisbatan yomon munosabati yoki voyaga yetmaganga moddiy yordam 
ko‘rsatishdan bosh tortishi bo‘lishi mumkin. 
Cheklangan emansipatsiyani olish tartibi ota-onalar yoki vasiylar va voyaga 
yetmaganlar o‘rtasidagi notarial tasdiqlangan kelishuv (haqiqiy akt) orqali amalga 
oshiriladi. Emansipatsiyani olishning bu usuli sud jarayonini talab qilmaydi. 
Cheklangan emansipatsiyaning haqiqiy akti o‘n olti yoshga to‘lgan yoki 
undan yuqori yoshdagi voyaga yetmaganga beriladi. Voyaga yetmagan shaxs, 
voyaga yetmaganning ota-onasi yoki vasiylari tomonidan bajarilishi mumkin 
bo‘lgan aktga emansipatsiyaning muayyan shartlarini kiritish mumkin. Voyaga 
yetmaganning boshqa barcha huquqlari amal qilishda davom etadi. Cheklangan 
emansipatsiya aktini o‘zgartirish yoki tugatish yangi haqiqiy aktni qabul qilish 
bilan amalga oshiriladi
18

Konnektikut va Michigan kabi shtatlarda voyaga etmaganlar uchun to‘liq 
muomala layoqatini olish shartlari o‘xshashdir. Ushbu shtatlarda emansipatsiyani 
olish uchun asos nikoh hisoblanadi. U tugatilgan taqdirda, olingan emansipatsiya 
18
1825 yildagi Luiziana shtatining Fuqarolik Kodeksi (1991 yilgi qonun bilan tahrirlangan) 3-qism; 365-371-
moddalar. 


41 
saqlanib qoladi. Shuningdek, emansipatsiya uchun asos AQSh qurolli kuchlarida 
xizmat bo‘lishi mumkin. 18 yoshga to‘lgan AQSH fuqarolari yoki yashash uchun 
ruxsatnomasi bo‘lgan shaxslar harbiy xizmatga kirishishi mumkin. 17 yoshdan 
oshgan shaxslar ota-onalari (vasiylari) bunga rasmiy rozilik bergan bo‘lsalar AQSh 
qurolli kuchlarida xizmat qilishlari mumkin. Emansipatsiyani olishning muhim 
shartlaridan biri bu o‘z mablag‘larini ota-onalari (vasiylari) tomonidan mustaqil 
ravishda boshqarishdir
19

Nevada shtati qonunchiligi 16 yoshli bolaga sudga ariza berish orqali 
emansipatsiyani qo‘lga kiritishga quyidagi hollarda ruxsat beriladi agarda: voyaga 
yetmagan bola ota-onasidan (vasiylaridan) alohida yashasa va sudda shaxsning 
moliyaviy jihatdan mustaqil ekanligi to‘g‘risida dalillar mavjud bo‘lsa. Bu shtatda 
ota-onalar yoki vasiylar o‘z farzandlarini o‘rta maktabni tugatgunga qadar moddiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari shart. 
Voyaga yetmagan o‘smirning to‘liq qobiliyatli deb tan olinishi uning 
Nevada shtatining jinoyat qonunini buzishiga ta’sir qilmaydi. 21 yoshga to‘lmagan 
shaxslar uchun kazino o‘ynash, spirtli ichimliklar sotib olish va iste’mol qilish hali 
ham taqiqlangan. Emansipatsiya qilingan shaxs uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat 
sodir etgan bo‘lsa, jinoyat ishi uning haqiqiy yoshini hisobga olgan holda ko‘rib 
chiqiladi. Og‘ir jinoyatlarni sodir etganda muomalaga layoqatli deb topilgan o‘smir 
voyaga yetgan shaxs sifatida javobgarlikka tortiladi
20

Qo‘shma Shtatlarda emansipatsiyani olish voyaga yetmaganlarning eng kata 
qiziqishi hisoblanadi. “Eng yaxshi manfaat” ta’rifining sub’ektivligi va torligi 
tufayli shtatlarda emansipatsiyaga erishish qiyin, chunki ba’zi voyaga yetmaganlar 
zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi, boshqalari esa ota-onalar yoki vasiylar tarbiyasidan 
noroziliklari tufayli muomala layoqatiga ega bo‘lishga ko‘proq harakat qiladilar. 
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida voyaga yetmagan o‘smirni to‘liq muomalaga 
layoqatli deb tan olish instituti keng qo‘llanilmaydi. Shunday qilib, Germaniya, 
19
Konnektikut shtatining Bosh nizomi sarlavhasi 46B. Oila kodeksi 46-150 moddalar. 
Michigan shtatining qonunlar to’plami; 722-bob.
20
Nevada shtati qonunlar to’plami; 11-sarvlaha; 129-bob. 


42 
Daniya, Angliya, Gollandiyada emansipatsiya tartibi umuman yo‘q. Chexiya 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi emansipatsiya belgilarini qisman belgilaydi. 
Hali to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan har qanday voyaga yetmagan 
shaxsning intellektual va ixtiyoriy yetukligiga mos keladigan huquqiy harakatlarni 
amalga oshirishga qodir ekanligi taxmin qilinadi. Qonuniy vakil voyaga 
yetmaganga (hali to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan) aniq maqsadga 
erishish uchun muayyan huquqiy hujjatni qabul qilishga o‘z roziligini berishga 
haqli. Rozilik keyinchalik cheklanishi yoki qaytarib olinishi mumkin. 
Agar bir nechta qonuniy vakil bo‘lsa, voyaga yetmagan shaxsning harakat 
qilishi uchun bitta vakilning roziligi kifoya qiladi. Biroq voyaga yetmagan shaxsga 
nisbatan bir necha vakil birgalikda qarama-qarshi harakatlar qilsa, vakillarning 
xohish-irodasini 
bildirishi 
e’tiborga 
olinmaydi 
va 
yuzaga 
kelgan 
kelishmovchiliklar sud tartibida hal qilinadi. 
To‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan shaxs o‘z 
vakilidan tijorat faoliyatini amalga oshirishga rozilik olgan taqdirda tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Rozilik muddati sud tomonidan 
belgilanadi. Sud qarori, agar bu uning mehnati uchun to‘lovlarni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lsa, uning yoshidan qat’i nazar, o‘smir foydasiga chiqarilishi 
mumkin. Voyaga yetmaganning qonuniy vakili o‘z roziligini qaytarib olishga 
haqli, lekin faqat sudning ruxsati bilan. 
15 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun rasmiy ishlar taqiqlanadi. Ushbu 
yoshdagi o‘smirlar madaniyat, san’at, sport va reklama sohasining cheklangan 
tarmoqlarida ishlashlari mumkin. 
16 yoshga to‘lmagan shaxsning qonuniy vakili, agar bu o‘smirning tarbiyasi, 
sog‘lig‘i va keyingi rivojlanishi manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, voyaga 
yetmaganning mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin. To‘liq muomala 
layoqatiga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan shaxs sudning ruxsati talab 
qilinadigan masalalarda mustaqil harakat qilish huquqiga ega emas
21

21
Chexiya Respublikasi Fuqarolik kodeksi 37-modda; http://juristpraha.cz/ru/89_2012_rus 


43 
Fransiyada voyaga yetmaganlarning nikohi emansipatsiya olishning eng 
keng tarqalgan usullaridan biridir. Turmushga chiqmagan voyaga yetmaganlar, 
agar ular o‘n olti yoshga to‘lmagan bo‘lsa, to‘liq muomala layoqatiga ega deb 
topilishi mumkin emas. To‘liq muomala layoqati uzrli sabablarga ko‘ra yoki ota-
onaning (yoki ota-onadan birining) iltimosiga binoan sud tartibida belgilanadi. 
Agar so‘rov faqat bitta ota yoki ona tomonidan berilgan bo‘lsa, sudya 
ikkinchi ota yoki onani tinglaganidan keyin qaror qabul qiladi, agar boshqa ota 
yoki ona rozi bo‘lsa. 
Emansipatsiya qilingan shaxs, xuddi voyaga yetganlar singari, barcha 
fuqarolik huquqlariga ega bo‘ladilar va ota-onasining vasiyligi ostida bo‘lishni 
to‘xtatadi. Ota-onalar emansipatsiya qilingan shaxs tomonidan yetkazilishi 
mumkin bo‘lgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘lmaydilar. Ammo emansipatsiya 
qilingan shaxs tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullana 
olmaydi
22

Ispaniyada voyaga yetmaganlarning emansipatsiyasini olish tartibi 
Fransiyanikiga o‘xshaydi. Shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’tirof etish 
voyaga yetmagan shaxs 16 yoshga to‘lganda, ota-onalar (vasiylar) bilan o‘smir 
o‘rtasida shartnoma tuzilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Bunday 
emansipatsiya sudga taqdim etiladigan ommaviy akt bilan rasmiylashtiriladi. 
Emansipatsiya shartnomasi FHDYo ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. O‘n olti 
yoshga to‘lgan o‘smir ota-onasidan ularning roziligi bilan alohida yashaydigan 
o‘smir to‘liq emansipatsiya qilingan hisoblanadi, lekin ota-onasi (vasiylari) 
o‘zlarining roziliglarini qaytarib olishlari mumkin. 
Ispaniya Fuqarolik Kodeksiga ko‘ra, sud 16 yoshdan oshgan o‘smirni 
quyidagi hollarda to‘liq muomalaga layoqatli deb tan olish mumkin: ota-
onalarning ajrashishi yoki boshqa sabablar, ota-ona huquqlarini amalga oshirishga 
jiddiy xalaqit beradigan sabablar ham bo‘lishi mumkin. Emansipatsiya qilingan 
o‘smir ko‘char mulkka bo‘lgan huquqlarni to‘liq amalga oshirishi mumkin. Istisno 
22
Fransiya Fuqarolik Kodeksi X-Bo’lim; I-Bob; https://codes.droit.org/PDF/Code%20civil.pdf 


44 
tariqasida ko‘chmas mulk, tijorat yoki sanoat korxonalari, shuningdek, banklardan 
olinadigan mablag‘ hollarida o‘smir ota-onasining (vasiysining) roziligi talab 
qilinadi. Emansipatsiya qilingan voyaga yetmagan shaxs sudda javobgar va 
da’vogar sifatida ishtirok etishi mumkin. 
Nikoh orqali emansipatsiyani olgan voyaga yetmagan shaxs har ikkala 
turmush o‘rtog‘i uchun umumiy bo‘lgan ko‘chmas mulkni, tijorat yoki sanoat 
korxonalarini tasarruf etish huquqiga ega, lekin faqat ikkinchi turmush o‘rtog‘ining 
roziligi bilan va agar bu turmush o‘rtog‘i 18 yoshga to‘lgan bo‘lsa. Agar turmush 
o‘rtog‘i balog‘at yoshiga yetmagan bo‘lsa unda ota-onalarining (vasiylarining) 
roziligi talab qilinadi
23

Osiyo mamlakatlarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida emansipatsiya 
ko‘pchilik Evropa mamlakatlari kabi uncha keng tarqalmagan. Yaponiya va Xitoy 
kabi mamlakatlarda esa emansipatsiya tartibi umuman yo‘q. 
Yaponiya Fuqarolik kodeksining 4-moddasi, II bo‘lim, II bobidan kelib 
chiqqan holda, shaxs 20 yoshda voyaga yetgan hisoblanadi. Yaponiyada voyaga 
yetmaganlarning uch turi mavjud: 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; 18 yoshgacha 
bo‘lgan o‘smirlar va 20 yoshgacha bo‘lgan hali voyaga yetmagan shaxslar. 20 
yoshga to‘lmagan shaxslar alohida huquqiy himoyada bo‘ladilar. Bundan tashqari, 
agar sodir etilgan jinoyat unchalik katta bo‘lmagan jinoyat deb tasniflangan bo‘lsa, 
u holda 20 yoshga to‘lmagan shaxslar Oilaviy sudda yopiq muhokama qilish 
huquqiga ega. Sudlangan o‘smirlar voyaga yetmaganlar hibsxonasiga jo‘natiladi. 
Yaponiya qonunchiligi voyaga yetmaganlarni vasiylik, homiylik va sud tizimi kabi 
muassasalar tomonidan himoya qiladi. Bu Yaponiyaning ikkinchi Fuqarolik 
kodeksining ikkinchi bobida o‘z aksini topgan
24

Yaponiya Fuqarolik kodeksining 5-moddasida voyaga yetmagan shaxs har 
qanday huquqiy harakatni amalga oshirish uchun qonuniy vakilning roziligini 
olishi shart, agar bunday harakat huquqlarni qo‘lga kiritish yoki majburiyatlardan 
23
Ispaniya Fuqarolik Kodeksi X-bo’lim; 239-248-moddalar; https://www.conceptosjuridicos.com/codigo-civil/. 
24
Yaponiya Fuqarolik Kodeksi.
https://www.moj.go.jp/content/000056024.pdf. 


45 
ozod qilish bilan bog‘liq bo‘lmasa
25
. Yaponiya Fuqarolik kodeksining 6-moddasi 
1-bandiga binoan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan 
voyaga yetmagan shaxs xuddi shu turdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan 
voyaga yetgan shaxs bilan bir xil huquqlarga ega. Bunday voyaga yetmagan shaxs 
tomonidan tuzilgan shartnoma voyaga yetgan fuqaro bilan tuzilgan shartnoma 
bilan bir xil yuridik kuchga ega
26

15 yoshga to‘lgan o‘smirlar mehnat qonunchiligida muayyan huquq va 
erkinliklarga ega bo‘ladilar. Shunday qilib, bu yoshda o‘smirlar to‘liq ish kunida 
ishlashlari mumkin, agar bu turdagi ish voyaga yetmaganlar uchun xavfli 
bo‘lmasa. Yaponiya fuqarolik huquqida muomala layoqati bo‘lmagan shaxslar 
mustaqil ravishda yuridik harakatlarni amalga oshira olmaydilar va bunday 
shaxslarning bitimlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Xitoyda balog‘at yoshi o‘n sakkiz yoshga to‘g‘ri keladi. 18 yoshga 
to‘lmagan shaxslar muomalaga layoqatli emas. Bu yosh Xitoy Xalq Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining umumiy nizomi II-bo‘lim, I-bob, 11-moddasida ko‘rsatib 
o‘tilgan
27

Xitoy Xalq Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasida 10 yoshga 
to‘lgan va undan katta fuqarolar cheklangan muomala layoqatiga ega ekanligi 
aytilgan. Fuqarolik muomala layoqatini amalga oshirish yosh va aqliy 
qobiliyatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har qanday faoliyat qonuniy 
vakillar yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar tomonidan, lekin qonuniy 
vakillarning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. 10 yoshga to‘lmagan voyaga 
yetmaganlar fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini amalga oshira olmaydilar. 
Ularning nomidan faqat qonuniy vakillar ish yuritishi mumkin
28

Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolik huquqining umumiy qoidalari va Xitoy 
Xalq Respublikasining “Nikoh to‘g‘risida”gi qonunida nikoh munosabatlariga 
kirgan shaxslarning to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lishi aks ettirilmagan. 
25
Yaponiya Fuqarolik Kodeksi.
https://www.moj.go.jp/content/000056024.pdf. 
26
Yaponiya Fuqarolik Kodeksi. https://www.moj.go.jp/content/000056024.pdf. 
27
Xitoy Xalq Respublikasi Fuqarolik kodeksining umumiy nizomining II-bo’limi.
http://www.npc.gov.cn/english. 
28
Xitoy Xalq Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
http://www.npc.gov.cn/englishnpc/


46 
Bundan tashqari, ushbu qonunning 6-moddasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar 
uchun mos ravishda 22 va 20 yosh, ya’ni Xitoyda nikoh faqat balog‘at yoshida 
mumkin
29

Xitoy Xalq Respublikasi mehnat qonunining VII bobi 58-moddasiga ko‘ra, 
voyaga yetmagan ishchi yoshi 16 yoshdan 18 yoshgacha ya’ni 18 yoshga 
to‘lmagan shaxs hisoblanadi. Bunday ishchilar guruhi uchun maxsus mehnat 
muhofazasi ta’minlanadi
30

AQSh va Evropada voyaga yetmagan o‘smirlarning to‘liq muomala 
layoqatiga ega bo‘lishining asosiy sabablaridan biri moliyaviy mustaqillik, ota-
onadan qaramog‘idan mustaqillik, tijorat va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish 
imkoniyatidir. Evropa, AQSh va Osiyo mamlakatlari qonunchiligining 
o‘smirlarning emansipatsiyasi masalalarini tartibga soluvchi qiyosiy tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, ko‘pchilik Evropa mamlakatlarida va Osiyo mamlakatlarida voyaga 
yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’tirof etish shartlari va tartibi 
mavjud emas yoki har bir davlatning maxsus qonunchiligi bilan alohida tartibga 
solinadi. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadikii emansipatsiyaning maqsadi voyaga 
yetmaganlarning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish