Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

Mintaqaviy mezon -
geografik jihatdan muayyan bir mamlakatning 
joylashish o‘rni va iqlimi unda yashaydigan fuqarolarning yoshiga nisbatan 
yetukligi ancha ilgarilab ketishiga olib keladi. Bunga yorqin misol sifatida bir 
qancha davlatlardagi balog‘atga yetish yoshini ko‘rsatish mumkin. Issiq iqlimli 
mintaqalarda (asosan Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika) bu yosh ancha past 
ko‘rsatkichda bo‘lsa, nisbatan sovuq, asosan Yevropa davlatlarida bu yosh ancha 
yuqoridir. Chunki tashqi iqlimiy jarayon kishi organizmiga uni rivojlantirish uchun 
yetarli va sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
Psixologik mezon -
Bola psixologiyasi bilan shug‘ullanish shuni 
ko‘rsatadiki, unda shaxs rivojlanish bilan bir qatorda uning ruhiy yetukligi parallel 
ravishda kechadi. Agar ulardan birontasi o‘sish davrida oldinga yoki keyinga qarab 
ketsa, bolaning rivojlanish temperamenti o‘zining yo‘nalishini yo‘qotadi. 
Bolalarda psixik jarayonlar turli xil bo‘ladi. Ular quyidagilardir: 
1. Ma’rifiy jarayonlar; 
2. Nutqiy jarayonlar; 
3. Hissiy jarayonlar; 
4. Irodaviy jarayonlar
35

Mazkur jarayonlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi psixik xususiyatlar 
qaror topishini, bolalarga xos bo‘lgan xilma-xil faoliyatlar (o‘yin, o‘qish, mehnat) 
yuzaga kelishini, umuman olganda bolani har tomonlama yetuk shaxs sifatida 
shakllantirishni ta’minlaydi. 
Har qanday moddiy qonun, ya’ni norma protsessual norma vositasidagina 
real hayotda joriy qilinishi mumkin. Protsessual normaning zaifligi yoki 
“kambag‘alligi” moddiy norma qanchalik mukammal va qat’iy yozilganidan qat’i 
nazar uning amal qilishi uchun yetarli darajada imkoniyat yaratib bera olmaydi. 
34
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
7-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimida 1999 yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan. 
35
Bolalar psixologiyasi. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Toshkent.: “O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” 2000 
2-jild. 129-b. 


51 
Bundan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin: Moddiy huquq 
normalarini bevosita fuqarolik protsessual normalaridagi “ijozatlar”siz hayotga 
joriy qilish mumkin emas. Mazkur masala Fuqarolik kodeksi va Fuqarolik 
protsessual kodeksida imkon qadar uyg‘unlashtirib berilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining beshinchi bobida fuqarolik 
protsessi ishtirokchilari haqida normalar berilgan. Fuqarolik protsessida ishtirok 
etuvchi shaxslar tarkibiga bevosita muomalaga layoqatsiz, o‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan shaxslarning ishtirok etish mezonlari belgilangan. Ularga ko‘ra, 
qolaversa, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, har bir shaxs 
o‘zining buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini 
himoya qilish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidirlar. Undan tashqari 
“Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan hamda barcha 
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy 
va ijtimoiy mavqeyi, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud 
oldida tengligi asosida amalga oshiriladi” . 
Davlatning tegishli organlariga qanday masala bo‘yicha murojaat etishdan 
qat’i nazar, barcha fuqaro (jismoniy shaxs)larning fuqarolik protsessual huquq 
layoqati va fuqarolik protsessual muomala layoqatiga e’tibor qaratish va ularni bir-
biri bilan uyg‘un holda tadbiq etish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Protsessual Kodeksining 37-38 moddalarida mazkur masala to‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining 
38-moddasi beshinchi qismida o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muomalaga to‘la layoqatli deb e’lon 
qilingach (emansipatsiya), sudda o‘z huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga 
oshirishi mumkin. Lekin ba’zi bir fuqarolik ishlarida ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarga qo‘yilgan yosh senzi ularning o‘z manfaatlarini qonun yo‘li bilan 
himoya qilishlari uchun qaysidir ma’noda to‘sqinlik qiladi. 
Voyaga yetmaganlarning muomala layoqatiga ega bo‘lishlarining zarurati 
asosan ularning mehnat munosabatlariga kirishishlarida ko‘proq seziladi. Chunki 


52 
mehnat shartnomalarini tuzishda asosan shaxsning muomala layoqatiga ega 
ekanligiga katta e’tibor qaratiladi. Mehnat munosabatlariga o‘n besh yoshdan 
ruxsat berilishini inobatga olsak, bevosita mehnat bilan muomalaga layoqatsiz 
shaxs ham shug‘ullanayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Bu esa o‘z navbatida ikki 
tomonlama salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish