58
ekanligi saqlanib qoladi”
degan jumla kiritilsa fikrimizcha maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, voyaga yetgan shaxslarning to‘liq muomalaga
layoqatli ekanliklari qonuniy tarzda belgilab qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 22-moddasi). O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga
qadar shaxslarni
voyaga yetganlik darajasiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin:
1. O’n to‘rt yoshgacha bo‘lganlarning muomala layoqati;
2. O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lganlarning muomala layoqati;
3. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lganlarning muomala layoqati.
Endi esa mazkur bo‘linishning har birini alohida tahlil qilib chiqamiz.
Mazkur tahlil davomida ularni, ya’ni voyaga yetmaganlarning
qanday huquq va
erkinliklarga ega ekanliklari haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Shuningdek
voyaga yetmaganlarning huquqlari va majburiyatlarini o‘rganib chiqish barobarida
emansipatsiya institutining naqadar zarur ekanligi va ahamiyatliligiga yana bir bor
guvohi bo‘lamiz.
Un to‘rt yoshgacha bo‘lgan shaxslar fuqarolik qonunchiligida to‘la ravishda
muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. Ular nomidan bitimlarni, umuman, yuridik
ahamiyatga molik bo‘lgan barcha harakatlarni ota-onalari, farzandlikka oluvchilari
(o‘gay ota-onalar) yoki ular uchun tayinlangan vasiylari
amalga oshirishlari
mumkin. Vasiylar asosan muomalaga layoqatsiz shaxslarga nisbatan tayinlanib,
ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar, ba’zan esa alohida hollarda
tarbiyalash uchun ham belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 32-moddasi
hamda
“O‘zbekiston Respublikasining 02.01.2014yilda qabul qilingan O‘RQ-364-sonli
Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonuni
39
”ga asosan vasiylar o‘z himoyasidagi
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini har qanday shaxslar bilan
39
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi O‘RQ-364-sonli “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi
qonuni. O‘zbekiston Republikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi rasmiy veb-sayti – www.lex.uz.
59
bo‘ladigan
munosabatlarda, shuningdek sudlarda ham maxsus vakolatlarsiz
himoya qilish huquqlariga egadirlar. Ko‘pgina adabiyotlarda o‘n to‘rt yoshgacha
bo‘lgan shaxslar (yosh bolalar)ning birovga yetkazgan zararlari yoxud
sodir etgan qilmishlari uchun o‘zlari emas, ota-onalari farzandlikka oluvchilari va
vasiylari javobgar ekanligi aytiladi. Lekin Jinoyat
kodeksida javobgarlikning
minimal chegarasi o‘n uch yosh qilib belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat Kodeksining 97-modda, 2-qismi, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiradigan
holatlarda qasddan odam o‘ldirish). Shularni inobatga olib, quyidagicha
qo‘shimcha kiritish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: