2.2.
Emansipatsiya qilganlikning huquqiy oqibatlari
. Davlat ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida qonunchilik tartibida
xulq-atvor qoidalarini o‘rnatadi, bunga odamlarning xulq-atvorini huquqiy
normalar yordamida muayyan tartibga solish orqali erishiladi, ularning yig‘indisi
ob’ektiv ma’noda huquqni tashkil qiladi. Amaldagi qonun fuqarolik-huquqiy
institutning fuqarolar to‘g‘risidagi normalari majmui sifatida emansipatsiyaning
huquqiy tabiati, emansipatsiya holatini keltirib chiqaradigan turli xil yuridik faktlar
(vasiylik va homiylik yoki sudning qarori) haqida gapirishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga binoan, fuqarolik
munosabatlari ishtirokchilarining huquq va muomala layoqati subyektiv huquq va
majburiyatlar orqali belgilanadi. Fuqarolik qonunchiligi shaxsning huquq va
muomala layoqati paydo bo‘lishi, tugatilishi, mahrum etilishi, cheklanishi,
shaxsning muomalaga layoqatsiz deb topilishi bilan bog‘liq nomulkiy
munosabatlarni tartibga soladi. Bir hil munosabatlar guruhini tartibga soluvchi
o‘zaro bog‘liq fuqarolik huquqi normalarining yig‘indisi fuqarolik huquqi
institutidir.
Emansipatsiya normalari o‘ziga xos ichki aloqalarga ega bo‘lib, turli sifat va
xususiyatlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 28-
moddasida keltirib o‘tilganidek “O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs
34
mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka
oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish
(emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi
bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik
bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga
yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib
chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar
14
.
Gipotezada keltirilgan yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning vujudga
kelishi uchun shart bo‘lib xizmat qiladi. Ixtiyoriy ravishda ular mazkur
munosabatga (o‘n olti yoshga to‘lgan) va harakatga (mehnat shartnomasi bo‘yicha
ishlash yoki biznes yuritish) mos keladi. Bu yosh, mehnat yoki tadbirkorlik
faoliyatidan iborat murakkab huquqiy tuzilma haqida gapirishga imkon beradi.
Voyaga etmagan shaxs emansipatsiya qilinish uchun ma’lum bir yuridik faktning
paydo bo‘lishiga intilishi kerak ya’ni mehnat munosabatlarida ishtirok etishi yoki
qonuniy asoslarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishi kerak.
Emansipatsiya subyekt yoshiga yetgan shaxsga boshqa qonun hujjatlarda
ko‘rsatib o‘tilgan huquqlar ham berilishi mumkin. Masalan nikoh qurish; alohida
yashash; mehnat shartnomasini tuzish; turmush qurmagan voyaga yetmagan ota-
onalar, agar ular bola tug‘salar va ularning onaligi va (yoki) otaligi aniqlanganda,
o‘n olti yoshga to‘lganlarida ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga
oshirish huquqiga ham ega.
Mazkur normaning dispozitsiyasi shaxsning muomala layoqati vujudga
kelganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 28-
moddasining dispozitsiyasi o‘ziga xos imtiyozdir, chunki u ishlaydigan voyaga
14
O’zbekiston Fuqarolik Protsessual Kodeksi. O‘zbekiston Republikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi rasmiy veb-
sayti – www.lex.uz.
35
yetmaganga boshqa barcha o‘spirinlarga nisbatan o‘z huquqlari va huquqlarini
amalga oshirishda alohida afzalliklarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Shu bilan
birga, bu bolalarning noqonuniy mehnatidan foydalanishning salbiy tendentsiyasi
bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirish, ularning manfaatlarini to‘liq qondirish va o‘z-
o‘zini ish bilan band qilayotgan o‘smirlarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan
ijtimoiy choradir.
Voyaga etmagan shaxs ma’muriy huquqiy munosabatlarning bevosita
vujudga kelishi va huquqiy maqomga erishish uchun vasiylik va homiylik organiga
yoki sudga ariza bilan shaxsan murojaat qilishi kerak. Shu bilan birga, fuqaro
nafaqat o‘z harakatlaridan xabardor bo‘lishi va o‘z harakatlarini boshqara bilishi
zarur.
Fuqarolarning huquq va muomala layoqatini tartibga solish mexanizmi,
ularning huquqiy tabiatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,
qonun bilan aniq belgilab qo‘yilgan va shuning uchun yuzaga keladigan har
qanday masalalar faqat davlat tomonidan hal qilinishi mumkin. Xususan, davlat
nomidan emansipatsiya masalalari mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining
tarkibiy bo‘linmasi lavozimiga ega bo‘lgan, boshqaruv funktsiyalarini bajaradigan
va davlat vakolatlariga ega bo‘lgan vasiylik va homiylik organi tomonidan hal
qilinadi.
Binobarin, vasiylik va homiylik organining o‘z funksiyasini amalga oshirish
bo‘yicha tashkiliy-boshqaruv faoliyati, ya’ni voyaga yetmagan shaxsni to‘la
muomalaga layoqatli (emansipatsiya) deb topish to‘g‘risidagi qarori ma’muriy
huquqiy munosabatlarning ob’ekti hisoblanadi.
Vasiylik va homiylik organining bevosita faoliyati ko‘rib chiqish (ya’ni
ishning barcha haqiqiy holatlari mavjudligini aniqlash, tegishli huquqiy normalarni
tahlil qilish) va u bo‘yicha hujjatlashtirilgan qaror qabul qilishdan iborat. .
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi boshlig‘i tomonidan imzolangan qaror
chiqariladi, bu yuridik fakt bo‘lib, uning asosida emansipatsiyaning huquqiy holati
vujudga keladi. Vasiylik va homiylik organi (sud) fuqaroning O‘zbekiston
36
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 28-moddasi talablarini bajarmaganligidan
tashqari boshqa asoslar bo‘yicha voyaga yetmaganni emansipatsi qilishni rad etishi
uchun qonunda maxsus huquqiy tuzilma nazarda tutilishi kerak.
Sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan boshlab shaxs to‘liq
muomalaga layoqatli deb e’lon qilinadi.
Muomalaga to‘liq layoqatli deb e’lon qilinganidan so‘ng voyaga yetmagan
to‘liq hajmda fuqarolik huquqlariga ega bo‘ladi hamda majburiyatlar, jumladan,
o‘zi tomonidan yetkazilgan zarar oqibatida vujudga kelgan majburiyatlar
zimmasiga yuklanadi. Ammo qonunchilikda yosh cheklovi o‘rnatilgan qator huquq
va burchlar nazarda tutilgan. Masalan, emansipasiya qilingan voyaga yetmagan
fuqaro alkogol iste’mol qilishga haqqi yo‘q, homiy yoki vasiy bo‘la olmaydi.
Jinoyat sodir etganida unga nisbatan voyaga yetganlar uchun nazarda tutilgan
jinoiy jazo choralari qo‘llanmaydi. Tadbirkor muayyan ijtimoiy funktsiyalarni
bajaradigan odamlar sinfiga kiradi. Shaxsga xos bo‘lgan ijtimoiy omil
emansipatsiya kabi huquqiy hodisaning kelib chiqishini tushuntiradi, bu esa o‘z
navbatida voyaga etmagan "tadbirkor" ga ijtimoiy zinapoyada ulkan o‘sishni
beradi, uni boshqa barcha voyaga etmaganlardan ijtimoiy mavqeida ajratib turadi.
O‘rta maktabni tamomlayotgan o‘n to‘rt – o‘n besh yashar maktab
o‘quvchisi o‘ziga men kelajakda qaysi kasb egasi bo‘laman deb savol berishi
mumkin.
Shunday qilib, 1950-yillarning o‘rtalarida olib borilgan tadqiqotlarda
o‘smirning kelajak haqidagi g‘oyasida burilish nuqtasi o‘n besh yoshda kuzatilgan.
O‘n yil o‘tgach, fan shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilarining kasbiy yo‘nalishi,
kelajakdagi kasbni tanlash yoshlar uchun faqat o‘n olti yoki o‘n yetti yoshda
ko‘rilgan, 1980-yillarning boshlariga kelib olimlar kelajakda kasbga bo‘lgan
munosabatlar davrini oltinchi va sakkizinchi sinflar oralig‘ida qayd etadilar, bu
taxminan o‘n uch yoshga to‘g‘ri keladi. Bu shaxs rivojlanishining tarixiy ijtimoiy
37
yo‘nalishini va o‘smirlikning barqaror chegaralari yo‘qligini yana bir bor
tasdiqlaydi
15
.
Shaxsning kasbiy rivojlanishi kasbiy niyatlarning shakllanish bosqichidan
boshlanadi. Kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lish qiziqishining paydo bo‘lishi erta
balog‘atga yetish bilan bog‘liq. O‘n to‘rt-o‘n olti yoshga kelib o‘g‘il, qizlarda
kasblar bo‘yicha ko‘p qirrali bilimlar shakllangan bo‘lib, ularda bir yoki bir
nechtasiga nisbatan tanlash munosabat shakllanadi, ular kasbiy rivojlanish
inqirozini boshdan kechiradilar, kelajak haqida jiddiy qayg‘uradilar. Yangi avlod
amaliy jihatdan o‘sib bormoqda, ularning aksariyati o‘zlari erishmoqchi bo‘lgan
maqsadlar va bu maqsadlarga erishish usullari haqida aniq tasavvurga ega
16
. Biroq,
aksariyat yoshlar o‘zlarining kasbiy yo‘nalishlari mehnat bozoridagi muayyan
kasblarga bo‘lgan ehtiyojdan sezilarli darajada farq qilishi sababli ishsizlar
qatorida bo‘lib qolishining havfi mavjud.
15
Obuxova L.F. Bolalar psixologiyasi: nazariya, faktlar, muammolar. – 1995-yil.
16
Nurmatova M. Bitiruvchilar o’z kelajagi haqida qanday fikrda - 2000. - 9 noyabr.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |