Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

Ikkinchidan,
bugungi kunda asosiy muammoli vaziyatlar bozor iqtisodiyoti 
bilan, ya’ni ko‘pincha fuqarolikka taalluqli ishlar mehnat nizolari bilan bog‘liq. 
Bunda, albatta, voyaga yetmagan shaxslar salmoqli o‘rinni egallaydi. Shunday 
ekan, ularga bir qancha sharoitlar yaratib berish lozim. Aynan emansipatsiya 
holatining qo‘llanishi ularga bu muammoni hal etadi. 
Uchinchidan,
har bir shaxs yoshligidan boshlab o‘zi uchun o‘z imkoniyatini 
yarata oladigan yetuk mutaxassis qilib shakllantiradi. 
O‘zbekiston milliy qonunchiligida emansipatsiya atamasini Fuqarolik 
huquqida kasb etadigan ahamiyatidan tashqari boshqa masalalarda qo‘llashga hech 
qanday ehtiyoj yo‘q. Fuqarolik huquqining 28-moddasida emansipatsiyaga 
quyidagicha ta’rif beriladi: “O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs 
mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka 
oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. 
Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish 
(emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi 
bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik 
bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. 
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga 
yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib 
chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar”
36

Emansipatsiyaga faqatgina bitta moddaning ajratilganligi uning boshqa 
huquq sohalarida ham ayrim jihatlari mavjudligini yoki mavjud bo‘lishi shartligini 
taqozo qiladi. Ushbu institutni asosan mehnat huquqi bilan bog‘lab tadqiq 
qilinsagina uning jamiyat uchun zarurati bor yoki yo‘qligi yaqqol namoyon 
36
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. O‘zbekiston Republikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi rasmiy veb-
sayti – www.lex.uz. 


54 
bo‘ladi. Shaxs tug‘ilganidan so‘ng bevosita huquq layoqatiga ega bo‘ladi. 
Tug‘ilmasdan oldin ham unga bir qancha huquq (masalan, meros olish, voris 
bo‘lish)lar beriladi. Demak, shaxs tug‘ilmasdan oldin, ya’ni homila bo‘lib 
shakllangandan boshlab huquq layoqatiga ega bo‘ladi, ammo bu layoqat to‘liq 
bo‘lmaydi. Demoqchimizki. faqat tug‘ilgandan so‘ng u to‘la ravishda huquq 
layoqatiga ega bo‘ladi. Tug‘ilmasdan turib homila davrida faqatgina u qisman 
huquq layoqatiga ega bo‘ladi. Muomala layoqati esa unga berilgan huquqlardan 
(huquq layoqatidan) mustaqil ravishda foydalana olish imkoniyatiga ega 
bo‘lganidan so‘nggina berilishi mumkin. Bu holat esa fuqarolik qonunchiligida 
belgilanganidek, o‘n sakkiz yoshga to‘lgandan keyin paydo bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 22-moddasi 1-qismiga
ko‘ra, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni 
amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni 
bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga 
to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Bu degani, voyaga yetgan deb hisoblash 
uchun shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Fuqarolik kodeksining 28-
moddasi ushbu qoidaning nisbiyligini ko‘rsatadi. 
Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo‘lgan oilani 
quyidagicha ta’riflash mumkin: oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, 
yuridik ma’noda nikoh, qon-qarindoshlik, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 
bolalarni aniqlash va joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan tegishli huquq va 
majburiyatlarni vujudga keltiradigan shaxslar munosabatlaridan iborat bo‘lgan, 
umuminsoniy qadriyatlar va milliy sharqona an’analarga asoslangan fuqarolar 
ittifoqidir
37

Gap muomala layoqati haqida ketayotgan ekan, mazkur holatni tartibga solib 
turuvchi normadagi barcha kamchilik yoki boshqa kiritilishi shart bo‘lgan 
qoidalarni atroflicha o‘ylab ko‘rish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksi 22-moddasining 2-qismi bevosita oila qonunchiligi bilan bog‘liq va bunda 
37
Otaxo’jayev F. Nikoh va uning huquqiy tartibga solinishi. Toshkent: O’zbekiston, 1995. 162-b.


55 
oila huquqi, qolaversa, Oila kodeksiga murojaat qilmay bo‘lmaydi. Mazkur 
moddada aytilishicha, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan 
fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega 
bo‘ladi. Bu qoida asosan ayollarga nisbatan ko‘proq amal qiladi. Chunki nikoh 
yoshi ayollar uchun 17, erkaklar uchun 18 yosh qilib belgilangan, zarur hollarda 
mahalliy hokimiyat idoralari ruxsati bilan bu yosh bir yilga qisqartirilishi mumkin, 
ya’ni ayollar 16, erkaklar esa 17 yosh. 
Bunday holda ikkala shaxs ham, ko‘p hollarda esa bir shaxs muomalaga 
layoqatsiz bo‘lgani holda nikoh munosabatlariga kirishadi. Nikoh munosabatlariga 
kirishishning shartlaridan biri - bu tomonlarning nikoh yoshiga yetgan bo‘lishidir. 
Bu qoida (norma) shariatda ham, qolaversa, ko‘pgina xorijiy davlatlarning tarixiy 
hujjatlarida ham o‘z aksini topgan. 
Xususan, shariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun tomonlardan quyidagi 
shartlarga rioya qilish talab qilingan: 
1. Nikohdan o‘tuvchilarning o‘zaro roziligi; 
2. Nikoh yoshiga to‘lgan bo‘lishlik; 
3. Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; 
4. Kelin uchun qalin va mahr to‘lash; 
5. Diniy e’tiqod birligi; 
6. Nikohdan o‘tayotganlarning yaqin qon-qarindosh bo‘lmasligi; 
7. Tabaqa bo‘yicha tenglik; 
8. Nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishligi; 
Bu yerda biz nikoh yoshiga e’tibor qaratishimiz kerak.
Nikoh yoshi shariatda o‘g‘il bolalar uchun o‘n ikki yosh, qiz bolalar uchun 
esa to‘qqiz yosh qilib belgilangan. Bunda o‘g‘il bolalar jinsiy jihatdan voyaga 
yetgan bo‘lishlari lozim. Nikohga kiruvchilar uchun belgilangan bu yosh voyaga 
yetganlikni belgilashda so‘nggi pog‘ona hisoblangan. Amalda esa o‘g‘il bolalar 
uchun o‘n to‘rt yosh, qizlar uchun o‘n ikki yoshga to‘lganlarida nikoh tuzilgan. 


56 
Shariat nikoh yoshining yuqori chegarasini belgilamagan. Nikoh yoshining yuqori 
chegarasini belgilashda asosan fiziologik asoslarga tayangan
38

Yuqoridagi asoslangan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yosh jihatdan 
voyaga yetganlik bilan nikoh munosabatlariga kirishish bir xil bo‘lgan. Bu esa o‘z 
navbatida nikohga faqat muomalaga layoqatli shaxslargina kirgan, degan xulosani 
beradi. Amaldagi oila qonunlarida belgilangan nikoh yoshiga rioya qilmay, 
g‘ayriqonuniy ravishda nikoh munosabatida bo‘lish turli huquqiy oqibatlarni 
keltirib chiqarishi mumkin. Bunday nikoh haqiqiy bo‘lmagan nikoh deb topilib
oila qonunlarida belgilangan tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy oqibatlarni 
keltirib chiqarmaydi. 
Bizning qonunchiligimizda esa bunday emas, ya’ni nikohga kirish yoshi 
muomalaga layoqatlilik vujudga kelish kelmasligiga bog‘lik emas. Biz mavzu qilib 
olgan emansipatsiya holatini mana shu yerda qo‘llash zarur. Zarur hollarda 
mahalliy hokimiyat idoralari ruxsati bilan nikoh yoshini bir yilga qisqartirish 
masalasini hal qilishni sudlarga olib berish lozim. Bunday ishlar bevosita fuqarolik 
sudlariga taallluqli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual 
Kodeksining 31-moddasi 2-bandida ushbu kodeksning 279-moddasida sanab 
o‘tilgan alohida tartibda ko‘riladigan ishlar sudlarga taalluqli deb aytilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining 279-moddasida sud
tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar ro‘yxati berilgan. 
Emansipatsiya holatini ham 279-modda tarkibiga kiritish lozim.
Umumiy olib qarasak, nikohga kirishdan oldin, agar nikohlanuvchilar 
muomalaga layoqatsiz bo‘lsalar, avvalambor ularni muomalaga layoqatli deb 
topish kerak bo‘ladi. Agar o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar nikohga 
kirishayotgan bo‘lsalar, ularni o‘zlari bergan arizalariga ko‘ra sud tomonidan 
voyaga yetgan deb topish mumkinligini qonunchilikka joriy qilish zarur. Natijada 
emansipatsiya institutining amal qilish doirasi va ko‘lami kengayadi, pirovardida 
va fuqarolar uchun ahamiyatlilik darajasi oshadi. Mahalliy davlat hokimiyati 
38
Muhamedov H. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. 2-qism. Toshkent: TDYuI, 2003. 446-b. 


57 
idoralarining bu ishga aralashishi fuqarolik sudlari bilan kelishmovchiliklarni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
Vasiylik va homiylik organlari vasiy yoki homiy tayinlangan shaxslar (ayol 
va erkak) o‘rtasida nikoh munosabatlari o‘rnatadigan bo‘lsa va taraflardan biri yoki 
ikkalasi ham voyaga yetmagan bo‘lsa, ular sudga alohida tartibda ariza berib 
nikohlanuvchilarning bittasi yoki ikkalasini ham muomalaga layoqatli deb topish 
haqida ariza bilan murojaat qilishlari mumkinligi haqida tushuntirish berilishi 
yoxud qonun normasida buni aks ettirish lozim. Shunday qilinsa ba’zi bir 
xohlanmagan va yuz berishi sub’yektiv jihatdan istalmagan harakatlar yoki 
hodisalar natijasida haqiqiy emas deb topilgan nikohlar nikoh munosabatlariga 
kirishgan shaxslar (er va xotin) uchun hech qanday salbiy huquqiy oqibatlar 
keltirib chiqarmaydi. Ya’ni nikohlanishdan oldin emansipatsiya e’lon qilingan 
shaxs mazkur nikohni haqiqiy emas deb topilganidan so‘ng ham muomala
layoqatini to‘liq saqlab qoladi. Ammo Fuqarolik kodeksida bunday norma 
yo‘q. Agar yuqoridagi holatlarni umumiy jihatlaridan kelib chiqilsa, O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 22-moddasiga quyidagicha qo‘shimcha va 
o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘ladi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 22-moddasi 1-
qismidagi “o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish” so‘zlaridan so‘ng 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish