Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari


.  Fuqarolarning muomala layoqatida emansipatsiyaning tutgan o‘rni



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

1.2

Fuqarolarning muomala layoqatida emansipatsiyaning tutgan o‘rni. 
Shaxsning muomalaga layoqatli ekanligi asosan ikkita mezon bilan 
belgilanadi. 
1. Belgilangan yoshga yetganlik (18 yosh); 
2. Aqli rasoligi, yaʼni shaxsning o‘z harakatlarining ijtimoiy xususiyatlarini 
anglashi va ularni boshqara olishidir. Bunda odamning ruhiy jihatdan sog‘lom 
ekanligi nazarda tutiladi. 
Yuqoridagi mezon talablari odamda to‘liq mavjud bo‘lsagina u muomalaga 
layoqatli hisoblanadi. Umuman olganda muomala layoqati fuqarolarning o‘z 
harakatlari bilan fuqarolik huquqlari, burchlari va majburiyatlariga ega bo‘lishi, 
ularni o‘zgartirish va bekor qilish mumkin bo‘lgan layoqatidir. Boshqacha 


23 
aytganda, muomala layoqati har bir fuqaroning o‘z imkoniyatini, salohiyatini 
yuzaga chiqaradigan layoqatdir. Fuqarolarning muomala layoqati voyaga yetishi 
bilan boshlanadi. Ularning voyaga yetishi esa aytib o‘tilganidek, qonun hujjatlarida 
belgilangan yosh senzi asosida aniqlanadi. Huquq layoqati esa muomala 
layoqatidan tubdan farq qiladi. Ko‘pchilik ushbu ikkala tushunchani bir-biri bilan 
almashtiradilar. Vaholanki, huquq va muomala layoqati boshqa-boshqa davrlarda 
paydo bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shuki, huquq layoqati paydo bo‘lishi 
uchun hech qanday talab qo‘yilmaydi u shaxs tug‘ilganidan boshlab vujudga keladi 
va bunda har bir shaxs o‘ziga berilgan barcha huquqlarga ega bo‘ladi. 
Huquq layoqati - barcha huquqlarning bir butun yig‘indisi emas, balki 
fuqarolarning huquq va majburiyatlarini o‘z zimmalariga olishining huquqiy 
asosidan iboratdir . 
Muomala layoqatining muhim elementi mustaqil bitim tuzish qobiliyati va 
mustaqil 
mulkiy 
javobgar 
bo‘lish 
shijoati 
hisoblanadi. 
Amaldagi 
qonunchiligimizga ko‘ra, fuqaro voyaga yetgan deb hisoblanishi uchun o‘n sakkiz 
yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 
22-moddasi). Bu yosh senzi xalqaro hujjatlarda ham o‘n sakkiz yosh qilib 
belgilangan. Masalan, BMTning 1989 yilda qabul qilingan “Bola huquqlari 
to‘g‘risida”gi Konvensiyasining 1-moddasida ham o‘n sakkiz yoshdan boshlab 
odamzot bola emas, voyaga yetgan deb hisoblanishi taʼkidlangan. Shu bilan birga, 
fuqaroni voyaga yetgan deb hisoblash uchun qonun hujjatlarida o‘n sakkiz yoshdan 
kichik yosh ham belgilanishi mumkin. Bunda qonun hujjatlarida bir qator shartlar 
belgilangan. Ana shu shartlar asosida fuqaro o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan oldin 
ham voyaga yetgan deb hisoblanishi mumkin. Misol uchun, emansipatsiya 
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 28-moddasi) va voyaga 
yetgunga qadar qonuniy nikohdan o‘tish (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksining 22-moddasi) hollarida shunday bo‘ladi. 
Faqat voyaga yetgan fuqarogina to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi, 
yaʼni o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga 


24 
oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish 
layoqatiga ega bo‘ladi. 
Garchi muomala layoqatiga fuqarolar o‘n sakkiz yoshga to‘lishi bilan to‘liq 
ravishda ega bo‘lsa-da, ularning o‘z harakati bilan fuqarolik huquqiga ega bo‘lishi 
va amalga oshirishi o‘zlari uchun fuqarolik burchini vujudga keltirishi orqali ularni 
bajarish layoqati qisman bo‘lsada, oldinrok boshlanadi. Har bir fuqaro o‘zining 
huquq va manfaatlarini o‘zi himoya qiladi. Ammo voyaga yetmagan o‘n sakkiz 
yoshga to‘lmagan bolalarning huquqlari va manfaatlarini ularning qonuniy 
vakillari bo‘lgan ota-onalari, farzandlikka olganlar, vasiy va homiylar himoya 
qiladilar . 
Fuqarolik huquqi nazariyasida fuqarolik muomala layoqati yosh senzi 
bo‘yicha quyidagi uch bosqichga bo‘linadi: 
— o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati 
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 29-moddasi); 
— o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning 
muomala layoqati; 
— to‘la muomala layoqati (umumiy asosda- o‘n sakkiz yosh, zarur hollarda 
mahalliy hokimiyat idoralari ruxsati bilan nikoh munosabatlariga kirishilganda 
yigitlar uchun o‘n yetti yosh, qizlar uchun- o‘n olti yosh, emansipatsiya- o‘n olti 
yosh). 
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, voyaga yetmagan kichik yoshdagi bolalar 
muomalaga layoqatsiz hisoblanadi va ular uchun bitimlarni ularning nomidan faqat 
ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Lekin 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 29-moddasining 2-qismida o‘n to‘rt 
yoshga to‘lmagan, voyaga yetmagan kichik yoshdagi bolalarning o‘zlari uchun 
fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltiruvchi baʼzi harakatlarni mustaqil 
amalga oshirish mumkinligi belgilangan. Bu moddaga ko‘ra, ular quyidagilarni 
amalga oshiradi: 
1. Mayda maishiy bitimlar. 


25 
2.Tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar. 
3. Qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan 
muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish borasidagi bitimni mustaqil tuzish. 
Kichik yoshdagi bolalar mustaqil tuza oladigan mayda maishiy bitim 
deganda, bola yoki uning oila aʼzolarining odatdagi, har kungi ehtiyojini 
qondirishga qaratilgan va yuqori bo‘lmagan bahodagi bitimlar tushuniladi. 
Bitimning mayda maishiy bitim ekanini belgilovchi ikki shart mavjud. 
1) Bitim odatdagi, yaʼni har kungi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan 
bo‘lishi; 
2) Bitim qiymatining yuqori darajada bo‘lmasligi. 
Lekin shu ikkala shartdan faqat ehtiyojlarni belgilovchi mezongina 
fuqarolik huquqi nazariyasida bahs-munozaraga sabab bo‘lmaydi. Chunki kichik 
yoshdagi bola do‘kondan non, gugurt. sut, ruchka, qalam, daftar yoki shunga 
o‘xshash mayda ehtiyojlarni qondiruvchi narsalarni xarid qilishi mumkin. 
Umumiy qoidaga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar 
uchun bitimlarni ularning nomidan ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki 
vasiylari tuzadilar. Kichik yoshdagi bolalarning bitim yuzasidan yoki boshqa
asoslarda yetkazgan zararlari uchun ularning qonuniy vakillari javobgar bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 23-moddasi, 3-qismiga ko‘ra, 
kichik yoshdagi bolaning bitimlari bo‘yicha, jumladan, o‘zi mustaqil tuzgan 
bitimlar bo‘yicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar ayblari yo‘qligini 
isbotlay olmasa, mulkiy javobgar bo‘ladi. 
Shu bilan birga, kichik yoshdagi bola yetkazgan zarari uchun tegishli 
tarbiya, davolash muassasasi, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasi, o‘quv 
yurti yoki shartnoma asosida nazoratni amalga oshiruvchi shaxs javob beradi. Agar 
shaxs nazorati ostida turgan vaqtda yetkazilgan zarar uning nazoratni amalga 
oshirishdagi aybi bilan yetkazilmaganini isbotlay olmasa, zarar uchun javobgar 
bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 993-moddasi). 


26 
Kichik yoshdagi bolalarning fuqarolik muomalaga layoqati, fikrimizcha, hali 
keng va batafsil tadqiq etilishi, o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzudir . 
Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatda, avvalo, fuqarolarning huquqlarini 
taʼminlashga eʼtibor qaratiladi. Aksariyat hollarda inson huquqlari, fuqarolar 
huquqlari deyilganda katta yoshdagi aholi nazarda tutiladi-yu, bolalar diqqatdan 
chetda qoladi. Ammo jamiyatning asosiy tayanchi va suyanchi hisoblangan 
bolalarga eʼtibor bermay ilojimiz yo‘q. Bolalar huquqlari bilan bog‘liq masalalar 
bugunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 
Ko‘pgina davlatlar oliy organlari tomonidan ratifikatsiya qilingan “Bola 
huquqlari to‘grisida”gi Konvensiyaga binoan har bir bola tug‘ilishi bilan ismga ega 
bo‘lish, fuqarolikni olish, ota-onasining kimligini bilish hamda ular tomonidan 
g‘amxo‘rlikka olinish huquqlariga ega. Bundan tashqari, har bir bola erkin va 
daxlsiz bo‘lib, oilada yaxshi sharoit muhayyo etilgan taqdirda ota-onasi bilan 
yashashga haqli. Bola o‘z dunyoqarashini kengaytirishi uchun maʼlumot to‘plashi, 
boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatishi, uyushmalarga aʼzo bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek, har bir farzand o‘z shaxsiy, oilaviy hayotiga, yozishmalar, telefonda 
so‘zlashuvlarga aralashishlardan himoyalanish huquqiga ega. Nogiron, yetim 
bolalarga jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib ketishlari, ruhan ezilmasliklari uchun 
alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Bola 
jismoniy, aqliy, ruhiy, maʼnaviy, ijtimoiy kamoloti uchun yetarli hayot darajasiga 
ega bo‘lish, taʼlim olish huquqiga ega. Bu talablarni bajarish ota-onalarga 
yuklatilgan yuksak masʼuliyatdir. 
Taʼlim bolaning jismoniy, aqliy iqtidoridan kelib chiqqan holda, uning ongi 
shakllanishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishiga xizmat qilishi darkor. 
Bolaning fikrlash, so‘z va eʼtiqod erkinligi, dam olish huquqi, ilmiy-texnikaviy 
ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi davlat tomonidan 
kafolatlanadi. 
Bolaning yashashi, kamol topishi uchun oila asosiy makon hisoblanadi. 
Shuning uchun ham, Oila kodeksining 2-moddasiga ko‘ra, ota-ona zimmasiga 


27 
bolaning farovon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g‘amxo‘rlik qilish, 
uning huquq va manfaatlarini himoyalash vazifasi yuklatilgan. Oilaning ichki 
hayotiga, bolalar tarbiyasiga boshqalarning o‘zboshimchalik bilan aralashishiga, 
tarbiyasiga salbiy taʼsir o‘tkazishga qonun yo‘l qo‘ymaydi. Agar bolaning 
huquqlari kamsitilsa, bunday oilaga nisbatan qonun yo‘li bilan taʼsir ko‘rsatishga, 
ota-onaning huquqlarini cheklashga, hatto ularga ota-onalik huquqidan mahrum 
qilish chorasini qo‘llashga ham to‘g‘ri keladi. 
Voyaga yetmagan bolalarning o‘z ota-onalari tomonidan parvarish qilinishi, 
manfaatlarining taʼminlanishi, ota-ona bilan oilada birga yashashi ularning har 
tomonlama kamol topishiga, insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinishiga, 
yaxshilik va muruvvat tuyg‘ulari asosida tarbiyalanishlariga imkon beradi. 
Bolalarning huquqlarini kamsitish, ular bilan qo‘pol muomalada bo‘lish, ularga 
jismoniy azob berish va ularning manfaatlariga zid boshqa g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlar qonun bilan qoralanadi va tegishli javobgarlikka tortilishga sabab 
bo‘ladi. 
Voyaga yetmagan bolalar o‘z ota-onalari bilan bir oilada yashashi va 
tarbiyalanishi uchun, avvalo, bola o‘zining ota-onasini bilishi, tanishi kerak. 
Bolalarning o‘z ota-onasini bilishi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi BMT 
Konvensiyasining 7-moddasida nazarda tutilgan. Bolaning ota yoki onasi deganda, 
qonuniy nikohda turgan erkak va ayol yoki qonun bilan belgilangan tartibda otaligi 
yoki onaligi aniqlanib, fuqarolik holati dalolatnomalarida ota va onasi sifatida qayd 
etilgan shaxslar tushuniladi. Baʼzi hollarda (masalan, bola topilgan yoki 
farzandlikka olingan bo‘lib, bu narsa sir saqlansa) bola uchun o‘z ota-onasini bilish 
huquqidan foydalanish imkoniyati bo‘lmasligi ham mumkin. 
Har bir bola oilada ota-onasi g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega 
deganda, bolani oziq-ovqat, davolanish, kiyim-kechak, o‘quv qurollari, uning 
yashashi va bilim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa narsalar bilan taʼminlanishi 
nazarda tutiladi. 


28 
Ota-onaning ota-onalik huquqidan mahrum etilishi yoki boshqa sabablarga 
ko‘ra, ota-ona tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarning oilada 
tarbiyalanish huquqini taʼminlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga 
yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi ikkinchi 
kismida “Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan 
mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni taʼminlaydi”, deyilgan. 
Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga 
yetmagan bolalarni farzandlikka, oilaga tarbiyaga berish (patronat) yo‘li bilan 
ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydalanishini taʼminlaydi. 
Bu borada so‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun, 
farmoyish va qarorlar kabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1993 yil 4 martda ““Sog‘lom avlod uchun” ordenini taʼsis etish 
to‘g‘risida”gi. 1994 yil 16 iyundagi “Bolali onalarga davlat ijtimoiy yordami 
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 1994 yil 22 avgustdagi “Kam 
taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar 
to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator farmonlar shular jumlasidandir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001 yil 4 yanvardagi 
farmoyishining hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning, shu jumladan, yosh avlodning 
huquqiy savodxonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Yangi asrning ilk yili 
“Ona va bola” yili deb eʼlon kilinishi bolalarga, o‘sayotgan avlodga bo‘lgan 
yuksak ishonch va umidning dalolatidir. Yuqorida aytib o‘tilganlar butun davlat 
miqyosida amalga oshirilgan ishlar bo‘lsa, qonunchiligimizda bu borada olib 
borilayotgan o‘zgartirishlar va yangilanishlarni, ayniqsa fuqarolik huquqida 
mazkur sohaga (bolalar huquqlariga) oid qonun normalarini bir ko‘zdan kechirib 
chiqsak muayyan bir fikr va to‘xtamga kelish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidek har bir fuqaro 
o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga 
oshirishi va o‘z burchlarini bajarishi mumkin. Ayrim bir holatlarda mamlakatning 


29 
yosh aholisini ya’ni o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslar jamoatchilik 
bilan aloqalarda faol ishtirok eta olishi ham mumkin. Rus qonunshunos olimi 
Gabriel Feliksovich Shershenevich takidlaganidek “shaxs qonuniy muddatdan 
oldin balog‘atga yetishi mumkin, keyin esa uni ota-ona yoki vasiy ostida o‘z 
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashishi qiyin bo‘ladi; aksincha, inson 
balog‘atga yetgandan keyin ham aqliy jihatdan rivojlanmagan holda qolishi 
mumkin, shunda uni ota-ona yoki vasiysiz qoldirish xavflidir
11
” deb ta’kidlab 
o‘tgan.
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarning mustaqil ishtirokchisi sifatida erta e’tirof etish zarurati mavjud 
voqelik bilan bog‘liq bo‘lib, bu zamonaviy shaxsdan o‘z jamiyatining 
muvaffaqiyatli, munosib a’zosi bo‘lishini talab qiladi, uning irodasi yuqori 
darajada rivojlangan hokimiyatni qurishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish 
uchun davlat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umumiy 
majburiy normalarni chiqarish yoki ruxsat berish orqali jamoat irodasini 
shakllantiradi. Huquqning mazmuni va mohiyati jamiyat taraqqiyotining muayyan 
bosqichidagi iqtisodiy tuzilishi, siyosat, axloq, huquqiy ong, fan, madaniyat va 
ijtimoiy hayotning boshqa voqeliklari, erishilgan sivilizatsiya darajasi bilan 
belgilanadi. 
Bozor munosabatlarini tartibga solish va buning natijasida o‘n olti yoshga 
to‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni muomalaga layoqatli deb topish imkoniyati 
zamonaviylikka erishgan madaniyat darajasining namoyon bo‘lishidan boshqa 
narsa emas va ijtimoiy munosabatlarga ta’sir qilishi ham mumkin. Hozirda 
O‘zbekiston Respublikasi demokratiyani, jamiyatning axloqiy asoslarini, ma’naviy 
qadriyatlarni, inson huquqlari va erkinliklarini rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. 
Har bir inson erkin kasb tanlashi, istalgan turdagi xo‘jalik faoliyati bilan 
shug‘ullanishi, istalgan mulkka ega bo‘lishi, yashash joyini tanlashi, balog‘at 
yoshining boshlanishini kutmasdan, fuqarolik aylanmasiga muddatidan avval jalb 
11
Shershenevich G.F. Rossiya fuqarolik huquqi bo’yicha darslik. 1912 yil 


30 
etilishi mumkin. Emansipatsiya huquqiy hodisa bo‘lib, u orqali nafaqat huquqiy, 
balki shaxsning ijtimoiy mavqei, uning jamiyatdagi o‘rni ham o‘zgaradi. 
Bugungi kunda davlat tomonidan shaxs huquq va erkinliklarini ijtimoiy-
iqtisodiy kafolatlash mexanizmi yaratilayotgani tobora e’tirof etilmoqda. 
Zamonaviy huquqiy ong sharoitida jamiyat bir hil insonlardan tashkil topmagan, 
balki individuallik huquqiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi qadrlaydigan shaxslar 
birligidir. 
Huquqiy maqom fuqarolik huquqi fanida shaxsning huquq layoqati hamda 
muomala layoqati belgilari bilan tavsiflanadi. Huquq nazariyasida muomala 
layoqati doimiy yoki davriy ravishda huquqiy oqibatlarga olib keladigan uzoq 
davom etadigan hayotiy holatlar tushuniladi. Agar huquq layoqati davlatda 
yashovchi shaxsning ajralmas mulki sifatida ob’ektiv ma’noda ifodalansa, 
emansipatsiya sub’ektiv ma’noda fuqarolik-huquqiy holatni anglatadi. Binobarin, 
bu shunday huquqiy holat bo‘lib, ushbu shaxsning huquqiy pozitsiyalarini 
belgilaydi, unga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aniq 
huquqiy harakatlarga bog‘liqdir
12
. Vasiylik va homiylik yoki sudning voyaga 
yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risidagi 
harakatlaridan oldin voyaga yetmagan shaxsning tashabbuslari ko‘rib chiqiladi, bu 
unga davlat tomonidan ruxsat etilgan qonunda belgilangan xatti-harakatlarni 
bajarilishini anglatadi. 
Fuqaroning emansipatsiya qilinish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishi 
uning muomala layoqati vujudga kelayotganidan dalolatdir. 
Voyaga etmagan shaxsni emansipatsiya qilinishning huquqiy holati doimiy 
xarakterga ega bo‘lgan voqealarni anglatadi va qoida tariqasida, insonning o‘limi 
bilan tugaydi. 
Mazkur holat uning muomalaga layoqatsizligi aniqlanganda fuqarolik 
kodeksida 31-bobida ko‘rsatib o‘tilganidek tugatilishi mumkin. Balog‘atga 
yetmagan shaxsning huquqiy maqomi o‘zgartirilishi mumkin, aniqrog‘i, 
12
Pokrovskiy I.A. Fuqarolik huquqining asosiy muammolari. - M., 1998 yil. 


31 
emansipatsiya haqiqiy emas deb topilsa, dastlabki holatiga (qisman layoqatli) 
qaytarilishi mumkin. Bunday tartib faqat o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga 
nisbatan qo‘llanilishi mumkin. 
Emansipatsiya natijasida voyaga yetmagan shaxs, boshqa voyaga 
yetmaganlardan farqli o‘laroq, ota-ona qaramog‘idan ozod qilinadi va o‘n sakkiz 
yoshga to‘lgunga qadar, zaruratga ko‘ra, fuqarolik qonunchiligidan kelib 
chiqadigan huquq va majburiyatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga 
ega bo‘ladilar. 
Emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning fuqarolik-huquqiy maqomi 
shunday huquqiy tartibga tushiriladi, unga ko‘ra u o‘z xohishiga ko‘ra, har qanday 
ixtiyoridan qat’i nazar, o‘z xatti-harakatining yuridik ahamiyatga ega shartlarini 
mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Binobarin, fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda u voyaga yetgan fuqarolarga, ya’ni qonunda aniq ko‘rsatilgan 
istisnolardan tashqari, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga tenglashtiriladi. Shu 
munosabat bilan, emansipatsiya qilingan shaxsning shartnoma va shartnomadan 
tashqari majburiyatlari bo‘yicha mustaqil fuqarolik javobgarligi ham mavjud. 


32 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish