Voyaga yetganlik va voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish nazariya va amaliyot muammolari


II. Napoleon va yahudiylar. 1806 yilgi dekret



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana18.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#867848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Fuqarolik huquqida emansipatsiya

II. Napoleon va yahudiylar. 1806 yilgi dekret. 
Yevropada yangi kuchning vujudga kelishi natijasida Napoleon yahudiy 
millati bilan bir vaqtda yahudiylarga ozodlik va qullik, yaxshilik va yomonlik, 
ulug‘lik va pastlik munosabatlarini uyg‘unlashtirgan holda munosabatda bo‘ldi. 
7
Анна Новикова;. Эмансипация евреев Западной Европы в конце XVIII – XIX веках;.2014


16 
Napoleon Strasburg orqali Asterlis yurishidan qaytgandan so‘ng (1805 
yilning oxiri) Elzas yahudiylari ustidan keltirilgan shikoyatlarni eshitdi, yaʼni 
yahudiylar yashayotgan qishloq aholisi og‘ir asoratlarga tushirilganini ko‘rdi. 
Strasburgdagi xristian aholisi yahudiylarning 1791 yildagi emansipatsiya aktini 
to‘xtatishni va hattoki yahudiylar ilgari shaharning chetlarida ham turar joy 
huquqlariga ega bo‘lmaganliklarini bildirishgan edi. Strasburg va Elzas 
antisemistlari Napoleondan yahudiylarning inqilob yillaridagi holatlari qayta 
tiklaganini kutgan edilar. Napoleon Parijga asabiylashgan holda qaytib 
yahudiylarga qarshi qattiq choralar ko‘rishga harakat qiladi va Davlat Kengashiga 
masalani darhol muhokama qilishni buyuradi. Maʼruzachi etib konservativ davlat 
arbobi graf Mole tayinlangan. Mole o‘zining Davlat Kengashidagi qilgan 
maʼruzasida yahudiylarni maxsus qonunlarga bo‘ysunishi lozimligini, ayniqsa 
savdo faoliyatini taqiqlagan. Bu esa liberal kayfiyatdagi aʼzolarning noroziligini 
keltirib chiqargan. Imperator raisligida 1806 yil 30 apreldagi navbagdagi majlisda 
kiritilgan masalaga kengashning liberal aʼzosi bo‘lgan Benyo yahudiylarning 
huquqlari chegaralanishiga qarshi otashin nutqlar bilan chiqqan. Bu notiqning 
so‘zlariga ko‘pchilik qo‘shilgan. Napoleon qadimgi Elzasning ikkita 
departamentini egallagan yahudiylarning yomon ko‘rardi. Yahudiylarning millat 
emas, balki millatdagi millat deb qarash lozimligini taʼkidlagan. Ularni 
protestant yoki katoliklar bilan birga qo‘yish mumkin emas, ularga fuqarolik
huquqlarini emas, balki siyosiy huquqlarning maʼlum bir qismigina berilishi
mumkinligi nazarda tutilgan. Ularga fuqarolik huquqlarini berishning inkor 
etilishi ularning majburiy tarzda hech qanday fuqarolikka ega emasliklari bilan 
niqoblandi. Ularga belgilangan va qaysidir mezonlar orqali cheklangan 
huquqlarnigina berish kerakligi uqtirildi. Napoleon Davlat Kengashining
keyingi majlisida maʼruzachining takliflarini qatʼiyan man etib, 
mamlakatdan savdogar va sudxo‘r yahudiylarni taʼqib qilib, tribunal sudlarga 
berish lozimligini taʼkidlagan.


17 
1806 yil 30-maydagi imperator dekreti ikki qismdan iborat edi. Bir 
tomondan quyi va yuqori Reyn hamda boshqa nemis provinsiyalarida yahudiy 
kreditorlariga nisbatan dehqonlarning daʼvo talablari buyicha sud qarorlarini bir 
yilga to‘xtatib turish bo‘lsa, ikkinchi qismida 1806 yil 15 iyulda Parijda yahudiy 
diniga sig‘inuvchi va Fransuz hududida yashovchi yahudiy shaxslarni chaqirish, 
yaʼni yuz kishidan kam bo‘lmagan yahudiy jamoasidan diniy va dunyoviy 
vakillarning prefektlarda saylanishi nazarda tutildi. Yahudiy xalq vakillarini 
chaqirish rejasi xo‘rlaydigan repressiya bilan bog‘liq edi. Yahudiylar ustidan 
tergov o‘tkazilishi fuqarolikka ega bo‘lish uchun imtihon bo‘lishi, Fransiyadagi 
mazkur dekret undan tashqaridagi yahudiy aholisiga bayramona tarzda namoyon 
bo‘lgan. Yahudiylar parlamentini chaqirish ulkan yutuq va yahudiy xalqi uchun 
yangi asrning boshlanishidek edi. Bir haftada hukumat doirasida yahudiylar 
masalasi muhokama qilindi. Katolik reaksiyasi bosh ko‘tardi va mashhur 
g‘oyashunos Bonald yahudiylarning emansipatsiya prinsipiga qarshi chiqdi. 
Bonald: «Yahudiylar xristian davlatida xristian dinini qabul qilsa, o‘shanda 
huquqlarga ega bo‘ladi» deb bayon qilgan. Bu shiorga qarshi cherkov 
yahudiylarning himoyachisi Rodriges “XIX asrda ozod va buyuk Fransiyada 
targ‘ib qilinayotgan moddalar yahudiylarning fuqarolik va siyosiy huquqlarini 
tortib olishga yo‘naltirilgan” deb o‘z noroziligini bildiradi. Bonald imperatorning 
kayfiyatini bilgan holda Kengashning qaroriga taʼsir o‘tkazishga harakat qiladi. 
Mole o‘zining maʼruzasini Davlat Kengashida o‘qigandan so‘ng, hatto imperator 
bu reaksion guruhning g‘oyalari bilan cho‘lg‘anib qoladi. 
XVIII-XIX asr Yevropa yahudiylarining huquqiy holatida qattiq burilish 
davri bo‘ldi, ayniqsa, yahudiylar orasida izolyatsiyadan tezroq chiqishga harakat 
qilindi. Yahudiylar uchun Yevropa xalqlarining hayoti timsol sifatida qabul 
qilinishi kerak edi. Emansipatsiyani “xoskolo”, uning tarafdorlari esa “moskilim” 
deyilganligi taʼkidlanadi. 
Angliyada esa XVIII asrda yahudiylar taʼqib qilingan. Bu yerda siyosiy 
huquqlarga ega bo‘lish sekinlik bilan davom etmoqda edi. Angliyada 1753 yilda 


18 
parlament yangi qonun qabul qildi. Unda yahudiylarga Angliyada naturalizatsiyaga 
va fuqarolikka ega bo‘lishga ruxsat berildi. Bu esa juda kuchli norozilikni keltirib 
chiqardi hamda parlament yangi Bill orqali qabul qilingan qonunni bekor qildi. 
Keyinchalik Fransuz revolyutsiyasi bilan yahudiylarning teng huquqlarga ega 
bo‘lish umidlarini keltirib chiqardi. 1789 yil yahudiylarga teng huquqlilik berish 
haqidagi qaror bitta ovoz yetishmaganligi sababli qabul qilinmadi. Oradan ikki yil 
o‘tib, 1791 yil 27 sentyabrda yahudiylarga teng xuquqlilikni berish haqidagi dekret 
eʼlon qilindi. Shundan kelib chiqib, Germaniyada ham Prussiya yahudiylarining 
emansipatsiyasi haqidagi qonun 1812 yilda qabul qilindi. 
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan qisqacha tarixiy-nasriy lavhalardan shuni bilib 
olish mumkinki, emansipatsiya atamasining kirib kelishiga yahudiylarning o‘z 
huquqlarini talab qilishi sabab bo‘lgan. Yaʼni, bu atamadan tabaqalararo insoniy 
huquqlarni tenglashtirish uchun vosita sifatida foydalanilgan
8


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish